OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Noqis (1860-1929)

Noqis (taxallusi; asl ism-sharifi Abdulqodir Muhammadshokir o‘g‘li) (1860 — Kattaqo‘rg‘on — 1929) — o‘zbek shoiri. Kattaqo‘rg‘on, Buxoro madrasalarida o‘qigan. 1895 yilda Kattaqo‘rg‘onga qaytib, madrasada mudarrislik qilgan, dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sa’diy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqalarga ergashgan, ular g‘azallariga muxammaslar bog‘lagan. Ayniqsa, Muqimiy ijodiga ehtirom bilan qaragan, tazmin muxammaslar yozgan («Dog’men», «Kel ertaroq», «Nozaninim» va b.).
1905 yildan Noqis ijodida ijtimoiy mazmun kuchaygan. She’rlarida ijtimoiy adolatsizlikka, nodonlikka qarshi nafrat ifodalangan. G‘azallari «Bayozi Mahdiy», «Armug‘oni Xislat», «Bayozi Miriy», «Bayozi Jo‘rabek» va boshqa bayozlarga kiritilgan. Noqis qo‘lyozmalari — «Bayozi Noqis» Tojikiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. ?1005)da, «Devoni Noqis» O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. ?97)da saqlanadi. 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Buxoroda tuzilgan tazkiralarda Noqis ijodiga yuqori baho berilgan. Shoir «Layli va Majnun» syujeti asosida doston yozganligi haqida ma’lumot mavjud. Ammo u hali topilmagan. Noqisning bayozlari va 6 ming misraga yaqin she’rlari saqdangan. G’azal va muxammaslari hofizlar tomonidan kuylab kelinadi («Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man...» va b.).


G‘AZALLAR

* * *

Mehr mohing, ohu chashming, gul jamolingdin xijil,
To‘ti nutqingdin xijil, bulbul maqolingdin xijil.

Lola — gulzori yuzung, nargis ko‘zungdin dog‘lar,
G‘uncha og‘zing, dur tishing, shakkar zulolingdin xijil.

Xayi jabhangdin — gulobu tiyri mujgondin — sinon,
Bosh egibon yangi ey, qoshi hilolingdin xijil.

Vo‘sma qoshing qorasidin, surma ko‘z savdosidin,
Xat yuzungni sahfasidin, nuqta xolingdin xijil.

Og‘zing asrorig‘a bo‘lg‘ay yuz Palotun aqli lol,
Softab’on, mo‘shikofon sharhi holingdin xijil.

Jilva g‘amzangdin xijolatmand, g‘amzang — jilvadin,
Shu’lai sham’i shabistondur shuoingdin xijil.

Nayshakarlar, sarvlar, shamshodlar bu bog‘ aro
Ya’ni bo‘lmishlar bu qaddi nav niholingdin xijil.

Zilli pokingdin humou toju taxti shohlar
Saltanat masnadnishinlar nek folingdin xijil.

Ruhafzo, tab’i bolo, nukta zebo yorsen,
Nazm inshosig‘a Noqisdur kamolingdin xijil.

* * *

Dahr aro, ey nozanin, xo‘blar sarosi sizmusiz,
Yo magar oyinai olamnamosi sizmusiz?

Sizdin o‘zga mahliqolarni ko‘ngul yod aylamas,
YO jahon zebolarin nash’u namosi sizmusiz?

G‘amzadin xummor ko‘zlar o‘ldurub, gah tirguzur,
Ishq ahlini boshig‘a mojarosi. sizmusiz?

Olloh-olloh, ushbu zebolig‘da mumtoz o‘ldingiz,
YO Samarqand o‘lkasini podshosi sizmusiz?

YO malaksiz, yo basharsiz, yo pari, yo hursiz,
Ahli olamni talabda muddaosi sizmusiz?

Aql hayron, siyna biryon, dil pareshon, ey pari,
Rost ayting, ey sanam, jonlar balosi sizmusiz?

Jumla mahro‘lar ichida gavhari yakdoni siz,
YO karam bahrini durri bebahosi sizmusiz?

Marhamatni bu gadolar boshidin tutmang darig‘,
Mehringiz dilda magar mehri giyosi sizmusiz?

Kuldi, aydi, muncha qo‘ymang poyim uzra boshingiz,
Noqiso, tanho bu yo‘lni mubtalosi sizmusiz?


MUXAMMASLAR

* * *

Ishqingda zor bo‘ldum-u, g‘amgin dumog‘man,
Bemori furqatingman-u, zohirda sog‘man,
Aqlu hushum saning bila o‘zdin yirog‘man,
Ko‘rsat yuzingni tolibi nuri charog‘man,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

O‘ldum jamoling shavqida darding ololmadim,
Boshingdin, ey sanam, nega men o‘rgulolmadim,
Bir lahza ishrat uyida majlis qurolmadim,
La’li labingni qandini bir dam so‘rolmadim,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Zolim falak firoqingga soldi meni, netay,
Qandog‘ g‘amingni siynada eldin nihon tutay,
Sabru qarorim qolmadi, ey jon, nechuk etay,
Majnuni benavo kibi yo bosh olib ketay,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Ko‘rdum yuzingni, qolmadi bir zarra toqatim,
Tun-kechalarda yo‘q mani bir dam farog‘atim,
Zahr o‘ldi shakkar og‘zima, ketti halovatim,
Bilmas kishi g‘aming bila chekkan nadomatim,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Sensan parivash ahlini sho‘xi zamonasi,
Menman sening g‘aming bila olam fasonasi,
Ko‘ngul qushini boisi changu taronasi,
Zulfungni domi-yu, yana xolingni donasi,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

