OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Munavvarqori Abdurashidxonov. Yer yuzi

Makotibi ibtidoiyaning 3—4-sinf shogirdlari uchun mo‘‘tabar kitoblardan intixob etilib, Turkiston shevai turkiyasinda tartib va tahrir o‘linmish jug‘rofiya risolasi

BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM

1. Muqaddima

Janobi Haq ta’oliy hazratlari bizni yerdan yaratmishdur. Chunki bizim tug‘ulodurg‘on, o‘sadurg‘on, tiriklik qiladurg‘on ham o‘lg‘ondin so‘ngra ko‘miladurg‘on o‘rnimiz shul yerdur. Bas, yer bizim onamiz va umrlik vatanimizdur. Bir kishig‘a o‘z uyi va mahallasining ahvolini bilib turmak qanday lozim bo‘lsa, umrlik vatan aslisi bo‘lg‘on yerning ahvolini bilmak ondan ortug‘roqlozimdur. Lekin bir kishining umri har qancha uzun bo‘lsa ham, yer yuzini tamom aylanib, ko‘rub bilolmas. Yer yuzidag‘i insonlarni, hayvonlarni, hukumatlarni, shaharlarni, tog‘larni, cho‘llarni, dengizlarni, nahrlarni va shularg‘a o‘xshash kerakli narsalarning barchasini ko‘rib, bilmak bir kishi uchun mumkin emasdur.

Ammo jo‘g‘rofiya ilmini o‘qug‘on kishilar bu narsalarning har birini osonlik ila bilurlar, shul sababli hozirda bolalarg‘a jo‘g‘rofiya kiritmak, ibtidoiydan boshlab o‘rta va oliy maktablarg‘acha dars jadvalig‘a jo‘g‘rofiya kiritmak, butun dunyodag‘i madaniy millatlar tarafidan qabul o‘linmishdir.

2. Yerning suvrat va harakati

Yer tarbuz yoki apelsing‘a o‘xshash yumaloqdir. Yer hech narsaning[1] ustida turmas, balki Allohi ta’oliyning qudrati ila otilg‘an to‘p zambarakig‘a o‘xshash havo orasida yurub turodir. Yerning ikki xil harakati bor: biri — yumalanish, ikkinchisi — aylanish. Yumalag‘anda[2] arobaning g‘ildirag‘ig‘a o‘xshab o‘z o‘qining atrofida yumalanur. Va bu harakatni har bir 24 soatda bir marotaba tamom qilur. Bundan bir kecha-kunduz hosil bo‘lur. Shul sababli bu harakatni harakati yumiya (kunlik harakat) va harakati mehvariya (o‘q atrofida harakat) derlar.

Aylang‘onda esa quyoshning atrofida aylanur. Bu harakatini 365 kun va olti soatda tamom qilur. Bundan yil hosil bo‘lur. Shul sababli bu harakatni harakati sanaviya (yillik harakat) va harakati davriya (aylanma harakat) derlar.

3. Asbob va atroflarning ismlari

Yerning shakl va suvratini tamoman chizub ko‘rsatg‘on narsani kurrai musanna’ (globus) deyilur. Yumaloq qilunmasdan, qog‘oz ustig‘a chizilg‘on bo‘lsa, kurrai mastaha deyilur.

Yerni ikki pallaga bo‘lib ko‘rsatg‘on, qog‘azlarni nisfi kurra (polushariya) deyilur.

Yerni qit’a va mamlakatlarg‘a bo‘lub, har birini bo‘lak-bo‘lak ko‘rsatg‘an qog‘azlarni xarita (karta) deyilur. Bir necha xaritalarni yig‘ub daftar qiling‘on bo‘lsa atlas deyilur. Yerning kun botg‘ang‘a o‘xshab ko‘rung‘on tarafini G‘arb, kun chiqqang‘a o‘xshab ko‘rung‘on tarafini Sharq deyilur. G‘arbga qarab turg‘on kishining o‘ng yog‘ini Shimol, so‘l yog‘ini Janub deyilur. G‘arb ila Shimol orasini G‘arbi shimol, G‘arb ila Janub orasini G‘arbi janub, Sharq ila Shimol orasini Sharqi shimol, Sharq ila Janub orasini Sharqi janub deyilur. Xaritalarning ust yog‘i Shimol, ost yog‘i Janub, o‘ng yog‘i Sharq, so‘l yog‘i G‘arb e’tibor qilinmishdur.

4. Yer yuzi[3]

Yer yuzi suv ila qurug‘liqdan iboratdur. Yer yuzining to‘rtdan bir bo‘lagi qurug‘liq va uch bo‘lagi suv ila qoplanmishdur. Qurug‘luq besh parchag‘a bo‘linur: Ovrupo, Osiyo, Afriqo, Amriqo, Avstraliyo.

Bularning har birini qit’a deyilur. Bulardan Ovrupo, Osiyo, Afriqo qit’alarini barri a’qiq (eski dunyo) deyilur, Amriqo va eski Avstraliyo qit’alarini barri jadida (yangi dunyo) deyilur.

