OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Asqad Muxtor. Makruh (hikoya)

Sulton-so‘tak tayyoragohu poezd bekatlari tevaragida kira qiladi. Mashinasini, «Jiguli» desa go‘yo ikkita bo‘lib qoladigandek, afsus ohangida «Jigul» deb ataydi. Yangiyo‘lmi — chinozlik yo‘lovchi chiqib qolsa, mo‘maydek pul undiradi-da, yarim kechada shirakayf bo‘lib uyiga qaytadi.
Tez-tez zarda qilib onasinikiga ketib qoladigan bezzurriyot xotini bor. Yolg‘iz qolgan tunlari Sulton-so‘tak sira uyqu ololmay, kechasi bilan u yonboshdan bu yonboshga ag‘darilib, ag‘anab chiqadi. Saharda esa, endi mijja qoqqanida, Ashurmat so‘fining ingichka ovozi uyg‘otvoradi.
Mahallada tunuka garajlarning orasida qolib ketgan eski machit bo‘lardi. Unda bola-chaqa velosiped, mopedu tepki aravachalarini qulflab saqlaguvchi edi. Qariyalarning hay-hayi bilan mahalla ahli yaqinda shu vayronani tiklab oldi. Yuz yillik choldevorini xudo asragan ekan, nozandekkina mezanali machit bo‘ldn. Mahallada savobtalab bedanaqadam Ashirmat so‘fi, ham topila qoldi. Ovozi shirali, ayniqsa bomdod azoni tunggi tinchlikni shundoqqina ko‘tarivoradi. Go‘yo mezana naq Sultonning tepasidayu azon xuddi qulog‘ida yangraydi. Bezor bo‘lgan kirakashning shaytonligi tutdi. Saharlari mashinasini qasdma-qasdiga «du-du»latib, muazzinga halaqit berishga urinadigan bo‘ldi. Har kuni azon vaqtn uyqusirab garajga chiqadi-da, gudogshsh basma-baschalib Ashirmat so‘fining ovozini bosib tushmoqchi bo‘ladi. Gudogi ham azon ovoziga mos bo‘lib chiqardi. Ashirmat mezanadan pastga qaraydi, makruh ovsz qaerdan, qaysi garajdan chiqayotganini bilmaydi.
Bir kecha yana o‘sha qiligini qilib, endi mizg‘iganida bir turtkidan uyg‘onib ketdi. Qarasa hech kim yo‘q, serzarda xotini ham kecha yana ketib qolgan edi. Esnga tushib, shuning alamidan qattiq ichib olgandi. Yugurib chiqsa garaj lang ochiq, kayfda qulflash yodidan ko‘tarilibdi. Mashina yo‘q!
So‘tak cho‘kkalab olib, yuzini changallagancha o‘knrar edi. Bomdodga turgan qari-qartang barmoq tishlab, «attaig» lab qolishdi.
Nima ham qilish mumkin? Machitu mezana ming yillik, «Jiguli» esa omonat...

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.