OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sulton Akbariy (1923-1997)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/sulton_akbariy.jpgSulton Akbariy (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 —Toshkent — 1997.3.6) — shoir, jurnalist. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—45).

«Lenin uchquni» (1946—47), «Yosh leninchi» (1952—53), «Qizil O‘zbekiston» (1953—59) gazetalarida ishlagan. Badiiy adabiyot nashriyotida bosh muharrir (1960—63), «Toshkent haqiqati», «Sirdaryo haqiqati» gazetalarida mas’ul kotib, muharrir o‘rinbosari (1963—64), «Sharq yulduzi» (1964—66), «Guliston» (1968) jurnalilarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «O‘qituvchilar gazetasi»da muharrir o‘rinbosari (1968 yildan) bo‘lib xizmat qilgan.

Ijodi 1940 y.dan boshlangan. Baxshiyona uslubda ijod qilgan. «Imonim, e’tiqodim», «Yaralangan qo‘shiqlar», «Suluv suluv emas, suygan suluv», «Shukrona», «Mehrigiyo» (1956), «Dovon va devon», «Ko‘ngil ohanglari» (1968) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi.

Sulton Akbariy dostonnavis sifatida ham ko‘plab asarlar yozgan: «Girdob», (1964), «Ustod» (1970), «Qatag‘on» (1992). Qirg‘iz eposi «Manasning 3-kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.