Barcha yog‘i suv ila o‘ralg‘on qurug‘liqni ata (jazira) deyilur. Uch yog‘i suv ila o‘ralub, yolg‘iz bir yog‘i qurug‘luqg‘a tutashg‘on joylarni yarim ata (shaba jazira) deyilur.

Yarim ataning qurug‘luqg‘a tutashg‘on tor joyini barzah deyilur. Uchi ingichka bo‘lub, suvg‘a uzoyib chiqg‘an joylarni burun deyilur. Yuqori ko‘tarulg‘on joylarni baland bo‘lsa tog‘, past bo‘lsa tepa deyilur. Ustidan doimo tutun, olov chiqib turadurg‘on tog‘larni yonar tog‘ (vulqon) deyilur. Suvsiz, tekis joylarni cho‘l, ekin o‘sadurg‘on suvluq joylarni dola (uva) deyilur. Tog‘ va tepalar ustidag‘i mol o‘tlaydurg‘on tekis joylarni yaylov (qir) deyilur. Ikki tog‘ orasidag‘i tor yo‘llarni darband (dara) deyilur. Dengiz, ko‘l va nahrlarning bo‘ylarini sohil deyilur.

5. Suvlar

Yer yuzini to‘rtdan uch bo‘lagini qoplag‘on suvlar avvalo to‘rt qismga bo‘linur: dengiz, ko‘l, nahr, o‘qyonus. O‘qyonus deb butun qurug‘liqni o‘rab olgan sho‘r suvlarni aytilur. O‘qyonus suvlari beshga bo‘linur: Bahri muhiti kabir, Bahri muhiti atlas, Bahri muhiti hind, Bahri muhiti shimoliy, Bahri muhiti janubiy. Bahri muhiti shimoliy ila Bahri muhiti janubiy doimo muz ila qoplanib turg‘oni uchun Bahri munjamid, ya’ni Muz dengizi deb atalur.

Dengiz deb qurug‘liqning orasig‘a yorib kirg‘on sho‘r suvlarni aytilur. Ko‘l deb barcha yog‘i qurug‘liq ila o‘ralg‘on suvlarni aytilur. Nahr deb tog‘lardagi buloqlardan, qor va yomg‘urlardan paydo bo‘lub, bir-birig‘a qo‘shilub, zo‘ray-g‘an suvlarni aytilur. Nahrlar ko‘llarg‘a va dengizlarg‘a borib quyulodurlar. Nahrlarning chiqodurg‘on yerlarin manba’, borib quyadurg‘on yerlarin mansub deyilur. Ikki dengizning bir-birig‘a qo‘shiladurg‘on tor joylarini bo‘g‘oz deyilur. Inson kuchila qozilg‘on bo‘g‘ozlarni qanol deyilur. Qurug‘liq orasig‘a suqulib kirg‘on suvlarni ko‘rfaz deyilur. Paraxo‘dlar kirib turadurg‘on ko‘rfazlarni liman deyilur.

6. Ovrupo qit’asi

Ovrupo qit’asi Osiyoning g‘arb tarafida, Afriqoning shimol tarafida voqe’ ulug‘ bir yarim atadur. Bu qit’aning shimol tarafi butun Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi O‘rol tog‘lari, Urol nahri, Bahri Hazar (Kaspiy dengizi) janub tarafi Qofqoz tog‘lari, Bahri siyoh (Qora dengiz), Istanbul bo‘g‘ozi, Marmara dengizi, Dardanel (Chanoq qal’a) bo‘g‘ozi, Bahri safid (Oq dengiz), Sipta (Jabali toriq) bo‘g‘ozi, g‘arb tarafi butun Bahri muhiti atlas ila o‘ralmishdir.

Ovrupo qit’asi boshqa qit’alarning kichigi bo‘lsa ham, o‘zining obodliligi va xalqining maorif, hunar, sanoat, tijorat, ziroat va siyosatdag‘i taraqqiysig‘a qarag‘anda, eng birinchisi va hokimidir. Kengligi 180 ming murabba’ mil bo‘lib, to‘rt yuz (400) milyong‘a yaqin aholisi vordur. Aholisining barchasi oq jinsdan bo‘lub, 25 milyonchasi musulmon, qolg‘onlari xristian va bir oz yahudiydur.

Yer yuzidag‘i eng zo‘r hukumatlar, madrasa va dorilfununlar, fabrik va zavudlar, temir yo‘l va paraxo‘dlar, shahar va mamlakatlar jumlasi bu qit’adadur. Ovruponing havosi yaxshi bo‘lub, yerida har xil meva va ekinlar yetishodur. Yer ostidan oltun, kumush, temir, ko‘mir kabi har xil foydalik konlar chiqodur. Atrofi kirg‘an-chiqg‘an bo‘lib, ata va yarim atalari, ko‘rfaz va limanlari, dengiz va bo‘g‘ozlari, ko‘l va nahrlari ko‘pdir. Ovrupoda katta-kichik 21 mamlakat vordur. Hukumatlarning beshi shimoliy Ovrupoda, oltisi o‘rta Ovrupoda va o‘ni janubiy Ovrupodadurlar. Shimoldag‘i hukumatlardan birinchisi ham kattasi Rusiya imperato‘rlig‘idur.

