OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sabohat Azimjonova (1923)

Sabohat Azimjonova (1923 yil dekabr, Toshkent) — sharqshunos olima, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tarix fanlari doktori (1969). Toshkent pedagogika institutini tamomlagan (1942).

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1949), institut direktori (1950— 77), bo‘lim boshlig‘i (1977—95), yetakchi ilmiy xodim (1995 yildan) bo‘lib ishlagan.

Asosiy ilmiy ishlari Boburning Kobul va Hindistondagi faoliyati, O‘rta Osiyo xalqlarining o‘rta asrlarda qo‘shni xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlariga bag‘ishlangan.

Asarlari Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Frantsiyada chop etilgan. Boburning qizi Gulbadanbegimning «Humoyunnoma»sini fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, Toshkentda (1959, 1977) va frantsuz tilida Parijda, (1996) nashr ettirgan.

Sabohat Azimjonova bir qator xalqaro ilmiy kongresslarda ilmiy ma’ruzalar qilgan. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1989), Javoharla’l Neru xalqaro mukofoti (1993) laureati.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.