OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nurullo Oston. Eru xotin qo’sh ho’kiz... (hajviya)

Xalqimiz juda dono-da! Hamma narsaga  shunday baho beradiki, xafa bo’lishniyam,  xursand bo’lishniyam bilmay qolasan. Har kuni kallayi sahardan ko’chamizdan G’altagini g’iytillatib bir bola o’tadi. Uning laqabi Betxoven. Sartaroshimiz kal. Uning laqabi Kaska. Bir cho’tir  qassobimiz bor, uning oti Maska. Choyxonachimizning oti Vaska. Qishloqda kimning xo’kizi bo’lsa, hammasining oti Vaska. Sigiri bo’lsa Mashka. Ana shu yerda ham xalqimizning donoligiga qoyil qolishimiz kerak. Eru xotin qo’sh ho’kiz, deydi. Vaska bilan Mashka, demaydi. Qo’sh ho’kiz, deydi. Shu erda bir nozik narsani siz ham ilq’agan bo’lsangiz kerak. Qo’sh ho’kiz, deydi. Xo’kizni qo’sh, demaydi. Qo’sh ho’kiz, deydi. Qo’sh, Vaska, demaydi! Choydan quy Vaska, deyishi mumkin! Qo’sh, ho’kiz, deydi, gap egasini topadi. Bu gap Maskaga aytilyapti, topdingiz! Maska xaridorga suyakni ko’paytirib, go’shtdan urayapti. Xaridor qo’sh, ho’kiz, deyapti, hech narsa deyolmaysiz. Uning gapi to’g’ri. Lekin bu erda yana boshqa gap ham bor! Xo’sh, ho’kkiz, deyapti! 
Xo’sh, ho’kkiz, nima karomat ko’rsatayapsan? Shunday qilib yuraverasanmi, bola-chaqani o’ylamay laylak haydab? Ho’kkiz, qachon ichkilikni tashlaysan, qachon uyingga yarim kilo go’sht topib borasan? Bularning hammasi bir tomondan to’g’ri. Boshqa tomondan, qo’sh  ho’kiz, deyapti er xotinni. Ayol kishini, es-lat-ma-yap-ti! Lom-mim demayapti! Qo’sh xotin, demayapti bir oilada bir ho’kizga chidash mumkin. Ho’kiz ikkita bo’lsa, xudo urdi, deyavering. Boshqa tomondan zerikarli ham. Ho’kiz ho’kizga qarab o’tirsa. Vaska Mashkani qidiradi, Mashka yo’q. Uning o’rniga yana bitta Vaska o’tiribdi. “Mashka qani?”-so’raydi Vaska Vaskadan. “Mashka onasinikiga ketdi!” “Nega?” “Nega, nega,-g’udranadi Vaska.-Buning hammasiga o’sha eru xotin qo’sh ho’kiz, degan maqol sababchi. Shu tufayli Mashkaning o’rniga sen ho’kizning yonida qachondan buyon o’tiribman.” “Nima qilish kerak?” “Nima qilish kerak, maqolni o’zgartirish kerak, ana shunda Mashka onasinikidan qaytib keladi, -deydi Vaska.-Qanday o’zgartirishni ham o’ylab qo’ydim: eru xotin-er-xotin!”

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.