OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Turg‘unboy G‘oyipov (1904-2006)

Turg‘unboy G‘oyipov 1904 yil Marg‘ilonda dehqon oilasida tavallud topadi.

1931 yil Farg‘ona pedagogika texnikumini, 1934 yil Farg‘ona pedagogika institutining kechki bo‘limini tugatadi. Marg‘ilon shahar maktablarida, xotin-qizlar texnikumida ona tili va adabiyotdan dars beradi. 1941—1947 yillarda harbiy xizmatda bo‘ladi. 1959— 1964 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Kartografiya bo‘limida faoliyat ko‘rsatadi, so‘ngra o‘rta maktablarda ona tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi.

T.G‘oyipovning ijodiy faoliyati 1935 yilda yaratilgan «Hayollar qanotida» hikoyasi bilan boshlanadi.

«Ertakchi bobo» nomi bilan mashhur T.G‘oyipovning ertak, hikoya va dramalaridan tashkil topgan 30 dan ortiq kitobi nashr qilingan. «Sirli so‘z» (1960), «Tulunboy haqida qissa» (1963), «Tanbur» (1964), «Notanish bola», (1965), «Sirli darvoza», (1968), «Qo‘lsiz rassom» (1970), «Yangi pesalar», (1974), «Hur qizlar saltanati» (1984) va boshqa kitoblari shular jumlasidandir.

T. G‘oyipovning «Zamonaviy ertaklar» to‘plami rus, tojik va qirg‘iz tillarida ham nashr qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.