7. Rusiya imperato‘rlig‘i

Rusiya mamlakati yerining kenglig‘i jihatidan yer yuzidag‘i mamlakatlarning (Anglatardan so‘ngra) eng ulug‘idir. Ovruponing yarmidan ko‘prog‘i, Osiyoning uchdan biri Rusiya mulkidir. Bung‘a qarag‘anda Rusiya hukumati butun yer yuzining (taqriban) oltidan bir bo‘lagida hokimdur.

Rusiyaning Ovrupodag‘i yerini Ovrupoyi Rusiy deyilur. Osiyodag‘i yerini Osiyoi Rusiy deyilur. Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafi Bahri munjamid, shimoli sharq tarafi O‘rol tog‘lari, O‘rol nahri va Bahri Hazar, janub tarafi Qofqoz tog‘lari, Qora dengiz, Tuna shahri, Rumoniya hukumati, g‘arb tarafi Avstriyo hukumati, Germoniya (Olmoniyo) hukumati, Boltiq dengizi, Isvech, Nurvej hukumatidur. Kenglig‘i (100000) yuz ming murabba’ mildur. Aholisi yuz o‘n milyoncha bo‘lub, to‘qson (90) milyoni ruslar, qolg‘onlari musulmon, polyak, yahudiy, armani kabi turli millatlardan iboratdur.

8. Dengiz, ko‘rfaz, ko‘l va nahrlari

Ovrupoyi Rusiyning shimol tarafida Bahri munjamidi shimoliy va bundan paydo bo‘lg‘on Abiz dengizi ham Pechuro va shimoliy Ruyna nahrlari vor. Pechuro Bahri munjamidi shimoliyg‘a, shimoliy Ruyna Abiz[4] dengizig‘a quyilur.

G‘arb tarafida Boltiqdengizi va bundan chiqg‘on Butani, Finlanda va Rig‘a ko‘rfazlari ham Neva va g‘arbiy Ruyna nahrlari vor. Neva nahri Finlanda ko‘rfazina, g‘arbiy Ruyna Rig‘a ko‘rfazina quyiladur. Janub tarafinda Qora dengiz va bundan paydo bo‘lg‘on Azoq dengizi ham Do‘n, Dnepr va Dnestr nahrlari vor. Do‘n nahri Azoq dengizina, Dnepr va Dnestr nahrlari Qora dengizga quyilodur. Sharq tarafinda Bahri hazar va bung‘a quyiladurg‘on Volg‘a ham O‘rol nahrlari vor.

9. Idora va shaharlari

Rusiya hukumati yerining kengligi, aholisining ko‘plig‘i va quvvai askariyasig‘a qarag‘anda Ovrupo hukumatlari orasinda birinchi darajada hisob qilinsa ham, mamlakatining obodlig‘i va aholisining ilm-ma’rifat, hunar va sanoatdagi taraqqiysig‘a 3-nchi darajada sanolur.

Mamlakat nizomlarini qaramak uchun Gosudarstvenniy duma (Majlisi mab’uson) va Gosudarstvenniy sovet (Majlisi a’yon) ismli mahkamalari vor. Bunga qarag‘anda idorasi mashrutadur.

Rusiya hukumat tili ruscha, hukumat mazhabi provaslavniydur. Shunday bo‘lsa ham islom, yahudiy, ma’jusiy, qato‘lik, luteran mazhablari ila amal qilg‘uvchilar, turkcha, forscha, polakcha, armanicha kabi har xil tillar ila so‘ylashadurg‘on kishilar ko‘pdur. Bahri munjamidi shimoliydag‘i «Zombili jadid», Qo‘lquef va Vayg‘ach atalari ham Rusiyag‘a tobe’dur.

Rusiya imperato‘rlig‘ining poytaxti Petrog‘rad shahridur. Bu shaharni 1703 yilda Pyotr Velikiy Finlanda ko‘rfazig‘a yaqin yerida Neva shahrining bo‘yig‘a bino qilmishdur. Shul sababli tijorat va askariy jihatdan Rusiyaning birinchi shahridur. Bir yarim milyon aholisi vordur. Rusiyaning eski poytaxti Maskov shahridur. Bu shaharning aholisi bir milyon olti yuz ming bo‘lub, tijorat va sanoat jihatincha Petrog‘raddan qolishmaydur. Bulardan so‘ngra Varshava, Kief, Xarkuf shaharlari, Qora dengiz bo‘ynida Adesa ham Sevastopo‘l shaharlari, Do‘n nahri bo‘yinda Rosto‘f shahri va Vo‘lg‘a nahri bo‘yinda Astraxan, Saratov, Samara, Simbir, Qozon, Yekatirinburg‘, Kostro‘ma va Yaroslav shaharlari, O‘rol nahri bo‘yinda O‘renburg‘ shah-ri, shimoliy Ruyno bo‘yinda Arxangelski ham Volug‘da shaharlari mashhurdir.

