Xursandbek To‘liboyev 1985 yil 30-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Zarbdor qishlog‘ida tug‘ilgan.
2003-2007 yillar mobaynida Berdaq nomidagi QQDU o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi. 2007-2009 yillar Ajiniyoz nomidagi Nukus DPIda magistratura bo‘limida ta’limni davom ettirdi. 2009 yili magistraturani tugatib, Alisher Navoiy nomidagi Samarkand davlat universitetining hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti kafedrasi aspiranturasiga qabul qilindi.
Hozirgi kunda taniqli adabiyotshunos olim Hotam Umurov ilmiy rahbarligida «Istiqlol davri o‘zbek romanchiligida badiiy uslub muammolari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi tadqiqotini olib bormoqda. Ijodiy ishlari «Amudaryo haqiqati» gazetasi hamda «Sharq yulduzi», «Yoshlik» jurnallarida chop etilgan.
«Dengiz hayqirig‘i» ijodkorning ilk kitobi.