– Xo‘p, sizga nima kerak?
– Mana ro‘yxat... xo‘-o‘-sh... o‘nta tank, yigirmata bronetransportyor, o‘n beshta qiruvchi uchoq, o‘ttizta Ziyodbotir, qirqta svetofor, shuncha militsioner, beshta go‘sht tashiydigan mashina.
– Ziyodbotirlar allaqachon tugab ketgan. O‘rniga tank olaqoling. Yoki svetofor.
– Shuncha svetoforni nima qilaman? Keyin, har qaysisining yoniga bittadan militsioner ham kerak bo‘ladi. Mayli, go‘sht tashiydigan mashina ko‘proq bo‘laqolsin... E, yo‘q, yaxshisi anavi sariq yubkali...
– Natashami?
– Ha, shunga o‘xshagan chiroyli-chiroylisidan besh-oltitasini bering.
– Bu boshqa gap, – dedi o‘yinchoq magazini sotuvchisi,– bog‘changizdagi qizaloqlar ham bir yayrab qolishsin-da, omborchi tog‘a.
1978 yil.