Rahm ayla holi zorima, oromi jonim o‘l,
Yetkur visol bog‘iga, jonu jahonim o‘l,
Bog‘i bahorim o‘lg‘ilu ham bo‘stonim o‘l,
Jonim fido qudumingga, kel, nuktadonim ul,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

O‘lsam edi visolingga parvonadek kuyub,
Jon bersam erdi, boshimi ostonangga qo‘yub,
Maxmurlkkda bodai vasling bila to‘yub,
Noqisligimda ko‘ksimi tiyri mijang o‘yub,
Hajringda dardu g‘am bilan hasratda dog‘man.

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Labing ganji nihoni uzra pech urmishmu ajdar xat,
Va yo ishq ahlini toroj etarg‘a yozdi lashkar xat,
Nazokatlar berib davri ruxingda atri anbar xat,
Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muattar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish muharrar xat.

Ko‘zung ramzi magar sho‘ri jahonga manbaedurkim,
Maoni jam’ida har nuqta xoling mus’aedurkim,
Ki navxatlarni ta’limida xatting misraedurkim,
Jamoling safhasida ikki qoshing matlaedurkim,
Yozibdur kotibi sun’ oni husn ahli uchun sarxat.

Ko‘runur turfa zebo ko‘zg‘a rayhon chehrai xatting,
Yuzung avroqi uzra ko‘p safolig‘ mo‘hrai xatting,
Ne xush ul chashmai la’ling labida zumrai xatting,
Guli ruxsoringga ko‘p zeb berdi sabzai xatting,
Bag‘vat xush bermish qizil qog‘ozda axzar xat.

Qaro qoshingmudur ko‘zga nishon yo tig‘i xunxori,
Va yo gulzor ichida pechutob urmish siyah more,
Pareshon kokulung torimudur yo ishq elin dori,
Yuzungni tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,
Quyoshni davrida tahrir uchun chekti mudavvar xat.

Munavvar qildi husnung partavi olamni sar to poy,
Jamoling sham’i ravshan qildi tunni gar shabi yaldoy,
Sani vasfing bayoni bo‘lmag‘ay qog‘oz yuzida joy,
Yuzungni dog‘i birla anjumingdin ne asig‘, ey @y,
Quyoshdek oraz uzra xushturur gar xol erur, gar xat.

Karam bazmini har dam manga mu’tod etsang, ey soqiy,
Xarob o‘lg‘an ko‘ngul mulkini obod etsang, ey soqiy,
Agar bir may sunubon xotirim shod etsang, ey soqiy,
Mani maxmurlig‘ ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarman garchi ilkim titramakdin kelsa abtar xat.

Yetar ishq ahlig‘a gah zulm, gohi marhamat sandin,
Labing bir xandadin gah jon berur, gah jon olur tandin,
Agar yozsang xatin yodida har so‘z sud erur mandin,
Xating vasfida har nekim savod etmish ko‘ngul andin,
Erur bir anbarin zanjir savdo ahlig‘a har xat.

Shu’lai orazingmu yoki sham’i mahfil, ey mahvash,
Safoi yuzmudur yo barq urmish shu’lai otash,
Bu yanglig‘ naqshi hayroniy qilur dil jomini beg‘ash,
Ko‘runur gul kibi orazda mushkin xat labi dilkash,
Varaq gar xub emasdur, xub emas yozmoq muyassar xat.

Suxan bas ayla nosih, sanga yo‘qtur naf’ bu so‘zdin,
Sen o‘z fikringda bo‘lg‘il, sol mani bu dayr aro ko‘zdin,
Ko‘rub Noqis bu xat mazmunini uzdi umed o‘zdin,
Navoiy berma pandim xossa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin har nechukkim cheksa dilbar xat.

* * *

Har ki az rasvogii rohi junun orash kunad,
Fikri botil oqibat rasvoi bozorash kunad.

Sog‘are bigriftu har kas shud muridi mayfuro‘sh
Fayzi jomash to abad az xob bedorash kunad.

So‘hbati noahl pindoram ba mahfil gar rasad,
Jomi xotirro pur az maxluz zangorash kunad.

Ey havas, be marhabo po dar tamoshoyash maneh,
Halqai giso‘i nogah giriftorash kunad.

Ey sabo, bar shoxi gul tahriki noloyiq masoz,
Bargi gul bar ro‘yi o‘ aftoda ozorash kunad.

Man g‘ulomi on kasam az g‘ayrati mastonagy
Xoki navmedi kunun bar chashmi ag‘‘yorash kunad.

Gar bubinam orazash yak zarra g‘am navbad maro,
Haft do‘zaxro agar bar gardanam borash kunad.

G‘arra bar izzi jahon gashtan nishoni ablahist,
Yak nafas bodi ajal o‘ro nigunsorash kunad.

Zohido, mo az sari sajjodajo‘i forig‘em,
Sar ba savdoi jununu zavqi didorash kunad.

Yeft zinat z-iltifoti Miri naqshi xomaam,
Mujdai nazmi man az mazmuni ash’orash kunad.

Noqisi tab’i maro hargiz nashud hosil kamol,
Jodai bechoragy z-in qissa bemorash kunad.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.