Sa’nat saroyida bo‘layotgan Sakkizinchi mart xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishga meni kiritishmadi. Eshikda turgan tilla tishli jujur-niy xotinga ichimda yig‘ilib qolgan hamma gaplarni to‘kib soldim.
— Axir, men o‘n gulidan bir guli ochilmagan 72 yoshli yigit bo‘lsam, nechukki sen meni otaxon, deysan. Men bu yerga o‘zimga munosib yor izlab kelganimni bilasanmi?
U bo‘lsa meni masxara qilayotgandek tilla tishini ko‘rsatib kuldi. Kulib turib menga g‘alatiroq qarash qildi. He yo‘q-be yo‘q, meni olmaysizmi, deb yubordi-ya! Seskanib ketdim. Ungadurustroqqaradim. Binoyidek. Qaddi-qomati ham joyida. Hali qirqdan oshmagan, basharasida bitta ham ajin yo‘q. Juda menbop ayol ekan. Unga suzilib turib, «olganim bo‘lsin», dedim. U bo‘lsa ertaga MVDga sovchi yuboring, ular ministrning oldiga kirib, podpolkovnik Xoldorovaga sovchilikka keldik, deb aytishsin, dedi.
Bir qochish qildim! O’lay agar, bunaqa qochishga OBXSSning iti ham yetolmaydi.
Said Ahmad. Yor izlab (hajviya)
(Badiiy ocherk)