OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Vosil Qobulov (1921-2010)

http://www.ziyouz.uz/images/ziyoli/vosil_qobulov.jpgQobulov Vosil Qobulovich (1921.5.9, Toshkent - 2010) — matematik olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), fizika-matematika fanlari doktori (1961), professor (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1977).

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tugatgan (1949). Chorjo‘y — Qo‘ng‘irot temir yo‘li qurilishida ishlagan (1949-50), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Inshootlar institutida aspirant, ilmiy xodim (1950-57). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutining hisoblash texnikasi bo‘limi mudiri (1957—63). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika instituti va hisoblash markazi direktori (1963—66). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Kibernetika instituti direktori (1966—77), institut O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ning «Kibernetika» ilmiy i.ch. birlashmasiga aylantirilgach, uning bosh direktori (1978—92) bo‘lib ishlagan.

Ilmiy ishlari hisoblash texnikasini fan, texnika va xalq xo‘jali-gining turli sohalariga joriy etish bilan bog‘liq.

Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1971). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.