Niyoziy (taxallusi; ismi Otaniyoz Xo‘janiyoz o‘g‘li, 1844 — Shovot tumani — 1928) — shoir, bastakor. Komiljon Otaniyozovning otasi. Xivadagi Arabxon madrasasida o‘qigan.
Arab, fors tillarini o‘rgangan, aruz ilmini puxta egallagan. Xivadagi Abdullaxon madrasasida mudarrislik qilgan (1920). Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 3063 baytli devon tuzgan.
Ularda xalq hayotining turli tomonlari aks etgan. Niyoziy Xorazm maqomlari uchun chiziqli nota tizimini yaratishda Komil Xorazmiyta yaqindan yordam bergan. O‘zi ham bir qancha kuylar yaratgan.
Hasan Jabarutiyning «Ajoyib ul-osor» («Ajoyib yodgorliklar») asarining 7—9-daftarlarini arab tilidan forschaga tarjima qilgan (1907). Niyoziyning adabiy merosidan namunalar turli majmua va bayozlarga kirgan, ular O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. №120, 121, 192).