OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vahob Ro‘zimatov (1921-2006)

http://ziyouz.uz/images/ziyoli/vahob_ruzimatov.jpgVahob Ro‘zimatov (1921.17.11, Toshkent - 2006) — jurnalist va tarjimon. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1976).

Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi (1955—60), «Sharq yudduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1945—55), bosh muharrir o‘rinbosari (1960—71), «Guliston» jurnalida mas’ul kotib, bosh muharrir o‘rinbosari (1971—81), «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida bo‘lim mudiri (1881—82) bo‘lib ishlagan.

Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida tarjimonlik bilan boshlangan. M. Sholoxov (“Ochilgan qo‘riq”), K. Simonov (“Tiriklar va o‘liklar”) romanlari, Artur Konan Doyl (“Sherlok Xolmsning yon daftaridagi yozuvlar”), Kobo Abe (“Qumdagi ayol”), J. Svift, L. N. Tolstoy, A. N. Ostrovskiy, N. Hikmat pesalari, shuningdek, A. S. Pushkin, A. P. Chexov, F. M. Dostoyevskiy, M. Gorkiy, B. Polevoy, O. Gonchar, G. Sevunts, O'Genri, M. Tven, R. Tagor, J. Rodari va boshqa yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Vahob Ro‘zimatovning «Katta oila» (hamkorlikda, 1942), «Uch o‘rtoq» (hamkorlikda, 1943), pesalari bor. Vahob Ro‘zimatov G‘afur G‘ulomning 10 jildli «Asarlar» to‘plamini (1970—78) nashrga tayyorlagan.

«El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.