TAQVIM VARAQLAYOTGAN ODAM
Taqvim varaqlayotgan odam
Xomush tortishi kerak:
Umr o‘tyapti, umr!
Taqvim varaqlayotgan odam
O’yga tolishi kerak:
Rozi qila oldimmi ota-onamni?
Farzandlarim tarbiyasi nechuk?
Tiq etsa eshikka termilib,
Ko‘zlari yo‘limga to‘rt bo‘lmadimi
O’sal yotgan birodarimning?
Uchmadimmi shayton vasvasasiga,
Iymonim salomatmi?
So‘ngti manzilimga qo‘yib qaytsalar,
Yo‘lda birov astoydil kuyib,
Xo‘rsinib-xo‘rsinib ayta olarmi:
«Ketgan - qaytar,
Ketmonlagan qaytmaydi!»
...Men hali hammasini aytmadim, shoshmang,
O’zgacharoq o‘ylashi ham mumkin
Taqvim varaqlayotgan odam:
Tushlikni qaerdan qilsam ekan,
Erta kimning yiloshi edi?
O’tirib qolmadimmi bir joyda uzoq,
Kimning tagiga suv quysam ekan?..
Poyabzal qalashib yotar ostonasida nuqul,
Xudoning bergan kuni uyida mehmon -
Yombi topib olganmi yalangoyoq qo‘shnim?!
Chapqanot qo‘shnimiz - yolg‘iz ayolning
Eshik dastbandiga kecha allakim
Ilib ketdi bir savat oq gul! -
Sababi 8 martmikan faqat?..
...Vatan uchun osilib ketish,
Vatanga «osilib» ham yashash mumkin...
...Men hali hammasini aytmadim, shoshmang,
Sermulohaza bo‘ladi
Taqvim varaqlayotgan odam.
Deylik, garchi Ulug‘bek emas,
Al-Beruniy yoki Galiley,
Valekin munajjim ishtiyoqi-la
Kuzatib borishi mumkin u
Burjlarda quyoshning harakatini.
Taqvim varaqlaridan
Kunma-kun, soatma-soat
Kuzatib borish mumkin!
Masalan, javzoning yigirmanchisi:
Quyosh chiqishi - roppa-rosa besh.
Bir yarim - avji kamoli,
Vaqti zavoli - yetti yarim...
Yetkazgan kuniga shukur qilish kerak,
Tasannolar aytishi kerak
Hisobdon insonning zakovatiga
Taqvim varaqlayotgan odam.
Lekin...
Xulosasi boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin.
Aytdim-ku, sermulohaza bo‘ladi
Taqvim varaqlayotgan odam.
Xususan, qalbini o‘ragan bo‘lsa
Kulcha ilon kabi hasad va g‘araz,
Kibru havo o‘ragan bo‘lsa.
Hamma va hamma narsaga,
Boringki, Quyoshga ham
Mefistofel nazari ila boqsa:
«Bilamiz, hoziru nozirsiz qaerda, qachon -
Bosgan qadamingiz o‘lchoqli!»
...Bir kiftimda rahmon,
Bir kiftimda shayton –
O’zing insof bergil bandalaringga.
KO’HI PADARKUSH
Tutab yotar ko‘hi Padarkush*,
Shamol uvlar mag‘oralarida.
Ko‘rgan kabi xatarli bir tush
Jilg‘alar to‘lganar jarlarda.
Cho‘zilgan hu, ufqqa qadar
Qizg‘aldoqlar - uzun qonli iz.
Bunda mungli qissalar aytar
Har bir so‘qmoq, har maysa, yalpiz.
Ko‘rinmaydi yulduz-da, oy-da,
Tahlikali kishnagan otlar...
Ulug‘bekni xuddi shu joyda
Quvib yetgan emish jallodlar!
O’g‘il - nonko‘r, qismat - beomon,
Yoziqda yozgani o‘qilgan:
Bu joylarda bir vaqt, bir zamon
Ulug‘bekning qoni to‘qilgan!
