OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Xon (1808-1842)

Ma’dalixon Umarxon o‘g‘li 1808 yilda Qo‘qonda tug‘ilgan. Uning onasi mashhur shoira Nodiradir. Ma’dalixon yoshligidan boshlab Umarxon saroyining dabdabali muhitida tarbiyalandi. Aysh-ishrat majlislariga, adabiy o‘tirishlarga qatnashib o‘sdi. Bu adabiy majlislar unga jiddiy ta’sir qoldirgan va yosh Ma’dalixonni «majnun sifat», shoir tabiat tarbiyalanishiga sababchi bo‘lgan edi.
Ma’dalixon otasi o‘lgach, uning o‘rniga 1822 yilda xon ko‘tarildi va 21 yil xonlik qildi.
Uning davrida qurilish, ariq qazish ishlari va madaniy-adabiy ishlar davom etdi. Qo‘qondagi bir katta madrasa va Xonariq nomli kanal Ma’dalixonning nomi bilan bog‘langan. Ma’dalixonga qarshi bo‘lgan guruh Qo‘qondan quvilib, Buxoroda «Ma’dali o‘z o‘gay onalaridan birini xotinlikka olgan. Bu kofirdan Farg‘onani qutqarish kerak», deb tashviqot olib bordilar va fitna uyushtirdilar. Shu asosda Buxoro xoni Amir Nasrulloga ariza berdilar, Xalq o‘rtasida Nasrullo qassob deb nom chiqargan bu xon shu qutqularni bahona qilib Farg‘onaga hujum qildi. Ma’dalixon atrofidagilar qochaboshladilar. Natijada Ma’dalixon yengilib, Amir Nasrulloning qo‘liga tushdi. Ukasi, o‘g‘li, onasi Nodiralar bilan birlikda 1842 yilda o‘ldirildi.
Ma’dalixon o‘z zamonasining yaxshi shoirlaridan hisoblanar edi. U, she’rda Xon taxallusini ishlatar edi. Undan bir kichik devon qolgan va she’rlarining bir qismi turli bayozlarda bosilgan. Xon bundan boshqa yana Fuzuliyning «Layli va Majnun» iga o‘xshatib «Layli va Majnun» nomli bir doston yoza boshlagan bo‘lsa ham, tamomlay olmagan. Umuman, Xon Fuzuliy she’rlarining qattiq ta’siri ostida yozar edi.


G‘AZALLAR

Dirilur zor tanim la’li duraxshoningdin,
Ochilur uqdai dil g‘unchai xandoningdin.

Charx ovjina biroqdim adami shu’lai oh,
Dun kecha hasrati ul sarvi xiromoningdin.

Veriram istadiging jon esa, yo‘x imkoni,
Podshohim, banga chixmak seni farmoningdin.

Zarra-zarra sharari charxa chiqan anjumdur,
Uda yohqoj tanimi otashi hijroningdin.

Qatra-qatra sochilur qon gejalar chashmimdin,
Ruhi gulgunung ila zulfi parishoningdin.

Geja o‘lduqcha falak yera biroqsa gunashin
Na ajab sha’sha’ai mehri durafshoningdin.

Bir yolon so‘z ila cho‘x injima, ey mohliqo,
Ishq mulkini musaxxar edajak Xoningdin.


* * *

Kasb aylamadim gardi rahi simbarimdin
Bir zarra dagil sud banim chashmi tarimdin.

Narm etmadi qotti dilini sochilan ashkim,
Afsus banim tosha sotashqon guharimdin.

Ul zolimi ogoh sonur holima ko‘nglum
Bechora xabardor dagil bexabarimdin.

Bing bulbuli xomush edaram o‘lmasa vahmim
Kim injila gulrux sanamim nolalarimdin.

Ohim o‘di mehringda surayyoya erishdi,
Ey moh, soqin charxa buroxan shararimdin.

Xonning dili purxunina rahm ila murur et,
Gezdukda sabo ul yuzi gulbargi tarimdin,


* * *

Ohkim do‘kdi falak qonimi mijgonimdin,
Qilmadi bok damodam do‘kulan qonimdin.

