OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Karimberdi To‘ramurod. Poyandoz (hikoya)

O‘v, bovurlarim-a. Qanday adatlarimiz boriydi-ya! 
 Bir xili tubdan jo‘g‘alib ketti. Bir xili jo‘nlashib ketdi. Bir xili qiyinlashib ketti. Bizar qig‘an bir xil o‘yinnardi hazirgilar o‘ynayalmaydi. Ko‘bini bilmaydi-yam. Aytsang bular kuladiyam-da.
 Hay, poyandaz bo‘laydi. Qizlar bo‘y jetgannan tikishdi boshlayidi. Ikki-uch qovat bo‘layidi. Pishiq-pishiq lotadan bo‘layidi. Makkam-makkam jiplar minam tikayitta, qizlaram. Bir xili chetlariga naqsh-paqsham to‘qiyidi. Kelin tomannan bir suruv, kuyov tomonnan bir suruv jigit boynag‘i poyandazdi ushlab turayidi.
Kuyov «hoppa» dep o‘tivosa bo‘ldiydi-da. Bag‘ini ko‘ravuringiydi. Uch soatlab, to‘r soatlab «huv-huv»lashib poyandaz tortishaydiq. Bunni qonag‘ani qaysi, qo‘li chiqqani qaysi. He, qo‘li sing‘annardiyam ko‘rdiq. Gayda deng, jigitlar tarap-tarap bo‘b tevalashib ketaydi. Tevalash kattarib ketib  qishloq minam qishlok tevalashab ketgannariniyam ko‘rdiq.
 So‘g‘in-so‘g‘in jurtti og‘alari poyandazdi uch-to‘r jeridan pichaq sob kesib qo‘yg‘ich bo‘ldi. So‘g‘in-so‘g‘in poyandaz bir qavat bo‘ldi. Keb-keb hazil qib tortsang‘am jetti-sakkizga titilib ketayatqan poyandaz chiqdi.
 Hazirgilardiki hillayi. Otig‘a ikki jigit tolashqanday ushlab turadi. Kuyov o‘tkannan bir-bir tortadi, «tirr» etib jirtilib ketadi. Shu minam tomam poyandazam. Hazirgini poyandazi poyandazma? Qani «huv-huv», qani tevalash? Hazirgini ko‘p ishi hillayi.
Bitta gapti enasini aytaymi?
Xotin og‘ancha besh-olti marta yaxshilab tevalashmagan jigitam jigitma? Sup undaycha jigitga, xayma!
Ot tubidan jo‘g‘aldi. Ko‘pkariyam jo‘q bo‘ldi. Illaylari to‘yda olish bo‘layidi. Olisham jo‘q bo‘ldi. Polvon qomadi. hazirgilardi jilligiyam puch-da. Qo‘y go‘shi jemasa bular. Qo‘yruqdi-ku bersangam jiyalmaydi. Shunday bug‘annan kiyin qishlaqti bachchasida jon qayaqtan bo‘sin.
Azimdi mol do‘xturg‘a o‘qig‘an uli shahardan xotin opti. Kelindi orqasidan kegan to‘rtovgana mehmon bachcha butun boshli Jolasoydi jigitini barini qiyratib ketipti. Ikkitasi tilivizirga chiqayatqan urishqichakan. Kichkanam otini aytti, karatisiymish.

* * *

Hay, jigarlarim-ay!
Norposhti to‘yida zo‘r tevalashuvdim. Mennan zo‘ri bo‘mag‘an. «Polvon ushlasin, polvon ushlasin!» dedi bari bizardi qishloqti jigiti. Qo‘limg‘a bir o‘radim. Qog‘anini Tog‘ay, yana bir-ikkovi ushladi. Do‘ngsoyliqlardi zo‘ri To‘qsanakan. Avval shu ushladi. Ukkag‘ardi qo‘li har birovi bir kurakcha kelayakan. Qog‘anini oltov-jetovi ushladi.
Kuyov kelishini poylab silkilashib turippiz. Bir mahal qarasam o‘zimdi qo‘lim minam To‘qsandi qo‘lini o‘rtasida poyandazdi o‘zimdi otim yozilg‘an jayi chiqib qopdi-da. Jon-ponim chiqib ketti o‘ziyam. hech kim ko‘rmasin deb men pasga burasam To‘qsan do‘ngga buraydi, men do‘ngga burasam u pasga burab otimdi ko‘rsatib qo‘yadi.

