– Keyingi kunlarda menga shubha bilan qaraydigan bo‘pqoldingiz. Ko‘nglingizdagini ochiq aytavering, Ahmadxon aka.
– Nimaniyam gapiray? Umuman... rasvosan!
– Yo tavba!
– Ha! Senda menga nisbatan hech qanday samimiylik yo‘q.
– Yo tavba! Yo tavba!
– Bilaman, tiling boshqa, diling boshqa. Ko‘pdan beri, sal payt topildi deguncha, meni laqillatib yuribsan.
– Yo tavba-a-a...
– Shuncha vaqt birga bo‘lib... Yo‘q, bunchalikka borishingni sira kutmagandim.
– Ahmadxon aka!..
– Gap shu – meniyam, o‘zingniyam qiynama. Hali yoshsan. Fursatni boy bermay, baxtingni boshqa joydan axtarib ko‘r.
Maratvoy boshlig‘iga shalvirab boqdi: «Mana, o‘rinbosarlikkayam suv ketdi...»
1978 yil