Risolat Haydarova 1966 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Respublika matbuotida uning tarixiy va zamonaviy mavzudagi hikoyalari, she’rlari, adabiy-tanqidiy maqolalari chop etilgan. Uning «Ketgan qishning dardlari» nomli she’riy,«G‘urgurtepada saraton» hikoyalar turkumlari, «Mag‘rura» nomli qissasi kitob holida nashr etilgan. «Javzo» tarixiy romani adibaning navbatdagi izlanishlari mahsulidir.