Al-Moturidiy 870 yilda tavallud topgan. Uning to‘liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. U Samarqand shahrida podshoh Nasr saroyida ilohiy bilimlar bilan shug‘ullangan.
Samarqandning Ismoil Somoniy tomonidan bosib olinishi allomaning ijodiga halaqit beradi, u saroydan ketib, Moturid qishlog‘ida yashaydi. Ismoil Somoniy al-Moturidiyni saroyga taklif qiladi, lekin alloma bu taklifni rad etadi. U Samarqanddagi katga Jome’ masjidida imom-xatib bo‘ladi, o‘z bog‘ida ishlaydi. Moturidiy juda ko‘p shogirdlar yetishtirgan, bir qancha asarlar yaratgan.
U 946 yilda (hijriy 335 y) vafot etgan. Uning qabri Samarqanddagi Chokartiza qabristonidadir. O’zbekistonda alloma tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi.
Asarlari: «Kitab al-usul» («Diniy ta’limot usuli kitobi»), «Kitab tavhid», «Shariat asoslari sarasi», «Dialektika haqida kitob», «Risola jonvor doriy» («Jonvorlarga oid risola»), «Pandnoma» va boshq.