10. Finlanda

Ovrupoyi Rusiyning shimoliy qismida, Boltiq dengizi sohilida muxtoriyat[5] (avtonomiya) bir viloyatdir. Hozircha bu mamlakatning o‘ziga maxsus temir yo‘llari, paraxo‘d va dorilfununlari, teleg‘rom va telefunlari, o‘z ismig‘a yasag‘on chaqa tangalari va mamlakatni idora qiladurg‘on majlisi mab’usonlari (seymolari) vordur. Butun mamlakatning kulli idoralari o‘z qo‘l va ixtiyorlarindadur. Markaz idorasi G‘elsinforg‘s shahri bo‘lib, Viborg‘, Obo shaharlari mashhur shaharlardur. Aholisi fin va shvedlar bo‘lub, barchasi 2 milyondur. Maorif va madaniyat jihatidan ruslardan qolishmaylar, balki ba’zi axloq-odob xususlaridan necha martaba ortuqdurlar. Mazhablari luteran.

 

11. Isvech-Nurvej qirollig‘lari

Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarning ikkinchisi Isvech (Shvetsiya), uchinchisi Nurvej (Norvegiya) qirollig‘laridur. Bu hukumatlar Isqandinaviyo yarim atasinda bo‘lub, shimoliy tarafi Bahri munjamidi shimoliy, g‘arb tarafi — Bahri muhiti atlas, janub tarafi — Sund bo‘g‘ozi, Ysqajaroh bo‘g‘ozi va Boltiq dengizi, sharq tarafi — Boltiq dengizi va Rusiya hukumati ila o‘rolmishdur.

Avvalda Isvech va Nurvej bir hukumat bo‘lsa ham, hozir bir-birisidan tamom ayrilg‘on va har birining o‘ziga maxsus majlisi mab’usoni ham qiroli vor. Isvechning aholisi 4 milyoncha bo‘lib, poytaxti Istuqulm shahridur. Nurvejning aholisi 3 milyoncha bo‘lub, poytaxti Xristoniyo shahridur. Mashhur shaharlari: G‘utburg‘, Malmu, Vopsa shaharlaridur. Ikkisining idorasi ham mashruta. Mazhabi — protestant vatili shvedchadur. Mashhur Isqandinaviyo tog‘lari ila Vinar, Vitar va Mular ko‘llari bu mamlakatdadur.

12. Angltara qirollig‘i[6]

Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarningto‘rtinchisi Angltara qirollig‘idur. Bu mamlakat Bahri muhiti atlasda Britaniyo, Irlandiyo va Shotlandiyo kabi bir necha atalardan iboratdur. Aholisi 42 milyon bo‘lub, aksari protestant mazhabi ila amal qilur. Poytaxti Lo‘ndo‘n shahridur. Mashhur shaharlari: Liverpul, Bermingem, G‘lasqu va Dublin shaharlaridur. Idorasi: mashruta, tili inglizchadur. Oq dengizdag‘i Malta va Qibris atalari ham Angltarag‘a tobe’dur. Mashhur Tayms nahri bu mamlakatda, Lo‘ndo‘n shah-ridan o‘tadur.

13. Donimarqa qirollig‘i

Shimoliy Ovrupodag‘i hukumatlarning beshinchisi Donimarqa (Daniya) qirollig‘idur. Bu mamlakat Boltiq va shimol dengizlari orasinda Islanda, Fivniy, Lolanda, Folstr, Burnho‘lm ismlik bir necha atalar ila Jo‘klanda yarim atasindan iboratdur. Aholisi ikki yarim milyoncha (2500000) bo‘lib, aksari protestant mazhabindadur.

Poytaxti Islanda[7] atasinda Ko‘penxog‘ shahridur. Mashhur shaharlari: Alsinur, Avdonis, G‘orxus, Viburg‘ va Olburg‘ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur. Bahri muhiti atlas ila Bahri munjamidi shimoliy orasindag‘i Islanda atasi ham bu hukumatg‘a tobe’dur. Mashhur Haqla yonar tog‘i (vulqoni) Islanda atasindadur.

14. Olmoniya imperato‘rlig‘i

O‘rta Ovrupodag‘i hukumatlarning birinchisi Olmoniya (Germaniya) imperato‘rlig‘idur. Bu hukumatning shimoliy tarafi Shimol dengizi, Donimarqa hukumati va Boltiq dengizi, sharq tarafi Rusiya hukumati va janub tarafi Avstriya va Isvechra hukumatlari, g‘arb tarafi Fransiya, Belchiqo va Flamang hukumatlaridur. Aholisi oltmish milyoncha (60000000) bo‘lub, aksari kato‘lik va protestant mazhablarindandur. Poytaxti Berlin shahridur. Mashhur shaharlari: Franqfurt, Miyunxin, Shtutxardt, Darmshtatd va Hamburg‘ shaharlaridur. Idorasi mashrutadur, tili nemischadur. Olmoniyaning janubida mashhur Kira o‘rmon tog‘lari va bu tog‘lardan chiqub, Qora dengizg‘a quyiladurg‘on mashhur Tuna — Dunay nahri vordur. Shimol tarafinda Boltiq dengizina quyiladurg‘on Visla va Oder nahrlari, shimol dengizina quyiladurg‘on Elba, Vizir nahrlari vordur.