...Tikilaman zirvalarga jim,
Yurak-bag‘rim g‘ussalarga g‘arq...
Sharq, rostdan ham noziksan, tilsim,
Bilib bo‘lmas seni birdan, Sharq!
Himmat degan bo‘lar-da shuncha,
Neklik bormi bundan ham ortiq –
Zeru zabar podsholaringga
Haj safarin aylabsan tortiq!
Yig‘labsiqtab kom, anjom bilan
Olis yo‘lga kuzatganing dam, -
Unutmabsan ular ortidan
Hatto... qotil jo‘natishni ham!..
____________
*Hisor tizmalaridan birining nomi, Urgut va Kitob tumanlari chegarasida.
* * *
Sen ham eslaysanmi goh qolib xoli,
Qo‘msaysanmi ko‘ngil ko‘chalarini...
Munavvar ayladi oydin xayoling
Savdoli bu umrim kechalarini!
Sen ham eslaysanmi yoshligingni - sha’n,
Rangi, iforini - nechuk edi ul?
Meni mast qiladi qirq yil naridan
Kitobing qatiga qistirilgan gul...
Obu otashidan dunyoni o‘tding,
Bekaram, bir kam deb qarg‘arsan yomon...
Sevgi-chi, ilk sevgi... nahot, unutding,
Men esa sog‘inib yashayman hamon.
Nomalar bitardim senga bir talay,
Qog‘ozga ishonib sirlarning sirin.
Xatjildni yopardim shirachin yalab –
Xatjildlar o‘zingdek, so‘zingdek shirin!
Tonmayman bo‘g‘zimga botsa ham tishi,
Eslab xo‘rsingulik yozim, kishim bor.
Yo‘kdir dunyosining men bilan ishi,
Mening bu dunyoda yo‘qlar kishim bor!
Sen ham eslaysanmi...
HAZRATI BISHIR HIKMATLARI
* * *
Ko‘p ko‘rganman jazavangni, shovushingni,
Ko‘tarmasang bo‘larmidi tovushingni.
Nasihating uchun qulluq...
O’ngu tersdir,
To‘fi kiyib olgin, bolam, kovushingni.
* * *
Ko‘klam - kechalari yop-yorug‘ tushdir,
Kunduzi ruhimda sayragan qushdir.
Yelda chayqalaman qizg‘aldoq kabi,
Yorab, nafaslaring bunchalar xushdir!
* * *
Ayo zamon, senmi bu nav tarz bergan,
Ajib bir hol mantig‘ini yo‘qlaydi:
Shiftg‘a qarab uf tortadi karz bergan,
Qarz ko‘targan xurrak otib uxlaydi!
* * *
Onam Iqbol Sherbobo?va xotirasiga
Eriyotir muzd?k bu bag'ir,
To'kayapman asta yoshimni.
Daydib k?tgan bolangman, axir,
Onajonim, ko'tar boshingni.
Palandara shamoli yana
Yugurmoqda o'ngu so'limdan.
K?ldim bugun qoshingga, mana,
Yetakladi sog'inch qo'limdan-
Tanimassan o'g'lingni rosti,
Tanimassan balki, onajon.
Odam bo'ldi, u qancha o'sdi,
S?n olamdan o'tgandan buyon.
Iqbol edi noming va l?kin -
Iqbol s?nga boqmadi kulib.
Qirq yoshingda hayoting sekin,
Sariq guldek qoldi-ku so'lib.
Ich-ichiga cho'kkan ko'zingni
Vassa shiftga tikkancha u kun
Shivirlading so'zingni:
- Bolaginam, y?timlik qursin!..
Endi sizni kim yuvib-tarar,
Boshingizni silar qaysi qo'l?
Bolalarim, boringiz shahar,
Shahar boring, shudir to'g'ri yo'l.
Sag'irxona eshigi faqat,
Sizlar uchun ochiqdir doim.
Yeganingiz bo'lar b?minnat,
Umr ko'ring uzoq, iloyim...
