OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Devoniy (1887-1938)

Devoniy (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammadkomil Ismoil Devon o‘g‘li) (1887, Xiva yaqinidagi Sangar qishlog‘i — 1938, Toshkent) — shoir. Xivadagi Arabxon madrasasida ta’lim olgan, fors tili, xattotlik san’atini o‘rgangan. Feruz saroyida birmuncha vaqt kotiblik qilgan. She’rlarida zamona nosozliklarini tanqid qilgan, ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan («Afsus» radifli va b. she’rlari). Shoir ijodiga Tabibiy («Majmuat ush-shuaro») va Laffasiy («Tazkirai shuaro»)lar yuqori baho berganlar. Devoniyning devonlari asl nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. ? 901, 906, 1142) va o‘g‘li Hamza Komilovning shaxsiy kutubxonasida saqlanadi.


G‘AZALLAR

Yorsiz kechgan kunim bir tiyra zindondur manga,
La’l rang may o‘rnig‘a ko‘nglum to‘la qondur manga.

Varzishim furqat aro oromsiz shab to sahar,
Xanda o‘rnig‘a nadomat birla afg‘ondur manga.

Kelmangiz tegramga emdi, ey salomat ahli kim,
Seli ashkim birla olam turfa to‘fondur manga.

Qayda borsam yig‘lamoq birla jununim tavridin,
Olam ahli ming ko‘z ila vahki hayrondur manga.

Toki ul dildor bazmi vaslidin bo‘ldum yiroq,
Ayshu rohatdin yovuqroq emdi hijrondur manga.

Dashti vahshat ichra kirdim aytingiz, ahboblar,
Bo‘lmog‘um sizlarga ulfat qayda imkondur manga.

Shiddati ranju alamdin muztarib holim ko‘rub,
Hayrat ila davr eli har lahza giryondur manga.

Dod qilsam ilkidin har damda man emas ajab,
Boisi zulmu sitam ul la’li xandondur manga.

Yor vaslidin yiroq. Devoniyo, man yig‘lamay
Naylayinkim, gardishi gardun gardondur manga.


* * *

Oh kim, ey dilrabo, hajringda zor o‘ldim sanga,
Kelmading bazmim aro ko‘p intizor o‘ldim sanga.

Kelgusi deb rohing uzra o‘lturib tong otqucha,
Tortib hijroning g‘amini ashkbor o‘ldim sanga.

Elga bu sirri nihonim fosh bo‘lsa tong emas,
Dardi ishqingdin ajab majnun shior o‘ldim sanga.

Bir nafas orom topmay har tarafg‘a bosh urub,
O‘rtanib dardu g‘amingdin beqaror o‘ldim sanga.

Topg‘ali bazmi visoling jiddu jahd aylab baseg
Telbalardek un chekib, ko‘yingda xor o‘ldim sanga.

Furqating dardin chekib, oshuftalig‘din sarbasar,
Ixtiyorim yo‘q qilib, beixtiyor o‘ldim sanga,

Yetmayin vaslingg‘a aylab iztirob haddin fuzun,
Tortg‘oli muncha alam qaydin duchor o‘ldim sanga.

Vahki har ofatni javring shiddati birla chekib,
Tig‘i hajring birla oxir dilfigor o‘ldim sanga.

Barcha ushshoqingni lutfing birla qilding mo‘‘tabar,
Vahki man Devoniydek bee’tibor o‘ldim sanga.


* * *

To ayladi ko‘z mehri jamolingni tamosho,
Jon kishvarig‘a tushdi g‘aming birla alolo.

Aql ila xirad bo‘ldi judo telba ko‘nguldan,
Zulfing siyahi birla tushub boshima savdo.

Vaslingg‘a yeturgil mani dil xastani emdi,
Xolimg‘a tarahhum qilib, ey dilbari barno.

Ko‘nglum aro yo‘q zarra kabi sabr ila toqat,
Chun o‘rtanib ishqing o‘tidin bulbuli shaydo.

Anduhu balo chekkusi hijron tuni behad,
Har kimki qilur dilbari vaslini tamanno.

Ne bo‘lg‘usi bu kulbai ahzonima kelsang,
Mehr ila vofo rasmin etib bir kecha ifsho.

Devoniy kabi etmas edim bir nafas armon,
Vasling arr bir lahza agar topsam edi jo.


* * *

Ey sitamgar, nedurur bu nav’ qilmoqlig‘ jafo,
Qilmayin ushshoqi mahzun holig‘a mehru vafo.

Gul’uzoring shavqida bulbul kabi faryod etib,
Aylagumdur holima subhu maso afg‘onu vo.

Qolmadi oromu toqat notavon ko‘nglum aro,
Bo‘lg‘ali toki visoling gulshanidin man judo.

