Yosh o‘tishi yoki organizmdagi gormonal o‘zgarishlarga muvofiq bo‘g‘imlar va uning tog‘aylari zararlanadi. Vaznning ortiqchaligi ham oyoq bo‘g‘imlari va umurtqaga yuk bo‘lib tushadi. Odamning vazni qancha ko‘p bo‘lsa, bo‘g‘imlarning amortizatsiyalash xususiyati shuncha kamayadi. Osteoporoz, artroz xastaliklari shu tarzda paydo bo‘ladi. Tovonni deformatsiyaga yo‘liqtiradigan tor paymoq, poshnasi katta va tagi notekis poyabzallar ham bo‘g‘imlarni shikastlaydi. Davolash gimnastikasi, suzish, fizioterapiya muolajalari (masalan, ultratovush, fonoforez, rodonli vanna qabul qilish), shuningdek, sulfat xondroitin va glyukozamin asosida tayyorlangan xondroprotektor preparatlari birgalikda qo‘llanganda bo‘g‘imlar va tog‘aylarning elastikligi saqlanib, ularning shikastlanishi oldi olinadi. Taomlardan sardakli xolodets, chuchuk qalampir, sarimsoq, ismaloq va petrushka, avokado, echki sutidan qilingan pishloq va tvorog, shuningdek, olcha bo‘g‘imlarning tog‘ay hujayralari elastikligini saqlash, mayda tomirlar faolligini oshirish, ulardagi yallig‘lanishni bartaraf etish, hujayralarning yangilanishi, tog‘ay qatlamlari oriqlamasligi, kaltsiy bilan ta’minlash, tuzlarni chiqarib yuborishga yordam beradi.
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 3-sonidan olindi.