OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Biologik rekordlar

 Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi. 
Dunyodagi eng katta gul Raffleziya Arnoldi bo`lib, u gulni Sumatra orolida Raffleziya va Arnoldi birinchi bo`lib ucharatgan va o`zlarining nomini bergan. Gulning diametri - 1 m.

Dunyodagi eng katta quruqlikdagi hayvon fildir. Xartumlilar turkumiga kiruvchi bu hayvon 4-5 tonna yuk bosadi.

Dunyodagi eng katta sut emizuvchi hayvon ko`k kitdir. Uning og`irligi 150 tonna, uzunligi 30 m. Bir kecha kunduzda 2-4 tonna oziq yeydi. Eng qizig`i ko`k kitning tishlari bo`lmaydi, u faqat planktonlar bilan oziqlanadi. 

Dunyodagi eng katta yong`oq hosil qiluvchi daraxt Seyshel orolida o`suvchi seyshel palmasi bo`lib, 13-25 kg tosh bosadigan yong`oqlarni hosil qiladi.

Dunyodagi eng kichkina gul volffiya bo`lib, gulining diametri 1 mm, ya'ni taxminan to`g`nog`ichning uchiday keladi.

Dunyodagi eng katta qush Afrika tuyaqushi bo`lib, bo`yi 3 m, og`irligi 100 kg ni, tuxumi esa 1409 gr ni tashkil qildi. Tuyaqush uzun va baquvvat oyoqlari yordamida soatiga 60-70 km tezlik bilan yugura oladi.

Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqasi bo`lib, uning og`irligi 300 kgni tashkil qiladi.

Dunyodagi eng katta ikki pallali molluska dengizlarda yashaydigan tridakna deb nomlangan molluska bo`lib, vazni 250 kg ga yetishi aniqlangan.

Dunyodagi eng katta akula kitsimon akula bo`lib, uzunligi 12-20 metrni, og`irligi 15-20 tonnani tashkil qiladi.

Dunyodagi eng kichik akula tikanli akula bo`lib, uzunligi 40-45 smni tashkil qiladi.

Dunyodagi eng ko`p elektr tokini ishlab chiqaradigan hayvonlar tropik dengizlarda uchraydigan kichikroq skatlar bo`lib, 70 Vt kuchlanishli elektr zaryadi hosil qiladigan a`zosi bor.

Dunyodagi eng katta kurakoyoqli - morj bo`lib, tanasining uzunligi 4 m ga, vazni esa 2000 kg ga yetadi. Uning yuqori jag`ida pastga qarab o`sgan 40-70 sm li tishi bor.

Dunyodagi eng katta daraxtlar Avstraliya evkolipti bilan sekvoyadendron daraxtlaridir. Eng baland evkaliptning balandligi 155 m, sekvoyadendronniki esa 142 m ni tashkil qiladi. Shunday yirik daraxt mittigina urug`dan unib chiqadi. Uning bitta qubbasida 200 tacha urug` bo`ladi, 196 ming urug` esa 1 kg ni tashkil qiladi.

Dunyodagi eng kichik qush nektarxo`r (kolibri) bo`lib, bu qush faqat gul nektari bilan oziqlanadi. Og`irligi bor yo`g`i 1,5 gr.

Dunyodagi eng katta qirqquloq (paporotnik) daraxtsimon bo`lib, Yangi Zelandiyada o`sadi, bu o`simlik spatiya turkumiga mansub, balandligi 24 metrga yetadi.

Dunyodagi eng katta xanjarsimon mevali o`simlik Malayziyada o`sadigan oroksalondir. Uning balandligi 18 metr. Mevasining uzunligi 60-120 sm eni 8 sm keladi.

Dunyodagi eng katta ilon anakonda bo`lib, uzunligi 11.4 metr keladi. Eng qizig`i bu ilon 100 taga yaqin tirik tuxum tug`adi.

Dunyodagi eng zaxarli ilon yo`lbars ilon bo`lib, Tasmaniyada yashaydigan ushbu bitta ilonning zaxari 400 kishini o`ldirar ekan.

Dunyodagi eng katta kaltakesak Komod va Flores(Indaneziya) orollarida yashaydigan komod echkiemari bo`lib, uzunligi 3,66 m, og`irligi esa 160 kg keladi. Eng qizig`i uning odamlarga ham xujum qilishidir.

Dunyodagi eng katta toshbaqa dengiz toshbaqalaridan bo`lgan terili toshbaqadir(Dermocheys coriacea). Bu jonivorning og`irligi 600 kgdir.