Maskanimga yetkur o‘zni intizor o‘ldim base,
Marhamat zohir qilib bir kecha, ey shirin liqo.

Soqiyo, tutg‘il karam jomin mani lab tashnag‘a,
Asru xummor o‘lmisham ranj ila bu hijron aro

Furqati olomidin faryod qilsam nogihon,
O‘rtanur ohim o‘tig‘a har sahar arzu samo.

Yetkur o‘zni kom topmoq istasang, Devoniyo,
Amniyat oromgohi go‘shai faqru fano.


* * *

Figor etgan ko‘ngulni tiyri mujgoningg‘a sallamno,
Jahong‘a fitna soldi chashmi fattoningg‘a sallamno.

Sarosar shavqidin qon aylagan afgor ko‘nglumni,
Qizil gul g‘unchasidek la’li xandoningg‘a sallamno.

Tarahhum qilmading dedim sanga kim sharhi holimni,
Degay har kimsa ko‘rsa chiqmag‘on joningg‘a sallamno.

Qilib qatl ishq elini zulmu bedod aylading bunyod,
Jahon bo‘stonida, ey sho‘x somoningg‘a sallamno.

Ko‘nguldin sabru oromim parishon ayladi oxir,
Tong ermas gar desam zulfi parishoningg‘a sallamno.

Chu avval ahdi ma’shuq aylabon so‘ng ming jafo qildi,
Manga yolg‘ondin etgan ahdu paymoningg‘a sallamno.

Firoqi shiddati sharhini devoningg‘a ber tartib,
Degay, Devoniyo, nazm ahli devoningg‘a sallamno.


* * *

Kulbama kel, maqdamingg‘a yo‘q ila borim fido,
Ne yo‘q ila bor, balki joni bemorim fido.

Bir ko‘rub to suratingni ayladim sar-to bapo
Dini islomimni, ey xurshidi ruxsorim, fido.

So‘rgali holi xarobim maskanimni maskan et,
Sarbasar bo‘lsun sanga pinhonu izhorim fido.

Marhamat zohir qil emdi, jonu ko‘nglumdin asar,
Qolmayin bo‘ldi senga, ey chashmi xunxorim, fido

Bog‘ aro kirsang agar sarve o‘zini qilg‘usi,
Qomatingg‘a har nafas, ey sarvi raftorim, fido.

Jonini qurbon etib shavqing bila subhu maso,
Qilmog‘on bormu o‘zin dahr ichra, ey yorim, fido.

Jonu dilni sadqang aylab, ayladim Devoniydek,
Ham maton vasfinga naqdi ash’orim fido.


* * *

Yondim g‘amingdin sarbasar rahm aylagil, ey dilrabo,
Hajring tunidin ko‘zlarim zulfing kabi bo‘ldi qaro.

Nedur gunohim, ey pari, man notavoning bilmadim,
Tun-kun qilursan holima rahm aylamay javru jafo.

Har necha jon qilsa fido afsuskim ishq ahlig‘a
Hijron aro husn ahlidin bir zarradek yo‘qdur vafo.

Muhlik firoqi ichra gar faryod qilsam ne ajab,
Ul sangdildin bo‘lmadi hargiz mani komim ravo.

Man xastag‘a boqmay dame ul moh paykar dam-badam,
Ko‘rguzgusi ag‘yorg‘a haddin fuzun lutfu ato.

Ya’qubdek subhu maso ul mohi Kan’ondin yiroq,
Baytul-ahzanda ish manga chekmak erur ranju ano.

Behuda mehnat chekmagil mahzun o‘lub, Devoniyo,
Husn ahlidin mehru vafo umididur ayni xato.


* * *

Vah nedin javr qilursan, degil, ey yor, manga,
Yetkurur dardu g‘aming dam-badam ozor manga.

Furqating shiddatidin o‘lmakka yotdim, lekin
Bo‘lmading hajring aro sirdoshu g‘amxor manga.

Bu hazin holima bir zarra tarahhum qilmay,
Dam-badam javru jafo aylagung izhor manga.

Yuzlaring shavqidin o‘t ko‘nglum aro shu’la urub,
Hajr aro dardu g‘aming bo‘ldiki bisyor manga.

Kirpiking xanjari ko‘nglumni base qildi yaro,
Emdi rahm aylagil, ey sho‘xi sitamkor, manga.

Qilmasang lutfu karam holima, ey sho‘x, agar,
Emdi jon asramoq hijron aro dushvor manga.

Har sahar ohim o‘ti charxi falakka yetushur,
Bazm etib tarki sitam aylaki dildor manga.

Zulm etib boshim uza dardu balo yetkuradur,
Bir taraf hajring o‘ti, bir taraf ag‘yor manga,

Firoqing shiddatidin angla chu Devoniy kabi
Aylamak bois erur muxtasar ash’or manga.


