Vokzalga shoshilayotgan edim, ko‘cha o‘rtasida taksi to‘xtatdim. Shofyor yaxshi bola ekan, shartta eshikni ochib tushdi-yu, qo‘ltig‘imdan olib ichkariga kiritib qo‘ydi. Vokzalga yetgunimcha ellik to‘qqiz tiyin bo‘ldi. Saxiylik qilib oltmish tiyin berdim. Shofyor yonini kovlab, bir tiyin qaytib berdi.
Restoranga kirdim. Odam ko‘p. Ofitsiantka (soatga qarab turgan edim) bir minutu o‘n sakkiz sekundda aytgan narsalarimni muhayyo qildi. Yegan narsalarim bir so‘mu yigirma uch tiyin bo‘pti. Bir so‘m o‘ttiz tiyin berdim. Yetti tiyinini qaytib berdi.
Bir qizni yaxshi ko‘rardim. Uchratib qoldim. Kinoga opkirib ketayotgan edim, xotinim o‘g‘limni bog‘chadan obkelayotgan ekan, ko‘rib sevinib ketdi va meni chin ko‘nglidan tabrikladi.
Said Ahmad. Qoyilman (hajviya)
(G’irt yolgon hikoya)