15. Fransiya jumhuriyati

2 nchisi Fransiya jumhuriyatidur. Bu mamlakat shimoliy tarafi Shimol dengizi, Podokla bo‘g‘ozi va Mansh dengizi, g‘arb tarafi Bahri muhiti atlas, G‘osqoniya (Bosqoy) ko‘rfazi, janub tarafi: Fransiyani Ispaniyadan ayirg‘an Pirana tog‘lari, Oq dengiz, sharq tarafi Italiyo, Isvechra, Olmoniyo va Belchiqo hukumatlaridur. Aholisi 39 milyoncha bo‘lub, kato‘lik mazhabig‘a amal qilurlar.

Poytaxti Parij[8]. Mashhur shaharlari: Lion, Bo‘rdu, Marseliyo, Sharburg‘, Hovr, Kola va Ruan shaharlaridur. Idorasi: jumhuriyat, tili fransuzchadur[9].

Oq dengizdag‘i Ko‘rsika atasi Bahri muhiti atlasida Olorun, Rey, Xilil, G‘urdo, Sen va Udasason atalari Fransiyag‘a tobe’dur. Fransiyadan chiqub, Parijdan o‘taturg‘on mashhur Sen nahri Mansh dengizina quyiladur. Lura, Jirando nahrlari G‘osqoniyo ko‘rfazina, Runa nahri Oq dengizdag‘i Lion ko‘rfazina quyiladur.

16. Flamang qirollig‘i

3 nchisi Flamang (Ho‘llanda) qirollig‘idur. Bu mamlakatning shimoli g‘arb taraflari Shimol dengizi, janub tarafi Belchiqo va sharq tarafi Olmoniyo hukumatlaridur. Aholisi olti milyoncha bo‘lib, poytaxti Amsterdam[10] shahridur. Mashhur shaharlari: Lahi, ya’ni G‘ag‘a, Luvardan (Zul), Utraxt, Harlem va Roterdam shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili nemischa va fransuzchadur. Bu mamlakatda ilm va hunar nihoyatda taraqqiy uchun aholisi ko‘p boydur. Shimol dengizidan paydo bo‘lg‘on Zuydrza ko‘rfazi vor. Reyn va Muz nahrlari bu mamlakatdan bir necha qismg‘a bo‘linub o‘tub, shimol dengizina quyiladur.

17. Belchiqo qirollig‘i

4 nchisi Belchiqo (Belgiya) qirolligidur. Bu mamlakatning shimol tarafi Flamang hukumati, g‘arb tarafi Shimol dengizi, janub tarafi Fransiya va sharq tarafi Olmoniyo hukumatlaridur.

Aholisi yetti milyoncha bo‘lub, protestant mazhabindadur. Poytaxti Bruksil (Bryussel) shahridur. Mashhur shaharlari: Muns, Anvars, G‘and, Bruj, Nomur, Orliun, Liyoj va Xaslat shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili fransuzchadir. Bu mamlakatda temir va ko‘mir konlari nihoyatda ko‘pdur. Janub tarafida Ordan tog‘lari vor. Fransiyadan chiqadurg‘on Isqut va Muz nahrlari bu mamlakatdan o‘tibdur. Temir yo‘lining ko‘plig‘i va aholisining ilm va hunari soyasinda nihoyatda boy mamlakatlardandur. Bu mamlakatni hozirda Germaniya hukumati olub va qanchalar idora qilib turibdur.

18. Avstriyo va Mojariston

5 nchisi Avstriyo va Mojariston imperato‘rlig‘idur. Avstriyo va Mojariston (Vengriya) ikkisi bo‘lak-bo‘lak, ikki mamlakat bo‘lsa ham, bir podshohga tobe’ bo‘lg‘onlig‘i uchun bir hukumat sanaladur. Podshohlari Avstriyo imperato‘ri va Mojariston qiroli deb ataladur.

Bu mamlakatning shimol tarafi Olmoniya va Rusiya hukumatlari, sharq tarafi Rusiya va Rumoniyo hukumatlari, janub tarafi Rumoniyo, Serbiyo va Qoratog‘ hukumatlari ila Adriatik dengizi, g‘arb tarafi Isvechra va Olmoniyo hukumatlaridur. Turkiyadan oling‘on Bo‘sna — Hertsog‘ovinya davlati ham qo‘shilg‘on holda, aholisi 47 milyoncha bo‘lub, aksari kato‘lik, qolg‘onlari protestant, pravoslav, musulmon, yahudiy mazhablarindadur.