Mavji to‘foni balo boshima do‘ndurdi falak
To judo etdi hazin jonimi jononimdin.

Ko‘nglimi seli balo birla xarob etdi sipehr,
Bo‘lur obod g‘ubori dili vayronimdin.

Kechalar g‘uncha kabi ko‘nglimi qon bog‘ladug‘i,
Subhlar zohir o‘lub choki giribonimdin.

Ohkim hajr tuni qochdi dilim hasratidin,
Soya ham ketdi firoqing kechasi yonimdin.

Sham’ uzun til bila yonmish, negakim zulmi o‘di
Haddim ermas demaga g‘ussai pinhonimdin.

Ey ko‘ngul, sonmaki zoil bo‘lur oshuftalig‘im
Jam’ qil xotiringi holi parishonimdin.

Subh-la didai giryonima rahm ayla, sabo,
Bir xabar ber menga ul g‘unchai xandonimdin.

Xon kabi mahvashim sham’i ruhin yod edaram,
Yonajakdur falak ohi dili so‘zonimdin.


* * *

Oyru dushdim yana ul g‘unchai xandonimdin,
No‘la gar tinmasa el nolayu afg‘onimdii.

Dambadam orazi yodi ila ashkim guhari
Qatra-qatra sochilur didai giryonimdin.

Ketdi aldin xami zulfiyu parishon o‘ldum,
Voqif o‘lmaz banim ahvoli parishonimdin.

Ro‘zgorim qoradur zulfi kibi ul mohing
To qadam chekti banim kulbai ihzonimdin.

Ey sabo, kuyina gar dushsa guzoring nogoh
Verako‘r bir xabar ul sarvi xiromonimdin.

Bosh chekar shu’lai ohim sharari garduna,
Hazar etmazmi falak otashi so‘zonimdin.

Jismi zorim o‘da yondirdi g‘ami pinhoni,
Ohkim ogoh emas ul g‘ami pinhonimdin.

Yashurub yer yuzini siymi sirishkim guhari,
Necha yildurki ketib siymbarim yonimdin.

No‘la Xoning kibi gar uzsam ilik jonimdin
Gardishi charx ayirdi bani jononimdin.


MUXAMMAS

Parichehralar ko‘p jafo qildilar,
G‘amu dard bilan mubtalo qildilar,
Muhabbat bila oshna qildilar,
Meni ro‘zgorim qaro qildilar,
Jafokorlardur, jafokorlar.

Alar ishqida xastayu zormen,
Qaro ko‘zlari birla bemormen,
Jafo tig‘idin bag‘ri afgormen,
Na zulm etsalar jonima, yormen,
Dilozorlardur, dilozorlar.

Shahi mulki Homun qilurlar meni,
Bu dasht ichra Majnun qilurlar meni,
Sirishkimni Jayhun qilurlar meni,
Ko‘zim yoshi gulgun qilurlar meni,
Sitamkorlardur, sitamkorlar.

Chu men qoshi yolarni qurboniyam,
Giriftori zindoni hijroniyam,
Bu qotillari asru hayroniyam,
Alar kushtai tig‘i parroniyam,
Bu xunxorlardur, bu xunxorlar.

Qadim xamligi qoshlari yosidin,
Xarob o‘lmag‘im chashmi shahlosidin,
Ko‘zim qoni la’li tamoshosidin,
Jununim o‘shal zulf savdosidin,
Nigunsorlardir, nigunsorlar.

Ko‘zingdur menga fitna barpo qilan,
Boshim uzra yuz sho‘ru g‘avg‘o qilan,
Meni olam ahlig‘a rasvo qilan,
Ko‘ngul maxzani ichra yag‘mo qilan,
Bu ayyorlardur, bu ayyorlar.

Chamanda xirom aylamish ul pari,
Qilib jilva andoqki kabki dari,
Yuz ustida gul bargidin chodari,
Boshi uzra solmish qizil me’jari,
Guli norlardur, guli norlar.

Ajoyib ki bu bir necha dilrabo,
Demaslarki bu shoh erur, yo gado,
Agarchand xoni zamonam, bango,
Hama eldin ortiq qilurlar jafo,
Ajab yorlardur, ajab yorlar.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.