Ey, s?n m?ning m?hribon onam,
Ey ko'nglimning umid matlabi,
Sodda eding, dono eding ham,
Sharqning hamma ayoli kabi!
Bu jumboqli olamning s?nga
Ko'p tomoni bo'lgan qorong'i.
Doim turgan l?kin esingda
Shu Vatanning oqil yo'rig'i!
Kunimizga u qoldi yarab,
Ishonchlaring oqlandi, ona.
Aytganingd?k, 'oq yuvib, tarab',
Katta qildi o'zi zamona!
Eriyotir muzd?k bu bag'ir,
To'kayapman asta yoshimni.
Ko'p sog'ingan bolangman, axir,
Ko'tara qol, ona, boshingni.
O'ksima, qo'y, faqat o'ksima,
Qilmadim, d?b sizlarga shafqat.
Yer shamoli urar ko'ksima,
Shuning o'zi zotan katta baxt.
Uyatdaman, udda qilmadim,
H?ch narsani, ona, u mahal.
Endi o'sha o'g'illik qarzim,
Vatanimdan uzsam loaqal.
Zimmamdakim doimo shu yuk,
Ona,xayr,endi ketaman.
Meni kutar o'zingdek buyuk,
O'zing kabi suyuk shu Vatan!
* * *
Uxlamadim tun bo'yi,
Quloq tutdim o'ltirib:
Turnalar o'tdi bu k?ch.
Osmonlarni to'ldirib.
Chaqmoq chaqib qoldi goh,
Goh guldirak o'kirib.
Turnalar o'tav?rdi
Osmonlarni to'ldirib.
...Yana qancha bahorni
Qarshilayman o'y surib,
N?cha bor o'tar turna
Osmonlarni to'ldirib.
Uchar yulduzim bir kun,
Uchar umrim so'ldirib-
Turnalar o'tav?rar
Osmonlarni to'ldirib...
BINAFSHA
Havolarga sochilmoqda
Oromijon bir atr.
Binafshalar ochilmoqda
Tuproq yorib qaydadir.
Ochilmoqda titrab-titrab,
Rangpargina, nafarmon.
Biz bolalar uni izlab
Bog' k?zamiz andarmon.
- Binafshajon, qaydasan, ayt,
Ko'rsataqol yuzingni.
Ko'mgandirsan balki bu payt
Xoru xasga o'zingni.
Hatlab-hatlab yurgandirsan
Ariqlarni yoqalab.
Xilvatlarda turgandirsan
Ko'zginangnn uqalab.
Kirgandirsan balki s?kin,
Xalal b?rmay tinchgina,
Bahorgacha y?rga ko'ksin
Bosgan toklar pinjiga.
Yo biz bilan b?kinmachoq
O'ynayapsan tutdirmay.
Jo'nar kimdir toqati toq,
S?ni kutib o'tirmay.
- Qish zahri bor hali y?rda,
Yerda, - d?r u xo'rsinib,
- Aldanibmiz, hali erta,
Erta, - d?r u xo'rsinib.
Do'stim, so'nib havaslaring
Chalinibsan tumovga.
Binafshaning nafaslari
Urilmoqda dimoqqa.
Jonsarakdir qalbda qislar,
Yana olg'a chopamiz.
K?tav?rsin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz,
Binafshajon, o'tdi bahor,
Utdi yozlar, o'tdi kuz.
K?ldim bir kun dunyo bilan
Shunday yaqin, yuzma-yuz.
Ishonch m?nga sabot b?rdi,
Saboq b?rdi to'zimdan.
Yuragimga kurash kirdi,
Qochdi uyqu ko'zimdan.
Binafshajon, bugun yana,
Tuyg'ular tirik, ziyrak.
Chorlayapsan bizni, ana,
Bo'lib yorug' k?lajak.
Etigimda loyi qat-qat
Qishning shaltoq yo'llarin,
K?tmoqdaman s?nga faqat
Uzatgancha qo'llarim.
Kundan-kunga yaqinroqsan,
Nafaslaring jonimda -
Hali erta... - Kimdir ba'zan
Ming'irlaydi yonimda.