* * *

Nimagayam otimdi tikding, Norposh!
Sakkizda o‘qiyidim Norposh shuni ko‘rsatganda. 
«Nimaydi u Norposh?» so‘radim men. 
«Seni oting», dedi u. 
«Nimaga tikting?» so‘rayman. 
«Poyandazg‘a» deydi Norposh. 
«Poyandazlig‘ini bildim», deyman men, «Nimaga meni otimdi yozding?». 
«Hali qo‘shuv qilaman, so‘g‘in o‘zimdi otimdiyam tikaman», deydi u. 
Men yana so‘rayman. Uchida aytadi: 
«Seni oting yaxshi-da», deydi. 
«Voyay, akangdi otidan» deyman. Badanim qaltirablar ketadi. «O‘zim-chi?» deyman. 
U eshitmaydi. Dovushim chiqmag‘andir-da shunda. Yana so‘rayman. Kallasini ko‘tarmay aytadi: 
«O‘zingam». 
«Nima o‘zimam?» deyman.
«O‘zingam yaxshi» deydi.
Ana shunda ko‘ringiydi-da meni. Jindi bo‘b qolishimg‘a gattak qovdi-da. 
«Ha, Norposh, akangdi Norposhi! Meni yaxshi ko‘raykansan-a?» deyman. 
«Malim kelayapti», deydi. 
Ukkag‘ardi qizi-ey, kallasini ko‘tarmay qanday ko‘radi? Haqqattan malim keldi. Sal gapkayam «Ko‘zingdi olovini chiqaraman», dep turayatqan malim. 
«Qog‘annar qani?» deydi malim. 
«Dolada» deyman. 
«Jugur, dovushla! Oxirida keganini ko‘zidan olovini chiqaraman!» deydi.
Darsda daptarini oldimg‘a surib quyadi, Norposh. Birinchi betida yozuvi bo‘ladi: 
«O‘zing-chi?» 
«Nima o‘zim?» dep yozib daptardi suraman. 
«Boynag‘i gapta?» deb yozadi. 
«Qaysi gap?» bilgan narsamdi so‘rap yozaman. 
«O‘l sen, shum!» deb yozadi. 
Biram mazza qilaman-ay. 
«O‘lay agar, tushunmadim» deb yozaman. 
«Bilding-ku meni, o‘zingchi?» deb yozadi. 
«Ming jildan beri. Nima bilmasiydingma?» deb yozaman. 
«Q+N» dep yozadi. 
Men davomini yozaman: 
«Q+N=Lubof».  
U  kuladi. Menam kulaman. Bizdiki malimga eshitiladi. Keb kallamga bo‘r minam soladi: 
«Ko‘zingdi olovini chiqaraman!» 
Mundaychaqit voqti kallaga mush o‘tama, quloqqa gap kirama? Malim chiqarmasayam ko‘zdi olovi chiqib jotqan bo‘sa o‘zi.

* * *

Bir mahal qarasam kuyov bo‘lmish oyag‘ini poyandazdan oshirayapti. Ko‘zim  jonib ketdi-yov. Malim rahmalli aytkanday ko‘zimdi olovi chiqib ketdi-yov. Jonim boricha siltab torttim. To‘qsanam chayirakan. Uyam shu vaqti birdan siltadi. Kuyovdi ko‘ring. Beqasam to‘ni parashut bo‘b ovzi minam jerga urdi. U minam nima ishim bor, poyandazdi tortib kettik.

* * *

To‘qqiz minam o‘nga Kattaqishloqqa bordiq. Uch chaqirim jerga borib o‘qib kelamiz. Olti qishloqdi bachchasi bir maktapga jiyilg‘an.
«Nimagayam muncha chiroyli qib tuvg‘an seni enang, Norposh!».
Qog‘an beshta maktapti ikkitadan bachchasi unga oshiq bo‘g‘an bo‘sa, har birovini ikkitadan tishini sindirg‘an bo‘sam nechchi tish sing‘an bo‘ladi? Yigirma ikkita bo‘ladi. (Ikkita bizdikiniyam qo‘shing-da!)
Uch chaqirim jerga borish bir bayram, uch chaqirim jerdan kelish bir bayram! Toshti tevip men kelavuraman, jerdi chizip u kelavuradi. U so‘ravuradi, men aytavuraman. Nimani so‘rayidi? Darsti so‘rayidi. Darsti aytayidim. Hazirgilarga o‘xshab ko‘rgannan achosh qilish qayaqta? Shuncha yil yaxshi ko‘rib, bitta mo‘chchilamappanam!

* * *

Baribir polvonnig‘im borakan-da. Olmag‘a qarab sudrab boravurdim. Olmani ikki aylantirib sudrovdim To‘qsannan boshqa hammasi uchib ketdi. Boshqatdan qo‘shilish jo‘q bo‘g‘anakan-da. To‘qsan ikkov qoppiz. Biran soat tortishtiq. Hech qo‘yag‘oymaydi. Oxirg‘i kuchim minam jonim boricha torttim-u betiga kalla qo‘ydim. Ikki qo‘li minam betini changallab qoldi. Bunnidan sharillab qon keldi-ku. 
«Ko‘zini olovini chiqardimov». 
Do‘ngsoydi jigitlari jar soldi: 
«Qodir g‘irramniq qildi. Qodir g‘irram!» 
Ana tevalash-u mona tevalash. Bir soatqa jaqin tevalashdiq. Menga tayaq o‘tama? Menga tosh o‘tama? Qo‘ynimda Norposhti poyandazi! 
Bir mahal Mardan qo‘limnan tortadi. 
«Poyandazdi og‘aninga xursan bo‘ma. Qara, Norposhing ketayapti» deydi. 
Qarasam ros. Bizdi Norposhti o‘rap-chirmap rayis bovani «Pobeda»siga opkirayapti. 
«Bolqan tutamiz!» dedi Mardan. 
Bizardi ko‘cha katta ko‘chaga qo‘shilayatqan jerga chopdik.