Dunyodagi eng katta baqa G`arbiy Amerikada, Kamerun va Angolada yashovchi goliaf baqa(Rana goliath)si bo`lib, uzunligi 76 sm, boshi  33 sm, oyoqlarining uzunligi 44,5 sm, og`irligi 5 kg dir.

Dunyodagi eng uzoq umr ko`ruvchi jonzod bakteriyalar bo`lsa kerak. Ular noqulay sharoitda spora hosil qiladi. Bu sporalar quruq joyda ming yillab hayotiychanlik hususiyatini yo`qotmaydi.

Dunyodagi eng tez suzuvchi qush pingvindir. Bu ajoyib qush soatiga 36 km tezlik bilan suzadi. 

Dunyodagi eng katta maymun gorilla bo`lib, bo`yi 2m. Og`irligi 260 kg yetadi.

Dunyodagi eng yirik tungi kapalak Attacus Altas. Qanotlari yoyilganda 30 sm ga yetishi bois ko pincha ko rganlar uni qush deb o'ylashadi.

Dunyodagi eng tez uchuvchi hasharot ninachi hisoblanadi. Uning harakatining tezligi 57 km/soatga yetadi. 

Dunyodagi eng katta ari yapon qovoqarisidir, uzunligi 7 sm. O`zidan ikki barobar katta hashorot tanasini ham daxshatli jag`lari yordamida kesib tashlaydi. Har yili Yaponiyada 40 kishi bu arilarning hujumidan vafot etadi. Qorin qismidan otilib chiqadigan zahar insonni o`ldiradigan darajada kuchlidir.

Dunyodagi eng katta kemiruvchi hayvon Janubiy Amerikada yashovchi qunduzsimon kapibaradir. Bu jonivorning og`irligi 60 kilogrammga yetadi.

Dunyodagi eng katta molekula ham organik olamga tegishli bo`lib, bu DNK va RNKdir.

Dunyodagi eng katta tirnoqlar ayiqsimonlarga tegishlidir.

Dunyodagi eng jasur hayvon deb Ginnesning rekordlar kitobiga mitti asalxo`r kiritilgan. Bu hayvon yo`lida uchragan barcha hayvonlarni ilonlarni, kemiruvchilarni va hakozolar bilan oziqlanib ketaveradi. Bu hayvon asalxo`r emas, balki asalari lichinkasi bilan oziqlanadi. Ilon zahri ta`sir ham qilmaydi. 

Dunyodagi eng katta hujayra tuyaqush tuxumi bo`lib, og`irligi 1409-1500 gr gacha chiqadi.

Dunyodagi eng katta barg rafiya palmasiga tegishli bo`lib, chodirdek keladigan bitta bargining uzunligi 22 m, eni 12 m, bargining bandi esa 5 m ga yetadi.

Dunyodagi eng katta ignabarg Himolay tog`larida o`sadigan pinus logifoliya nomli qarag`ay barglaridir. Bir dona ignabargining uzunligi 30 sm ga yetadi.

Dunyodagi eng ko`p barglari yashaydigan o`simlik Afrikada o`sadigan velvichiyadir. Uning 2-3 ta tasmasimon barglari, 100 yilgacha o`sib turadi.

Dunyodagi eng katta to`pgul Hindistonda o`sadigan tallipot palmasi bo`lib, to`pgulining uzunligi 14 m, aylanasi esa 12 m ga yetadi.

Dunyodagi eng bo`yi uzun suv o`ti Tinch okeanida o`sadigan makrotsistis bo`lib, uzunligi 60 m, bu o`simlik sutkasiga 45 sm tezlik bilan o`sadi.

Dunyodagi eng sekin o`sadigan o`simlik qutb lishaynigidir. Bu o`simlik yuz yilda 2,5 sm o`sadi. O`zi esa 4500 yil umr ko`radi.

Dunyodagi eng tez o`sadigan o`simlik bambuk bo`lib, bir kecha kunduzda 90 sm ga o`sadi. Eng qizig`i bambuk daraxt emas balki o`t o`simlikdir. Balandligi 18 metrga yetadi.

Dunyodagi eng havfli mollyuska Hind okeanida yashaydi, bu molluskalar zaharli haltachasi bo`lib, juda ham kuchli zahar ajratadi. Shuning uchun bularni jahanam vampirlari deb atashadi. 

Dunyodagi eng tili uzun hayvon jirafadir. Uning tili uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko'pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko'p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar jirafaning tuyaga nisbatan ko'proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi.

Shohruh Uralov tayyorladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.