* * *

Ey pari, kelmasmu rahming chashmi giryonim ko‘rub,
Javru zulming birla har dam o‘tlug‘ afg‘onim ko‘rub.

Yig‘lashurlar dam-badam ahli salomat dahr aro,
Muhlik hijroning. aro bu holi vayronim ko‘rub.

Ishq tarkin mayl etibdurlar bori ishq ahlikim,
Furqating ichra mening xotir parishonim ko‘rub.

Bahri hayrat ichra g‘arq o‘lmishdurur ahli xirad,
Shomi hijroning aro ahvoli hayronim ko‘rub,

Barcha olam xalqi har dam holima tahsin deyur,
Bu sifat ranju alamda chiqmag‘on jonim ko‘rub.

Tong emas murg‘i sahar ma’dum qilsa nolasin,
Hajr aro har dam meni bu holi nolonim ko‘rub.

Vahki Devoniy kabi oshuftadurman rahm qil,
Vaslinga yetmakda qilg‘on qasdu javlonim ko‘rub.


* * *

Dedim: giriftor aylading anvori husning ko‘rsatib,
Dediki: kuydurgum sani hajr o‘ti birla o‘rtatib.

Dedimki: tinmay vaslinga furqat o‘tidin zorman,
Dediki: yetkung vaslima Majnung‘a o‘zni o‘xshatib.

Dedimki: ey dilbar, manga jilva qilursan ne sabab,
Dedi: halok etkum sani qoshu ko‘zumni o‘ynatib,

Dedim: labingni sharbati shavqidin o‘ldim hajr aro,
Dediki: jon topg‘ungdurur vaslim aro oni totib.

Dedim: firoqing dardidin jismim figor o‘ldi base,
Dedi: figor etdim oni qilding g‘alat novak otib.

Dedimki: jon naqdin beray bir bo‘sa ber la’ling uchun,
Dediki: bil jon naqdig‘a hargiz oni bo‘lmas sotib.

Dedimki: yetsam vaslinga Devoniydek ne hol o‘lur,
Dediki: mast o‘lg‘ungdurur to subhi mahsharcha yotib.


* * *

Subhu maso gul vaslini aylab tamanno andalib,
Sahni chamanni o‘ziga chun qildi ma’vo andalib.

Dashti junung‘a yuz qo‘yub, faryod etib Majnun kibi,
Oromu sabrin g‘am bila ham qildi yag‘mo andalib.

Parvonadek sar-to bapo shavqi shararga kuygali,
Ul otashin gul ishqidinkim bo‘ldi shaydo andalib.

Tortib tuman ozorlar ranju taabdin ayladi,
Olam aro yuz sho‘ru shar boshig‘a barpo andalib.

Ishq o‘ti birla o‘rtanib, aylab fig‘onu nolalar,
Bog‘ ichra soldi shavqdin yuz sho‘ru g‘avg‘o andalib.

Qilg‘och tamosho nogihon gul orazin gulshan aro,
Har damda yuz turluk navo chun qildi paydo andalib.

Aylab base ohu fig‘on Devoniydek tinmay dame,
Zavq o‘ti birla yondikim kul bo‘ldi go‘yo andalib.


* * *

Man hasta holin, ey sabo, xurshidi tobonimg‘a ayt,
O‘ldim g‘amidin hajr aro ya’niki sultonimg‘a ayt.

Bir-bir bayon aylab ko‘zum ashk o‘rnig‘a qon to‘kkonin
Ham xotirim oshuftasin zulfi parishonimg‘a ayt.

Sharhi firoqida tilim lol o‘lg‘onin sar to bapo,
Aylab tarahhum holima sho‘xi suhandonimg‘a ayt.

Bir so‘rmadi holi dilim lutfu karam izhor qilib,
Yondim g‘amidin sarbasar ul chashmi fattonimg‘a ayt.

Sabr etgali hijronig‘a hargiz qarorim qolmadi,
Dardu alamlar zahmatin oshubi davronimg‘a ayt.

Bir kelmadi kulbam aro bo‘ldi pushaymon yo magar,
Kim aylab erdi va’dalar ul ahdi yolg‘onimg‘a ayt.

Bir sori hajri shiddati, bir sori ham ag‘yori shum,
Qilmas jafo tarkin manga bir lahza jononimg‘a ayt

Bu tiyra kulbamga kelib mehri jamolini ochib,
Qilsun munavvar bir kecha sham’i shabistonimg‘a ayt

Devoniydek qilg‘um duo haqqingda man subhu maso,
Man xasta holin, ey sabo, xurshidi tobonimg‘a ayt.


* * *

Chekib ul oy g‘ami hajridin ofat,
Ko‘ngulda qolmadi bir zarra toqat.