Poytaxti Vena shahridur. Mashhur shaharlari: Budapeshta, Praga, Trupod, Purnu, Qrako‘v, Triyista, Zora, Leybax, G‘rach shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili nemischa va mojarchadur. Mashhur Alp va Qorpot tog‘lari, Platin va Nuzidil ko‘llari, Boltiq dengizig‘a quyiladurg‘on Tavna va Dnistr nahrlari jumlasi bu mamlakatdadur. Avstriyo hukumati Ovrupoda eng kuchlik va nufuzliq hukumatlar qatoridan sanalur.

19. Isvechra (Shvetsariya) jumhuriyati

6 nchisi Isvechra jumhuriyatidur. Bu mamlakatning shi-mol tarafi Olmoniyo, sharq tarafi Avstriyo, janub tarafi Italiyo, g‘arb tarafi Fransiya hukumatlaridur. Aholisi uch yarim milyoncha bo‘lub, aksari protestant va qolg‘onlari kato‘lik mazhabidadur. Poytaxti Bern shahridur. Mashhur shaharlari: Jeneva, Luzanna, Pozl, Syurix, Arg‘u va Svin shaharlaridur. Idorasi jumhuriyat bo‘lub, ko‘p xalqi fransuzcha, italyoncha tillar ila so‘ylashurlar. Isvechrani Fransiyadan Jura tog‘lari ila Jeneva ko‘li ayiradur. Italiyodan Alp tog‘lari ila Mojur va Lug‘onu ko‘llari ayiradur. Isvechrada bulardan boshqa Zura, Nufshatl, Lusirna va Mojur ismli mashhur ko‘llari, Tu, Run, Eys, Tiss ismlik nahrlari, turli qaynar buloqlar, xushhavo tog‘ va tepalar nihoyatda ko‘pdir. Shul sababli yoz faslida har tarafdan ko‘p sayyohlar kelub istirohat qilurlar.

20. Po‘rtigiz jumhuriyati

1. Janubiy Ovrupodag‘i hukumatlarning birinchisi Po‘rtigiz (Portugaliya) jumhuriyatidir. Bu mamlakatning shimoli va sharq taraflari Ispaniyo mamlakatig‘a yopishg‘on bo‘lib, g‘arb va janub taraflari Bahri muhiti atlas ila o‘ralmishdur. Aholisi besh milyoncha bo‘lub, mazhablari kato‘lik. Idorasi jumhuriyatdir. Poytaxti Lizbon (Lissabon) shahridur. Mashhur shaharlari: Po‘rtu, Brig‘ansa, Avvara, Foru shaharlaridur. Ispaniyodan chiqadurg‘on Minhu, Duru, Toj va Vadiy alg‘ana nahrlari bu mamlakatdan o‘tub, Bahri muhiti atlasg‘a quyiladur. Bahri muhiti atlasdag‘i Osu va Modara atalari bu mamlakatg‘a tobe’dur. Avvallari bu mamlakat arablar idorasida edi.

21. Ispaniyo qirollig‘i

2 nchisi Ispaniyo qirollig‘idur. Bu mamlakatning shimol tarafig‘a G‘osqoniya ko‘rfazi, Fransiya hukumati, sharq tarafi Oq dengiz, Sipta bo‘g‘ozi va Bahri muhiti atlas, G‘arb tarafi Po‘rtug‘aliyo hukumati va Bahri muhiti atlas ila o‘ralmishdur. Aholisi o‘n sakkiz milyondan ziyoda bo‘lub, kato‘lik mazhabidadur. Idorasi mashruta, tili ispancha, poytaxti Madrid shahridur. Mashhur shaharlari: Barsiluna, Valensiyo, Kastiliyo, Kordova, Silviyo va G‘irnota shaharlaridur. Oqdengizdagi Mino‘rqa va Mayo‘rqa atalari ham bu mamlakatga tobe’dur. Bu mamlakatning ismi avvallardan Andalus bo‘lib, arablar idorasida edi. Arablardan qolg‘on mashhur asarlardan Silviyo shahrinda «Al-qasir» saroyi, G‘irnota shahrinda «Al-Hamro» va «Al-Bayzo» saroylari va Ko‘rdo‘va (Qurtuba) shahrida «Jome’ al-Kabir» masjidi va «Madinatul-Zahro» saroyi hozirda ham bordur. «Jome’ al-Kabir» masjidi alhol kalisog‘a aylan-tirilg‘anmishdir. Ispaniyoda Taxo, Duero, Vadiy alg‘ana nahrlaridan boshqa Vadiy al-Kabir ismlik mashhur bir nahr bo‘lub, Bahri muhiti atlasg‘a quyiladur.

