OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Bo‘g‘imlarga shifoli besh mahsulot

http://ziyouz.uz/images/bogim.jpg

Yevropa ortopediya assotsiatsiyasi mutaxassislari yoz mavsumida bo‘g‘imlar uchun foydali beshta mahsulotni iste’mol qilishni tavsiya etdi.

1. Chuchuk qalampir. Uning tarkibida tog‘ay (kemirchak)ni oziqlantiruvchi mayda tomirlar faolligini oshiradigan askorbin va boshqa kislotalar juda ko‘p.

2. Yangi sarimsoq va yovvoyi sarimsoqpiyoz — yallig‘lanishni bartaraf etadigan fitontsidlarga boy.

3. Ismaloq va petrushka tarkibidagi K darmondorisi — to‘qima va hujayralar yangilanishiga yordam beradi.

4. Olcha — tarkibidagi faol moddalar organizmdan tuzlarni chiqarib yuborishga yordam beradi. Podagradan aziyat chekuvchilar kuniga bir siqim yangi olcha iste’mol qilib yurishlari kerak.

5. Yosh echki sutidan tayyorlangan pishloq va tvorog. Yozda oftobda ko‘p yurilgani bois, bu mahsulotdagi kaltsiy ­organizmga yaxshi singadi. Echki va sigirlar yozda quruq beda emas, balki endi o‘sib chiqqan o‘tlar bilan oziqlangani sababli ularning sutida darmondori va foydali aminokislotalar ko‘p bo‘ladi.

Revatolog shifokor V. Lyalinaning yozishicha, sarsabil, oshqovoq, hatto, avakado (o‘rtacha kattalikda, haftasiga bir dona) ham bo‘g‘imlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ularda tog‘ay hujayralari egiluvchanligini ta’minlaydigan moddalar, magniy va V guruhidagi darmondorilar ko‘p. Shuningdek, kunjut, oshqovoq, kungaboqar urug‘i yog‘lari ham foydali.

Shunga qaramay, pomidor va barcha ituzumdoshlar, qizil go‘sht (mol go‘shti, ayniqsa, qovurilgan va qoqlangani), konservalar iste’mol qilinganda bo‘g‘imlar og‘riydi. Suyak mo‘rtlanib, tog‘aylarda yemirilish belgilari paydo bo‘lganda organizmda biriktiruvchi moddalarga ehtiyoj oshadi. Shuning uchun tez-tez xolodets, tovuq va baliqdan sardaklar tayyorlab iste’mol qilish zarur. Bunday biriktiruvchi taomlar ko‘pgina dori mahsulotlaridan ko‘ra samarali.

Og‘rigan bo‘g‘imlarni qizdirish mumkin emas, agar ularda yallig‘lanish bo‘lsa, og‘riq kuchayadi. Vena tomiri yoki bo‘g‘imlarda biror muammo bo‘lsa, qorayish, to‘g‘ri tushadigan oftob nurida bir yo‘la besh daqiqadan ortiq turish mumkin emas. Bunda suzish, suvga dengiz tuzi qo‘shib vanna olish, ultratovush, fonoforez, rodonli vanna kabi ­muolajalar foydali.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 29-sonidan olindi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.