Manga zulmu sitamlar zohir aylab,
Tong ermas dahrdin qilsam shikoyat.

Murodim topmadim yor ollida kim,
Vale ag‘yorg‘a aylar inoyat.

Necha bedod qilsa charxi zolim,
Tahammul aylamakni ayla odat.

Topar albatta komu maqsadini
Kishiga bo‘lsa fan rasmi qanoat.

So‘rang, ey vasl eli, ul dilrabodin,
Ki hijronig‘a bordurmu nihoyat.

Balo dashti aro sargashtadurman,
Ko‘rub Devoniydek ranju mashaqqat.


* * *

Nedin ko‘p muddat o‘ldi, ey parizod,
Ki man aftodani hech qilmading yod.

Firoqing ichra anduh shiddatidin
Hazin holimg‘a ishdur ohu faryod.

Vafou mehr etib avvalda behad,
Qilursan ne sa.babdin emdi bedod.

Jamoling ne’matidin, ey parivash,
Hazin oshiqlaringni qilma noshod.

Vafo ahlig‘a zinhor, ey sitamgar,
Vafo qilg‘il, jafo o‘rnig‘a bunyod.

Qorong‘u maskanim hajr oqshomida
Visoling sham’i birla ayla obod.

Chekib o‘tlug‘ navo tun-kun g‘amingdin,
Qilibman sabru oromimni barbod.

Karam zohir qilib bir kecha, ey sho‘x
Qil emdi hajr zindonidin ozod.

Yetarsan vaslig‘a, Devoniy, ohista,
Jafosini chekib bas qilmag‘il dod,


* * *

Ey pari, ishqing g‘amidin aylab afg‘on har sahar,
Ayladim eldin nihon ashkimni to‘fon har sahar.

Kelmadimu zarra rahming toqat etmay, ey pari,
Hasratu ohimg‘a ushbu charxi gardon har sahar.

Partavi husningdin oyru tiyra hijron ichrakim,
Ayladi javri g‘aming holimni vayron har sahar.

Go‘shai hijroning ichra topg‘ali g‘amdin amon,
Yig‘ladim ahvolima boricha imkon har sahar.

Furqating anduhidin bir dam farog‘at topmadim,
Chunki hajring xanjari ko‘nglum qilib qon har sahar.

Ranj ila mehnatdin asru zor erurman o‘rtanib,
Qil tarahhum holima, ey mohitabon, har sahar.

Hajr aro shavqi g‘aming behad sitamlar yetkurur,
Ayladi Devoniydek ko‘nglum parishon har sahar.


* * *

Ul sitamgarkim, jafo rasmini mu’tod aylamish,
Ishq eli sabr ila oromini barbod aylamish.

Zarradek mehrini ko‘rmay zulmu ozorin chekib,
Davr eli haryon ko‘rungkim, ilkidin dod aylamish.

Qayda orom aylagum ul nozanini javrfan,
Kim mani majnung‘a behad zulmu bedod aylamish.

Oshiqi bechorag‘a javr aylabon subhu maso,
Muddaiyni bazmi vaslida vale shod aylamish.

Ul parining o‘zlarig‘a barcha mahvashlar ko‘ring,
Dilraboliq shevasin bilmakda ustod aylamish.

Ne ajab, Devoniyo, gar shikva qilsam bu falak,
Chunki tuz ahlig‘a kajravlikni ijod aylamish.


* * *

Javru zulmini manga bu kun ayon etdi firoq,
Qomatim xam qildiyu ko‘nglumni qon etdi firoq.

Sabru oromim olib ham bu buzuq ko‘nglum aro,
Dam urorg‘a zahra qo‘ymay notavon etdi firoq.

Ohim o‘tidin sharor olamg‘a tushsa tong emas,
Tig‘i javrini boshim uzra ravon etdi firoq.

Nola qilsam holima shab to sahar ermas ajab,
Oqibat man notavong‘a qasdi jon etdi firoq.

Har na bo‘lsa mehnati ranjin manga fosh aylabon,
Lek javridin raqibimni amon etdi firoq.

O‘lg‘oli yetdim havodis zulmidin, ahboblar,
Dilni xun, qomatim andoq kamon etdi firoq.

Bu sitamga chora ne qilg‘umdurur, Devoniyo,
Man hazinni zarradek ko‘zdin nihon etdi firoq.


* **

Bu oqshom kulbam ichra lutf etib, ey mahliqo, kelgil,
Chekib dardi firoqingni bo‘lubman mubtalo kelgil,

Bilib hijron aro aftoda holim dardi ishqingdin,
Ko‘ngul mulkini vayron ayladi xayli balo kelgil.

Shabi hijron aro doim yoqib ummid chirog‘ini,
Erurman intizoring rahm etib, ey dilrabo, kelgil.