22. Italiyo qirollig‘i

3 nchisi Italiyo qirollig‘idur. Bu mamlakatning janubida g‘arbi shimolidan sharqi janubig‘a qarab uzayg‘on bir yarim ata ila Sardiniyo, Sijiliyo, Alba va Lepari ismlik bir necha atalardan iboratdur. Shimoli Fransiya, Isvechra, Avstriyo hukumatlaridan Alp tog‘lari ila ayrilmishdur. Sharqi janub, g‘arb taraflari esa Vandik ko‘rfazi, Adriatiq dengizi, Tarn ko‘rfazi, Yunon dengizi, Oq dengiz, Tiranin dengizi va Januh ko‘rfazi ila o‘ralmishdur. Aholisi 35 milyoncha bo‘lub, kato‘lik mazhabindadur. Poytaxti Rumo[11] shahridur. Mashhur shaharlari: Turino, Milan, Vandik, Florinsa va Niapol shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili italyonchadur. Alp tog‘laridan chiqub, Adriatiq dengizina quyiladurg‘on Po nahri ila Rumo shah-rining yonidan o‘tub, Oq dengizg‘a quyiladurg‘on Tibr va Arnu nahrlari va ham mashhur Vezu va Etna yonar tog‘lari[12] Italiyodadur. Shimol tarafida Mojor, Qayu va G‘ordo‘ ismlik ko‘llar vor. O‘rtasida Perujiyo, Pulsano va Fuchino ismli ko‘llari vor[13]. Sijiliya atasini Italiyodan Musino bo‘g‘ozi va Sardiniyo atasini Bunifachio bo‘g‘ozi ayiradur.

23. Serbiston qirollig‘i

4 nchisi Serbiston (Serbiya) qirollig‘idur. Bu mamlakatning shimol tarafi Avstriyo, sharq tarafi Rumoniyo va Bulg‘oriyo, janub tarafi Yunoniston, g‘arb tarafi Albaniyo, Qoratog‘ va Avstriyo mamlakatlari ila o‘ralmishdur. Poytaxti Belg‘rad shahridur. Mashhur shaharlari: Samandra, Aliksinoch va Zaychar shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili serbchadur.

24. Qoratog‘ qirollig‘i

5 nchisi Qoratog‘ qirollig‘idur. Bu mamlakat Adriatiq dengizi bo‘yinda, Serbiyoning g‘arbinda, Avstriyoning janubida, Albaniyoning shimolida kichkinag‘ina bir hukumatdur. Aholisi uch milyoncha, mazhabi pravoslav, idorasi mashruta, poytaxti Chatina shahridur. Dengiz bo‘iida Bo‘r ismlik mashhur shaharlari ham vor.

25. Arnovud (Albaniya) hukumati

6 nchisi Arnovud (Albaniya) hukumatidur. Bu mamlakat Adriatiq dengizi bo‘yicha Qoratog‘, Serbiston va Yunoniston mamlakatlari orasinda yangig‘ina yasalg‘on[14] bir islom hukumatidur. Aholisi bir yarim milyondan ziyodroh bo‘lub, aksari islom mazhabidadur. Poytaxti — Durasti va mashhur shaharlari Ishqudra, Ufrida va Avluniya shaharlaridur.

26. Rumoniyo qirollig‘i

7 nchisi Rumoniyo qirollig‘idur. Bu mamlakat shimoldan Avstriyo, sharqdan Rusiyo, Qora dengiz va g‘arb tarafidan Serbiyo hukumatlari ila o‘ralmishdir. Aholisi olti yarim milyoncha bo‘lub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti Buxarist (Bukrash) shahridur. Mashhur shaharlari: Yash, Tulja, Yirkuki, Kustancha, Silastra va Abrail shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili ruminchadur.

27. Turkiya imperato‘rlig‘i

8 nchisi Turkiya imperato‘rlig‘idur. Turkiya hukumatining eng ko‘p yeri Osiyodadur. Ovrupodag‘i yerini Ovrupoyi Usmoniy, Osiyodag‘i yerini Osiyoyi Usmoniy[15] deyilur. Ovrupoyi Usmoniy shimoldan Bulg‘oriyo, sharqdan Qora dengiz, Istanbul bo‘g‘ozi, janubdan Marmara dengizi, Chanoq qala (Dardonil) bo‘g‘ozi va g‘arb tarafidan Atalar dengizi va Bulg‘oriyo mamlakati ila o‘ralmishdur. Turkiyaning Ovrupodag‘i aholisi uch yarim milyoncha bo‘lub, aksari musulmondur. Poytaxti Istanbul va Ovrupodag‘i mashhur shaharlari: Adirno, Qirq kaliso va Charkoskuy shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili turkchadur. Turkiya imperato‘ri siyosiy jihatdan «Sulton» va diniy jihatdan «Xalifa» atalur.

28. Bulg‘oriyo qirollig‘i

9 nchisi Bulg‘oriyo qirollig‘idur. Bu mamlakat shimoldan Rumoniyo, sharqdan Qora dengiz, janubdan Turkiya, Atalar dengizi, Yunoniston va g‘arbdan Serbiyo mamlakatlari ila o‘rolmishdur. Aholisi uch yarim milyoncha bo‘lub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti So‘fiyo. Mashhur shaharlari: Ruschik, Vana, Burg‘os va Filba shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili bulg‘orchadur[16].

