UMR
Kimlar bu ko‘chadan o‘tmagan?
Himmati daryodan ustunroq,
G’azabi vulqondan jo‘shqinroq,
Yuragi osmonday kenglarmi?
Mardlikda Rustamga tenglarmi?
Yo maktab, yo paxsa uy qurib,
Yo o‘ksik ko‘nglini to‘ldirib,
Har tongda bir hikmat kutganlar?
Yo aldab razil ish tutganlar?
Zindonda nur ko‘rmay sinikqan,
Yo omoch yetaklab chiniqqan,
Mehribon, zaxmatkash dehqonmi,
Bosqinchi, beshafqat xoqonmi –
Kimlar bu ko‘chadan o‘tmagan?
Zamonlar ortidan chang bo‘lib,
Umidlar qolganmish to‘kilib.
Shularni avaylab teraman,
Saralab xalqimga beraman.
Yurmoqqa kelganda navbatim,
Mehnatu ishq bo‘ldi ulfatim.
Yillardir, oylardir unga zeb,
Kisqasi, atalar UMR deb.
Kimlar bu ko‘chadan o‘tmagan?
PARIZODIM
Parizodim, seni izlab tog‘larga bordim,
Aytolmadim yurakdagi savollarimni.
Ammo, topib yupansin, deb qo‘yib yubordim –
Tog‘ burguti kabi o‘jar xayollarimni.
O’zim javob berolsaydim,
Boshimni egib,
Shamol kabi yugurmasdim, qo‘nim bilmasdan.
Shivirlamas edim har bir daraxtga tegib,
Hatto tog‘lar so‘zlar edi sukut qilmasdan.
Pishqiradi yuvosh bo‘lib qolgan daryolar,
Xazon bo‘lgan lola qayta ko‘taradi bosh.
Eski yo‘lda yangrar edi yangi navolar,
Kuchga to‘lib nur sochardi kuzda ham quyosh.
Har bir meva tug‘iladi kurtak va guldan,
Ammo ozmi atirgulday mevasiz gullar!
Yo‘q, men qiyiq qidirmadim bu yerda qildan,
Manzil sari eltmas ekan duch kelgan yo‘llar.
Men tanlagan yo‘l hayotga begona emas,
Mo‘‘jizalar uchramaydi unda ehtimol.
Balki hech kim taqdirimni qilmaydi havas,
Senga atab ekolmasam bitta ham nihol.
Qarong‘uda yo‘qotarman balki yo‘limni,
Balki bir tosh yiqitadi adashganimda,
Balki birov madad berar ko‘rib holimni,
Balki kunim bitar senga yetishganimda.
Ammo senga qilmagayman zarra xiyonat,
Qasam ichib bermaganman garchi qat’iy so‘z.
Sen mangusan bu dunyoda, men - bir omonat,
Ezgu hislar ichra lekin yonurman hanuz.
Parizodim, seni izlab tog‘larga bordim,
Aytolmadim o‘ylab yurgan savollarimni.
Ammo, topib yupansin, deb qo‘yib yubordim –
Tog‘ burguti kabi o‘jar xayollarimni.
* * *
Men orqangdan la’nat demasman
Va qilmasman seni gunohkor.
G’iybatlarga tashna emasman,
Bunda emas g‘urur, iftixor.
Ko‘ngil xushi bo‘lsa matlabing,
Muhabbatdan izlading nega?
Nega qaltis jardan hatlading,
Jur’at qilib so‘zlading nega?
Visol bilan qisqargan tunlar,
Orzularning hammasi tamom.
Tamom bo‘lgan baxtiyor kunlar
Bu kun bizdan olar intiqom.
Endi chida. Ortga qaytish yo‘q,
Qo‘ldan kelsa unut barini.
Qaytarolmas na ont va na do‘q
Ozod bo‘lgan dil kaptarini.
* * *
Netay sen el aro afsona bo‘lsang,
Menam yolg‘iz, senam bir dona bo‘lsang.
Meni sog‘ deb ichingda chekma ozor,
Menam devonaman devona bo‘lsang.
Necha kunki shinam uy izlar edim,
Meni bag‘ringta olgin xona bo‘lsang.
Xusumat qo‘lini ajrat yoqamdan,
Agarda yarqiroq peshona bo‘lsang.
Olib Zuhra kabi oshkor qilurman,
Odamlar ichra sen pinhona bo‘lsang.
Hamon so‘zim yetib bormas dilishta,
Nahotki shunchalar begona bo‘lsang?!
* * *
Qani mening sevinchlarim, g‘amlarim qani?
Zang bosmagan qilich kabi damlarim qani?
Zim-ziyo qalb go‘shasida do‘stlar sham edi,
Bugun yorug‘ qalb go‘shasi shamlarim qani?