Sarosar javri hajringdin hayotim munqati’ bo‘lmish,
Mani mahzung‘a emdi qilib tarki jafo kelgil.

Yetushmay jomi vaslingg‘a base xummor o‘lubdurman,
Visoling bodasidin qilg‘ali komim ravo kelgil.

Hazin ko‘nglumni hijron bandidin ozod etib lekin,
Qilib lutfu karam behad tutub rasmi vafo kelgil.

Muyassar bo‘lmadi mani zoringga visoling tuni hargiz,
Qadim dardu g‘aming ostida bo‘ldi misli «yo» kelgil.

Firoqing shiddati birla base aftoda bo‘lmishman,
Parishon holima, ey jon, qilib lutfu ato kelgil.

Balou g‘am aro Devoniydek mahzun o‘lubdurman,
Bu oqshom kulbam ichra lutf etib, ey mahliqo, kelgil.


* * *

Man sanga aylay bori holimni izhor, ey hakim,
San vale fosh etma bu sirrimni zinhor, ey hakim.

Beadad qilding davoyi vah nechuk sud aylasun,
Kim erurman ishq dardi birla bemor, ey hakim.

Bu marizi ishqdin sihhatlig‘im mumkin emas,
Bermagil man xastag‘a behuda ozor, ey hakim.

Ushbu muhlik dardima gar nola hilsam har sahar,
Andake sokin etar faryod ila zor, ey hakim.

O‘lmayin hargiz xalosi topmagin imkoni yo‘q,
Kimsakim gar bo‘lsa bu dard ila duchor, ey hakim.

To labining sharbatin no‘sh aylasam vasli aro,
Ushbu dorular mening haqqimda bekor, ey hakim.

Qo‘yg‘il o‘z ahvolima, johillik izhor etma ko‘p,
Kim qilur dorularing dardimni bisyor, ey hakim.

Hojatim yo‘q dard uchun dorularingg‘a zarradek,
Chun mening dardimnidur dorusi tayyor, ey hakim.

Yetmayin hasrat chekarman ro‘zu shab Devoniydek,
Toki bo‘ldum bu maraz birla piriftrr, ey hakim.


* * *

Ko‘zum qon to‘kmagi hijron aro ranju mashaqqatdin,
Parishon bo‘lmoqi ko‘nglumni ham anduhi furqatdin.

Damodam notavon holim ko‘rub ayb etmang, ey ahbob,
Qadimni hamlig‘i hijroni ichra bori mehnatdin.

Tilab ayshu tarab yuz urmangizlar suhbatigakim,
Kasofat yetgusi davron aro nobob ulfatdin.

Qanoat pesha bo‘l, qilma tama’ ahli hasosatdin,
Agarchi bersa bir non o‘lturur albatta minnatdin.

Junun dashti aro gar yuz balo har dam g‘uluv aylar,
Tilarsan ayshu ishrat qochmag‘il albatta zahmatdin.

Desang emin bo‘lay doim g‘amu olomi davrondin,
Dame bosh chekmagil, Devoniyokim, xoki uzlatdin.


* * *

Bo‘lmasa bazm ichra jonon, o‘zga dilbarni netay,
Orazi mehridin oyru mohi anvarni netay.

Dahr aro sa’y aylabon gar jomi vaslin topmasam,
Mast o‘lurg‘a jom aro gulguna sog‘arni netay.

Sarv yanglig‘ qomatig‘a qilmasam nazzorakim,
Gulshani olam aro sarvu sanubarni netay.

Qilma, ey nosih, manga jannatda kavsar vasfini,
Chun labi shahdidin oyru obi kavsarni netay.

Bo‘y etarga bazm aro shabrang zulfidin yiroq,
Bog‘ aro rayhon ila ham sunbuli tarni netay.

Ko‘rmasam la’li labin bazm ichra, ey ahboblar,
Aylamang ta’rifini yoquti ahmarni netay.

Dahr aro Devoniydek gar durri nutqin topmasam,
Inbisoti dahr ila taxti Skandarni netay.


* * *

Tushub boshimg‘a hajrida ul oy zulfini savdosi,
Ko‘zum xun to‘kkusi hardam hazin dil zori shaydosi.

Tanim uryon ko‘rub ko‘yida ayb etmang mani, ahbob,
Base holimg‘a qattig‘ bo‘ldi g‘am xaylini yag‘mosi.

Netong dod aylasam sahroyi g‘urbat ichra holimg‘a,
Ki yo‘qdur man hazindin ul parini zarra parvosi.

Raqibimning qulog‘iga yetar ko‘yita gar borsam,
Qilib itlar bila jangu jadal man telba g‘avg‘osi,

Kel, ey soqiy, qadah tutg‘il xarobot ichra emdikim,
O‘zumni ayladim ishqi g‘amidin dahr rasvosi.