29. Yunoniston qirollig‘i

10 nchisi Yunoniston (Gretsiya) qirollig‘idur. Bu mamlakat Ovruponing eng janubida bo‘lub, shimol tarafi Bulg‘oriyo, Serbiyo va Albaniyo hukumatlari, janub va g‘arb taraflari Atalar dengizi, Oq dengiz, Yunon dengizi ila o‘rolmishdur. Aholisi 6 milyoncha bo‘lub, aksari provaslav mazhabidadur. Poytaxti Afina (Otina) shahridur. Mashhur shaharlari: Pera, Larisa, Tarxo‘la, G‘lus, G‘ordicha, Fo‘rsala va Salo‘nik shaharlaridur. Idorasi mashruta, tili yunonchadur. Atalar dengizidag‘i va Yunon dengizidag‘i ko‘p atalar ila mashhur Grid atasi Yunonistonga tobe’dur.

30. Kichkina hukumatlar

Yuqorida zikr o‘linmish 20 hukumatdan boshqa Ovrupoda yana besh adad kichkina hukumatlar vor. Birinchisi Avstriya ila Isvechra orasinda Lixtinshtiyn prinslig‘i bo‘lib, aholisi 9.500, markaz idorasi Vadus qaryasidur. Ikkinchisi Monaku prinslig‘i bo‘lub, aholisi 13 ming, markaz idorasi Monaku shaharidur. Uchinchisi Piranda tog‘lari orasinda, Andur qaryasidur. To‘rtinchisi Italiyada, San-Marina hukumati bo‘lub, aholisi 8 mingdur. Marina hukumati Ovruponing eng eski hukumatlaridandur. Beshinchisi Fransiya, Belchiqo va Germaniya hukumatlari orasinda Lyuksimburg‘ duqalig‘idur (gertsoglik). Aholisi 31 ming bo‘lub, markazi Lyuksimburg‘ shahridur.

 


[1] Bu o‘rinda shogirdlarg‘a yerning dumaloqlig‘ini daloil naqliyasini bayon etmak lozimdir.
[2] Olmag‘a o‘xshash bir narsani yerdan yumalatib hamda dumidan ip bog‘lab, boshdan aylantirib ko‘rsatmak va ul narsani chiroqg‘a o‘xshash bir narsag‘a ul bir tarafini, so‘ngra aylantirib ikkinchi nimarsani tutib, kecha va kunduz husulini tushuntirmak muallim afandilarning vazifalaridur.
[3] Axtar: ushbu darsning har birini xarita, kurrai musannalardan, rasmlardan ko‘rsatib o‘qutmak va har bir jumlasina durust savol qo‘yib so‘ramak muallim afandilarg‘a muhavvaldur.
[4] Abiz— Barents dengizi (S. A.)
[5] Bir mamlakat ikkinchi bir hukumatning qo‘lida bo‘lib, barcha doxiliy ishlari ul mamlakatni o‘z ahllari qo‘lig‘a topshurulsa, shunday mamlakatni muxtoriyatli, avtonomiyali deyilur.
[6] Angltara hukumati mamlakatining kenglig‘i va aholisining ko‘plig‘i urush va suro poraxo‘dlarining ko‘plig‘i ila dunyoning eng ulug‘ va zo‘r hukumatidur. Besh qit’aning har birida mustamlakasi vor. Butun aholisi 400 milyonchadur. Lo‘ndo‘n shahri dunyoning eng ulug‘ shahridur. Aholisi 5,5 milyondur.
[7] Islanda — muz yerlari degan so‘zdir. Haqiqatdan Islanda atasi muz bo‘lub, dunyoning eng sovuq mamlakatlaridandur. Yonar tog‘lari, issiq buloqlari ko‘pdur. Kenglig‘i Daniyadan katta bo‘lsa ham, aholisi yuz mingdan ortmaydur.
[8] Parij shahri eng ziynatli va chiroyli shahrdur.
[9] Fransuzcha til butun dunyoga yoyilib, umumiy til hukminda kirmishdir.
[10] Amsterdam shahri Flamang hukumatining asl poytaxti bo‘lsa ham, qirollari ko‘p vaqt Lahi shahrinda turg‘anlig‘i uchun bu ham poytaxt e’tibor qilinur. Atama munqism bo‘lub, bu atalar bir-birina 290 ko‘prik ila tutashirilmishdur.
[11] Katolik mazhabining boshlig‘i papa Rumo shahrida turodur.
[12] Vezuviy yonar tog‘lari Italiyoda Neapol yaqinida bo‘lub, Etna yonar tog‘i Sijiliyo atasidur.
[13] Italiyo ko‘l va nahrlarining ko‘plig‘i soyasinda Ovruponing eng manbat va mar’i mamlakatlaridan hisoblanadur.
[14] Serbiston va Qrratog‘ hukumatlarining ba’zi joylari hozirda Avstriyo hukumati tarafidan zabt va xarob qilinmishdur.
[15] Turkiya hukumatini eng avval yasag‘on kishining ismi Usmon bo‘lg‘on-lig‘i uchun bu hukumat Usmoniy hukumati atalur.

To'liq: Munavvar qori Abdurashidxonov. Yer yuzi - PDF

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.