Mudom to‘kis hayotimda bo‘lar bir kamlik,
Ayting, kemtik hayotimda kamlarim qani?
Goh hijron, goh uchrashuvdan ko‘zlar bo‘lar nam,
Uchrashuv bor, hijron boru namlarim qani?
Belga bog‘lab yurar edim belbog‘u xanjar,
Do‘ppim boshda, belbog‘ bilan xanjarim qani?
Ma’ruf, endi afsus qilma o‘tgan kunlarga,
Degil: Qoshi qaro, sochi anbarim qani?
SEN BO'LMASANG YONIMDA
Bog'larda tarovat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda,
Tog'larda salobat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda,
Olamda nafosat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda,
Ko'nglimda halovat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda.
Jonimda itoat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda.
Qaysi kuni, ey dilbar, qayda m?nga so'z b?rding,
Aqlimni olib qanday, ko'nglimga qachon kirding?
S?n lafzi karomatmi yo subhi sabo erding?
K?l, o'zni namoyon qil, pinhona m?ni ko'rding,
Bir lahza qanoat yo'q, s?n bo'lmasang yonimda.
Kunduz kuni oftobim ko'nglimga qadam qo'ymas,
Tunda to'lin oyimni abr otli sitam qo'ymas.
Gohi ezilib yomg'ir egnimni shinam qo'ymas,
Erkin nafas olmoqqa yo'llarda alam qo'ymas,
O'yimda halovat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Yo'lda adashib yurgan bola kabidir holim,
Majnun dilidan chiqqan nola kabidir holim,
Arqonga madad bo'lmas tola kabidir holim,
Ohu ko'zida bitgan bola kabidir holim,
Umidi saodat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Tunni uladim tongga vaslingga to'yarman deb,
G'am lashkarini sabrim tig'i-la so'yarman deb,
So'ng qatli g'amim qonin ko'z yoshla yuvarman deb,
G'urbatdagi boshimni tizzangga qo'yarman deb,
Umrimda farog'at yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
Balki toparman yozda,ehtimol qish topmasam,
Ko'nglim o'rniga tushmas erta yo kech topmasam.
Ostin-ustin qilurman dunyoni hech topmasam,
Qalamim qilich bo'lar agar qilich topmasam,
Umrimda davomat yo'q,sen bo'lmasang yonimda.
O'lkamga bahor yanglig' uyg'onish olib kelgan,
Hikmat to'la daryoday hayratga solib k?lgan,
Iqbol yo'li ko'p og'ir, mayliga, tolib k?lgan,
Ma'ruf kabi to'ylarga nog'ora chalib k?lgan,
Sh?'rimda harorat yo'q, sen bo'lmasang yonimda.
* * *
Tasavvurda qilib paydo,
O'zim unga bo'lib shaydo,
Visoliga y?tolmasman,
Xayolidan k?tolmasman.
Bu qanday sirli ma'nodir,
Bu qanday sirli savdodir?
Boshimni ming xayol chulg'ar,
Ko'zim yolg'iz sarob ilg'ar.
Oyog'im ostida y?r yo'q,
Bu yorug' dunyoda nur yo'q,
Xijolatmi, pushaymonmi,
Olar qiynoqqa vijdonni.
Qasam yanglig' umidim bor,
S?var bir kun m?ni ul yor.
To'lib-toshib oqar ul dam
Ko'zi yopiq buloqlar ham.
Faqat m?n tolmasam bo'ldi,
Yo'limdan qolmasam bo'ldi.
AGAR
Agar qayta boshlay olsam hayotimni,
Olovlarda toblar edim qanotimni.
Men o'zimni kashf etmasdim takror-takror,
Eshitmasdim zinhor "nahot-nahot"imni.
Parvoz etsam maqsadimni hamroh qilib,
Qo'llar edi m?ni ruhi ajdodimning.
Yuragimda Vatan d?gan xazinam bor,
Yo'qotmasman bu t?ngi yo'q bisotimni.
Agar sayta tug'ilsaydim o'lmay turib,
Isrof qilmay sarflar edim sabotimni.
* * *
To'yda qizlar poyandozga gul sochar,
M?hnat iqbol manziliga yo'l ochar,
Qimirlagan chumoli ham qir oshar,
S?n n? uchun jim turibsan, qalamim?
El kulganda n?ga o'ynab-kulmaysan,
El yig'lasa n?ga faryod qilmaysan?
Yoki yaxshi so'z qadrini bilmaysan,
N?ga bugun jim turibsan, qalamim?
Johil kulib paymol qilar bo'stonni,
Fozil gulga aylantirar xazonni,
Qalam esa uygog' tutar vijdonni,
S?n n? uchun jim turibsan, qalamim?