Ko‘rub devonalig‘da, nosiho, ayb etma hargizkim,
Hazin ko‘nglumda bordur vasli bazmini tamannosi.

Ajab yo‘q muddaiyni aylasam, Devoniyo, e’zoz,
Qaviy bo‘lsa, kishini dahr aro yo‘q chora, a’dosi.


* * *

Dahr aro man chekmagan qayg‘u bila g‘am qolmad»,
Yig‘lamoqdin ko‘zlarimda qatrai nam qolmadi.

Bir nafas munglug‘ ko‘ngul sirrin desam charx ilgidii,.
Vahki bir davron aro sirdoshu hamdam qolmadi.

G‘ussa chekmoqda ko‘rub afsurda mahzun xotirim,
Hasratu g‘am chekmagan holimg‘a odam qolmadi.

Turfa yo‘qdur nola qilsam sarv yanglig‘ qomatim
Bo‘lmayin hijron g‘ami bori bila xam qolmadi.

Zohir etmaklikda har lahza maning shonimg‘akim,
Ne esa zulmi falak ko‘p bo‘ldiyu kam qolmadi.

Emdi tutdum mug‘tanam bu fursat umrimnikim,
Soqiyo, bergil fano jomin manga dam qolmadi.

Shahnai g‘amg‘a asir o‘lmoq bila, Devoniyo,
Voy kim, mahzun ko‘ngul bir lahza xurram qolmadi.


MUXAMMAS

* * *

Jununim sho‘rishin ayb etmagil hijron balosidin,
Jahon bir tiyra uydir dudi ohimning qarosidin,
Xabar so‘rmasmu hech dilbar ko‘rub o‘z mubtalosidin,
Fig‘onkim emin o‘lmasman dame davron jafosidin,
Sitam ko‘proq yetar erkon kishiga oshnosidin.

Necha muddatdurur zulming chekarman, ey pari ruxsor,
Sitam tig‘i bila ko‘nglum sarosar aylading afkor,
Firoqing dardidin o‘lmishdururman o‘lgudek bemor,
Eshit dodimni lutf aylab tag‘oful qilmag‘il zinhor,
Hazar qil, ey sitamgar, emdi bu qaddim dutosidin.

Hazinu notavoningman, maiikim muncha zor etma,
Yetush kulbam sori, ey nozanin, ko‘p intizor etma,
Raqibi muddaiylar so‘zlarini e’tibor etma,
Tarahhum zohir et, devonai ko‘yingman, or etma,
Munosibdur shahi oliy xabar tutsa gadosidin.

Vafo rasmin tutub hajringdin ozod etmading hargiz,
Firoqim ichra bormusan debon yod etmading hargiz,
Buzuq kulbam visoling birla obod etmading hargiz,
Sanga tahsin! Xarob holim ko‘rub shod etmading hargiz,
Xarob o‘lg‘usidur olam kecha ohim sadosidin.

Eshit arzim karamdin, ey parilar sarvari, oxir,
To‘kar qonim mani kirpiklaringning xanjari oxir,
G‘uluv qildi vujudim shahrig‘a g‘am lashkari oxir,
Nigohi iltifotingdin yetur maqsad sari oxir,
Halok o‘lmoqlig‘im tahqiq erur qoshingni yosidin.

Xayoli qomating sabru qarorimni olur, lekin,
Damodam jon qushi ko‘yung sorig‘a uyrulur, lekin,
Firoq ichra g‘arib holim bori olam bilur lekin,
Agar sharhin qilur bo‘lsam tilim ojiz kelur, lekin,
Ko‘ngulni ming kitobi bordurur g‘am mojarosidin.

Balo dashti aro bo‘ldum asiri dardu g‘am, kelgil,
Hazin holimg‘a tark aylab dame zulmu sitam, kelgil.
Xiromingdin qilib zohir base lutfu karam, kelgil,
Bu tun kulbam aro, ey nozanini muhtasham, kelgil,
Yetarsan matlabingg‘a ushbu mahzuning duosidin.

Manga ta’yin ekan go‘yo azalning daftari birla,
Ki bu yonmoqlig‘im parvonadek shavq axgari birla,
Ko‘ngulni pora aylab ranju mehnat xanjari birla,
Uluk yanglig‘ yiqildim shomi hijron sarsari birla,
Yetur quvvat quyoshi vaslingni bodi sabosidin.

Jahon to‘fon o‘lubdur yig‘lamoqdin ashkboringg‘a,
Tarahhum aylabon furqat aro afg‘onu zoringg‘a,
Ajab ermas quyosh yanglig‘ yetushsa shomi toringg‘a,
Buzuq holingni, Devoniy, raqam to ayla yoringg‘a,
Jafosini esa tortib umid etgil vafosidin.


