OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Abduxoliq G'ijduvoniy (1103-1179)

Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy XII asrning birinchi choragida G’ijduvonda tug‘ilgan. U dastlabki ta’limni otasi Abduljamildan hamda xususiy muallimlardan olgan. Shundan so‘ng Balxga borib Xoja Fazliddin qo‘lida o‘n bir yil tahsil olgan. Marv, Saraxs, Tus singari Xuroson shaharlariga safar qiladi. Saraxsda mashhur alloma Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, bir umrga ustoz-shogird bo‘lib qoladi. 

Abdulholiq bir necha marta Haj ziyoratida bo‘lgan: Shayx 117 yil umr ko‘rib, 1220 yili o‘z vatanida vafot etgan. G’ijduvoniydan bizga qadar axloqiy-ta’limin va sof ilmiy-nazariy mohiyatdagi «Risolai tariqat», «Risolai sahobiya», «Odobi tariqat», «Maqsadul solikin», «Vasiyatnoma», «Manoqibi Xoja Yusuf Hamadoniy», «Maslak - ul- orifin» singari bir qancha risolalar meros bo‘lib qolgan.

Alisher Navoiy Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy haqida: «Valiyliklari shu darajaga yetgan ediki, namozga Ka’baga borarlar edilar» - deb yozgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.