* * *

O‘zi nimaga undaycha qilding, Norposh? 
Men-ku polvonniqqa o‘qiyman deb shaharga ketuvdim. Jetti kungana o‘qidiq. Paxtaga opketti. Ikki oy paxta terib zixlandim. Uyga qochib kesam, to‘yinga keppan. Men-ku enamga aytalmasiydim, oldimda akam boriydi. Senam munday enangga aytmaganakansan-da «Qodir polvondi yaxshi ko‘raman, ena» dep. Kim biladi, enang joman ayaliydi, otangga aytib urdirayidiyam.

* * *

Mardan minam ikkita aravani jo‘ldi chetiga qo‘yib, o‘rtag‘a bizardi uzun narvondi chiqarib qo‘ydiq. Sim minam baylab tayladiq. 
«Ana endi berdan Norposhti opketip bo‘pti, do‘ngsoyliqlar».
Oldin rayis bovani «Pobeda»si, orqasidan kalxo‘zdi «Politurka» degich «Mum-mum» moshini kep to‘xtadi. Kuyovdi qarindoshlari tushib bizarga mayiz, jang‘oq, turshak berdi.
«Ochmaymiz» dedim. 
Mardan ikkavimizg‘a bir so‘mnan pul berdi. Bizar ko‘nmadiq. Bitta gapka jetarmani tushib meni oldimg‘a kep chetga tortti-da «Polvon! hammasini bilamiz. Poyandazdi joning‘izdi jabborg‘a berib tortqaningizdi sababiniyam bilamiz. Tevalashganingizdi nimagaliginiyam bilamiz. Bolqandi tutishdan maxsattiyam bilamiz» dedi. 
«Ukkag‘ar-ay, bu odam muncha narsani qanday bilaykan?» dep ang‘rayib qoppan. Ungacha bizardi bolqandi Do‘ngsoydi jigiti buzib bo‘pti. 
«Mana sizdi haqingiz, Polvon!» dep boynag‘i odam kaptimga bir hovuch tanga pul tashlap ketti. 
Mardan sanadi, uch so‘m-u saksan to‘r tinakan. Mardan menga ikki so‘m berdi. «Sen o‘qiysan, senga pul ko‘proq kerak bo‘ladi» dedi.

* * *

O‘v, bovurlarim-a! O‘zi nima deyatuvdim. Xayol qurg‘ur qim-qayaqlarg‘a op ketti. Adatlarimizdi aytayatuvdim, chag‘imnan. E-e, ko‘plari jo‘g‘alib ketti. Bir xili jo‘nnashib ketdi. Bir xili qiyinnashib ketti. Bizar qig‘an bir xil o‘yinnardi hazirgilar o‘ynayalmaydi. Ko‘bini bilmaydi-yam. Aytsang bular ishanmaydiyam-da. Ana, silaram ishanmay hiiringlashdi boshladilaring‘.  «Kulsang‘ aytmayman, turib ketaman», demovdimma? Ay, ukkag‘ardi bolalari-ey. Ana, men ketdim. Qog‘anini Adash maxsimdi to‘yida «Quloq cho‘zma»dan keyin aytib beraman.

Hikoyani o‘qishda qiynalgan o‘quvchilar uchun Naymancha-o‘zbekcha lug‘at

1. Qandaychaqit – qanaqangi
2. Bovur – jigar, qarindosh ma’nosida
3. Adat – odat
4. Jo‘nnashib – soddalashib
5. Lotta- latta, mato
6. Jip – ip
7. Minam – bilan
8. Boynag‘i – boyagi, haligi
9. Gayda – gohida
10. Bo‘b – bo‘lib
11. Tevalash – mushtlashuv
12. So‘g‘in – keyin
13.Jurt  - yurt
14. Jer – yer
15. Sob – solib
16. Qo‘yg‘ich – qo‘yadigan
17. Hillayi – Hiylakorlik, qalbaki, soxta
18. Tubidan jo‘g‘aldi – butunlay yo‘qoldi.
19. Illay – ilgari
20. Olish – kurash
21. Jilligi puch – iligi puch (kam kuch manosida)
22. Dovush – tovush, ovoz. Dovushla – chaqir.
23. Jindi – jinni
24. Gattak – garddek, kamgina
25. Qovdi – qolgan edi.
26. Qog‘annar – qolganlar
27. Dolada – tashqarida
28. Mundaychaqit – bunday
29. Ovzi – og‘zi
30. Jiyilg‘an – yig‘ilgan
31. Tevib – tepib
32. Muchchilamappan- bo‘sa olmagan ekanman
33. Ros – rost, chin
34. Berdan – bu yerdan
35. Qoppan – qolibman
36. Chag‘imnan - shekilli

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.