Navoiy g‘azaliga muxammas

Tutub mehru vafo rasmin, manga tarki azob aylab,
Bilib holi xarobimni, muruvvat behisob aylab,
Bori ushshoq aro men notavonin intixob aylab,
Tun aqshom keldi kulbam sori ul g‘ulruh shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul uza xaydin gulob aylab.

O‘ziga fan qilib nozu ado rasmini sar-to sar,
Yuzini sham’idin hijron tunini ayladi anvar,
Ko‘zu qoshidin erdi fitnau bedod ishi azhor,
Qilib mujgonni shabravlar kibi jon qasdig‘a xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.

Vafo rasmin tutub kulbam aro ta’jil ila kirdi,
Fasohat rishtasig‘a nuktai gavharlarin terdi,
Kalomi ramzidin ayshu tarab osori fosh erdi,
Kulub o‘lturdiyu ilkim chekib, yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.

Balo dashtida aylab ro‘zu shab majnun kibi maskan,
Ishim ahvolima erdi tunu kun nolau shevan,
Tabassum fosh etib dedi manga ul dilbari purfan,
«Ki ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursan?»
Men o‘ldum lolu ayta olmadim mayli javob aylab.

Qilib lutfu karam ul nozanin, kulbamaro keldi,
G‘ami ishqi aro ohu fig‘onim ko‘ziga ildi,
Necha muddat firoqi ichra xummor erkanim bildi,
Chiqardi shishai may dog‘i bir sog‘ar to‘la quydi,
Ichib, tutdi manga yuz nav’ nozoso itob aylab.

Berib mayni dedikim: Aylagil ashkingni bas ko‘zdin,
Bo‘lub sarmasti loya’qil meni mahzuni bu so‘zdin,
Tavaqquf qilmayin o‘ldim hayoni raf’ etib yuzdin,
Ichib, faryod etib tushtum ayoqig‘a, borib o‘zdin,
Meni yo‘q bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.

Birovkim ro‘zu shab hajr ichra ishi bo‘lsa gom urmoq,
Chekib ranju mihan, ummid etib komin ravo bo‘lmoq,
Yetushsa o‘zni aylab ko‘yida Devoniydek tufroq,
Anikim eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab.


Navoiy g‘azaliga muxammas

Bilmagay shavq ahli holin shavqdin ko‘tohlar,
Yetmagay manzilga gom urmoq byla gumrohlar,
Hasrati hajr ila tortib nolai jonkohlar,
Ulki solg‘ay shu’la a’zosig‘a o‘tlug‘ ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.

Vodiyi g‘am ichra ishq ahlidin o‘zga bilmagay,
Bo‘yla holin husn ahli hargiz ko‘ziga ilmagay,
Ohu faryodin ko‘rub chun zarra rahmi kelmagay,
Bag‘ridin qon tomg‘uchi ushshoq zahmin bilmagay,
Tig‘idin qon tomg‘uchi berahm oliy johlar.

Har necha garchi baloyi ishq erur xunrezkim,
Aylamay chun zarrai zahmidin oni parhezkim,
Teshasin jon qasdig‘a aylab damodam tezkim,
Shiddatin Farhod qilg‘ay fahm, yo‘q Parvezkim,
Dardni xokiylar anglar, yo‘q falak dargohlar.

Ravzai dildin farog‘at gullarini yulg‘ali,
Eyki rihlatdin fano ko‘yida chun gul so‘lg‘ali,
Tarki jon aylab junun ahlig‘a hamdast o‘lg‘ali,
Jonu ko‘nglum kirdilar g‘am dashtig‘a gum bo‘lg‘ali,
Man ham etdim jazm, chun azm ettilar hamrohlar.

Har nafas tig‘i sitam ko‘nglini yuz qatla tilur,
Hajr aro har ne balo ishq ahli boshig‘a kelur,
Chekmaguncha to ani ahli salomat ne bilur,
Bo‘lsalar ogahki, bir g‘amginni hijron o‘lturur,.
Fikr etar holig‘a hijron dardidin ogohlar.

Muddaiylar ne bilur furqatda hamrohim nedur,
Shavqdin har lahza chekkan nolau ohim nedur,
Bo‘yla sur’atdin fano shahri aro johim nedur,
Vah ne bilg‘ay hajr zanjirida dilhohim nedur,
Halqa urg‘on bazm ayshi davrida dilhohlar.

Senda, Devoniy, nedin sharmu hayoni fikri yo‘q,
Yetgali manzil sori qasdi vafoni fikri yo‘q,
Xotiringda vahki juz jurmu xatoni fikri yo‘q,
Ey Navoiy, shohlarg‘a chun gadoni fikri yo‘q,
Aylag‘il sen tengri dargohig‘a shay’an lillohlar.


