OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sattorxon Abdug‘afforov (1943-1901)

Sattorxon Abdug‘afforov (1843, Chimkent — 1901, Toshkent) — ma’rifatparvar, tarixchi. Yirik ulamo (mudarris) oilasida tug‘ilgan. Toshkentdagi Shukurxon madrasasini tugatgan (1862). Arab va fors tillarini yaxshi bilgan, rus tilini o‘rgangan.

1864 yilgacha Chimkent shahar muftiysi, 1873—76 yillarda Chimkentdagi birinchi rus-tuzem maktabi o‘qituvchisi. 1876 yil aprelda Qo‘qon shahar qozisi etib tayinlangan. Sattorxon Abdug‘afforov qozilik lavozimidan ma’rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish yo‘lida foydalangan, dunyoviy bilimlarni targ‘ib qilgan, natijada ruhoniylar tomonidan qattiq ta’qib ostiga olingan. 1881 yil Sattorxon Abdug‘afforov Qo‘qonni tark etishga majbur bo‘lgan.

1883 yil «Turkiston viloyatining gazeti»ga ishga kirgan, Yevropa madaniyati va dunyoviy bilimlarni targ‘ib qiluvchi bir qancha maqolalar yozgan. 1884—89 yillarda Toshkent o‘qituvchilar seminariyasida o‘zbek va fors tillaridan dars bergan.

Sattorxon Abdug‘afforov rus imperatoriningmaorif sohasidagi ayrim tadbirlarini tanqid qilgan. 1899 yilgacha Chimkent qozisi bo‘lib ishlagan, keyin Toshkentga qaytib kelgan.

Sattorxon Abdug‘afforov o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyatini Furqat, Muqimiy, Zavqiylar bilan hamkorlikda olib borgan. Sattorxon Abdug‘afforovning ijtimoiy qarashlari uning «Musulmon eshonlari», «Rossiya istilosiga qadar Qo‘qon xonligining ichki ahvoli haqida ocherk» nomli risolalarida, ko‘pgina maqola va nutqlarida o‘z ifodasini topgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.