OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Said Qosimiy (XVI asr)

Said Qosimiy XVI asrda yashab ijod etgan o‘zbek shoiridir. Uning hayoti va ijodiy faoliyati haqida bizga qadar yetarli ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Filologiya fanlari nomzodi B. Qosimxonov «Said Qosimiy masnaviylari» nomli kitobini nashr ettirdi. Unda shoirning axloqiy-ta’limiy xarakterdagi «Gulshani roz», «Majmaul axbor», «Haqiqatnoma», «Sadoqatnoma» singari dostonlari jamlangan. Ushbu dostonlarda shoir o‘zining ilm-ma’rifat, axloq-odob, xayr-ehson, adolat va odil shoh, rizq, shukr, qanoat, ibodat, taqvo, imon, ishq, rizo haqidagi mulohazalarini bayon etgan. Har bir masala xususidagi nazariy qarashlarini tarixiy shaxslar, hayotiy voqealar xususidagi hikoyat hamda masallar bilan isbotlab, tasdiqlab boradi, kishilarga pand-nasihat beradi.


Otang-onang tarbiyatiga qil guzar, 
Holina aylab nazar, olgil xabar.

* * *

Dushman agar mo‘r bo‘lsa, ko‘rma haqir, 
Har nechaki bo‘lsa olingda asir.

* * *

Bir kishiga «sen» deganingdir chu tig‘, 
Yaxshi so‘zung qilma kishidan darig‘.

* * *

Yaxshilik et emdiki dasting yetar,
Yaxshi-yomon har nakim qilsang o‘tar. 

* * *

Bilgali so‘z xotiri dono kerak, 
Ko‘rgali yo‘l didai bino kerak.

* * *

Kishikim ayamas xush so‘z kishidan, 
Emas g‘ofil dame tangri ishidan.

* * *

Oti chiqar kimdaki bor lutfu jud, 
Davlati shoista dagul bevujud. 
Lutfu muruvvat yo‘lina ur qadam, 
Kim bu durur shoxiyu tablu alam. 
Kimdakim bordur lutfu karamdin nishon, 
O’lsa o‘zi, oti qolur jovidon.

* * *

Hamdami ishq bo‘lmadi har bulhavas, 
O’tga yovuq kelsa, kuyar har xoru xas.

* * *

Zahru shakar xosiyati so‘zdadur, 
Mehru muhabbat tomuri ko‘zdadur.

* * *

Kimki bosar haddidin ortiq ayoq, 
Kelturur o‘ziga kuchun ul tayoq. 
Boshni talab yo‘lida sen xok qil, 
Pirohani tanni chu gul chok qil.

* * *

Yaxshilik et emdiki dasting yetar, 
Yaxshi-yamon har nakim qilsang o‘tar.

* * *

Bilgali so‘z xotiri dono kerak, 
Ko‘rgali yo‘l didai bino kerak.

* * *

Har na ishing bitmasa toat bila, 
Hosil bo‘lur sabru qanoat bila.

* * *

Xomtama’ odami odam dagul, 
Aqlu basorat bila hamdam dagul.

* * *

Odamiyga sabru qanoat kerak, 
Sidqu irodat ila toat kerak.

* * *

Ketur elga dili ahli dileni, 
Qabul et hidmati bir muqbileni. 
Kimakim lutfu hidmat hamdam ermas, 
Erur hayvoni notiq, odam ermas.

* * *

Tilarsen hosil etsang nomi mardiy, 
Boshni qil fidoyi ahli darde. 
Xomtama’ odami odam dagul, 
Aqlu basarot bila hamdam dagul. 
Kimki tama’ rishtasina bastadur, 
Dardi qabohat ila pobastadur.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.