Ogahiy g‘azaliga muxammas


Norasolar jomi vaslig‘a xumor o‘lmoq abas,
Ko‘yining gardi bila chashmi g‘ubor o‘lmoq abas,.
Xalqi olam ta’ni birla sharmsor o‘lmoq abas,
Sho‘xlar husnin ko‘rub bee’tibor o‘lmoq abas,
Bevafolar vaslin istab beqaror o‘lmoq abas.

Har kishi ko‘nglini bersa sho‘xlarg‘a nogihon,
Mehnatu g‘am ostida qaddini qilsa chun kamon.
Istasa gar lutf topmoqni alardin nogihon,
So‘zlaridur zahri qotil oni shahd aylab gumon,
Sodalikdin zahri qotilg‘a duchor o‘lmoq abas,

Yig‘lasang har dam tilab vaslini bo‘lmoq hamdami,
Yig‘lamoqdin ko‘zlaringda qolmasa qatra nami,
Zarra lutf aylab alar tarki jafo qilmas dami,
Yo‘q alarning lutfidin chun shodlig‘ning marhami,
Yo‘qni istab tig‘i g‘amdin dilfigor o‘lmoq abas.

Qajlik ila bu falakni ko‘r qarori yo‘qdurur,
G‘am chekar ishq ahli tunu kun g‘amgusori yo‘qdurur,
Sho‘xlarg‘a jon fido qilsang madori yo‘qdurur,
Qilsalar har va’da oning e’tibori yo‘qdurur,
Aldanib ul va’dag‘a bee’tibor o‘lmoq abas.

Xo‘blarning yo‘qdur oshiqlarg‘a unsu ulfati,
Xor o‘lub hijronida chekma balou mehnati,
Oshiqi bechorag‘a bo‘lmas muyassar vuslati,
Mumkin ermas chun alarning vasli bazmi g‘urbati,
Bas oni istab alar ko‘yida xor o‘lmoq abas.

So‘rmag‘aylar rahm etib ushshoq holin bilsa ham,
Yig‘lamoqdin ishq elining ko‘zlari ko‘r o‘lsa ham,
Ohu ashki ishq elidin bu jahon gar to‘lsa ham,
Kelmagaylar rahm etib hijronda oshiq o‘lsa ham,
Ro‘zu shab kelmaklariga intizor o‘lmoq abas.

Dilrabolarni ko‘rung rahmu vafo ko‘nglida yo‘q,
Bo‘lg‘ali ushshoq eliga oshno ko‘nglida yo‘q,
Qilg‘ali Devoniy komini ravo ko‘nglida yo‘q,
Ogahiy husn ahlini rahmu vafo ko‘nglida yo‘q,
Bas alar oldida ko‘zdin ashkbor o‘lmoq abas.


MUSADDAS

* * *

Avval ul sho‘x yuzi nuru ziyosini ko‘rung,
So‘ngra el qatli uchun qoshlari yosini ko‘rung,
Jong‘a yetgan g‘amida dardu balosini ko‘rung,
Javrig‘a oshiqining sabru rizosini ko‘rung,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Chekmak anduhi sitam bo‘lur ishim subhu maso,
Yuzlanib joni hazinimg‘a tuman dardu balo,
Qilg‘ali jomi visoli bila komimni ravo
Ayladim ko‘yi aro o‘zni men telba gado,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Netay ul sho‘x o‘zin g‘ayrig‘a hamroz aylar,
Arzi holimni desam g‘amza bila noz aylar,
Javr rasmini meni telbaga og‘oz aylar,
Tilab ishq ahli qatlini taku toz aylar,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Tunu kun shomi firoqida ishim afg‘ondur,
Qon to‘kub ikki ko‘zum xasta jigar biryondur,
Vaslig‘a yetmak hazin xotirima armondur,
Nechakim va’da manga qildi bori yolg‘ondur,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Nogahon qilsa boshimdin ul sho‘x guzar,
Ayladim itlaridek go‘yi harimida maqar.
Toki qildim men oning husnu jamolig‘a nazar,
Qolmadi ko‘nglum aro sabr ila toqatdin asar,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Qomatim ayladi yo shavqi qadi zebosi,
Yo‘qdurur holi xarobimdin oning parvosi,
Xasta ko‘nglumda erur ishqu junun savdosi,
Ayb emas bo‘lsam agar emdi jahon rasvosi,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

O‘zni Devoniy kabi aylamadim ahli funun,
Holatim ishq g‘ami birla bo‘lub asru zabun,
Ixtiyor etdim o‘zumga meni sargashta junun,
Bu sababdin bukulub qomatim o‘lmishdur «nun»,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.