To'xtamaymiz ammo bizlar,
Yana olg'a chopamiz.
K?tav?rsin umidsizlar,
Biz, baribir, topamiz!
* * *
Hayratimning tili bo'lsaydi agar
Bo'g'zimga tiqilgan hayajonimni
Qutulardim aytib bir yo'la,
Qiynamasdim buncha jonimni.
Hayratimning tili bo'lsaydi agar
Turnalar o'tganda boshimdan suzib
Yugurmasdim, yo'q, t?lba-d?vona -
M?n ular ortidan qo'limni cho'zib.
Hayratimning tili bo'lsaydi agar
Ko'zimni uzolmay lol qolgan chog'lar
Titratmasdi ko'ksimni hayqiriq bo'lib
Shu purviqor tog'lar, shu baland tog'lar.
Armonday ich-ichdan k?lar xo'rsiniq:
Bunchalar yuksaksiz, buncha munavvar.
Yulduzlar, m?n sizga bir so'z aytardim
Hayratimnnng tili bo'lsaydi agar.
To'lg'anar o'zanda jodu bir ohang,
Oqar mangulikday, bo'lmas h?ch tamom.
Hofiz daryolarim, m?ni qiynamang,
K?zmay sohillarda b?so'z, b?kalom,
Oymisan, tun aro bokira, latif,
Kunmisan, qarolmay qamashar ko'zim.
Gulim, na taraf bor s?nga, na ta'rif,
Topib aytar edim unch m?n o'zim
Hayratimning tili bo'lsaydi agar.
Malulman, borurman sig'inib takror,
Bilmas bu go'zallik h?ch intihoni
Va m?n baxtiyorman: har kunimda bor
O'rtanish, zavqlanish, s?vish imkoni!
* * *
Yulduzlar oqib k?lyapti,
Oy oqib k?lyapti qalqib-qalqib,
Salqin-salqin bog'lar nafasi,
Daralardan uchgan gulduros
Oqib k?lyapti...
Suv tiliga ko'chgan tosh qo'shiqlari,
Ismsiz o'tlarning bo'ylari
Oqib k?lyapti.
Qay?rdadir qiz turar
Sohildagi daraxtga suyanib,
Parishon o'y-xayollar
Oqib k?lyapti.
M?n shularning hammasini sipqormoqchiman,
Tumshug'idan otimning tomchilaydi suv,
Otim bo'lsa pishqirar b?toqat: -
To'ymadingmi hali ham, k?ch bo'ldi...
XALQ OHANGLARIDA
S?var yorim, salomat bo'l!
(xalq qo'shiqlaridan)
Dilda kir yo'q, kin ham yo'q,
S?ndan m?ning ginam yo'q.
Qo'l ko'tarsam qo'l sinsin,
Sanchadigan ninam yo'q.
S?var yorim, salomat bo'l!
S?var yorim, salomat bo'l!
Ishq rohi o'ydim-o'ydim,
T?lbarab suydim, suydim.
U kunlarim qaytmagay,
Bir kuydiring, bir kuydim.
S?var yorim, salomat bo'l!
S?var yorim, salomat bo'l!
Oshno bo'ldim s?n bilan,
Ro'shno bo'ldim s?n bilan,
Ikki olam dastimda-
Podsho bo'ldim s?n bilan.
S?var yorim, salomat bo'l!
S?var yorim, salomat bo'l!
Karamlar uchun qulluq,
Xush damlar uchun qulluq.
Sitaming hatto rohat,
Alamlar uchun qulluq.
S?var yorim, salomat bo'l!
S?var yorim, salomat bo'l!
Ishq d?gani omonlik,
Goh rang-ro'yi somonlik.
Sog'insin-u har kimsa,
Sog'inmasin yomonlik.
Oshiq o'yga aylansin,
G'azal, kuyga aylansin.
H?ch bo'lmasa m?n kabi
Duogo'yga aylansin:
S?var yorim, salomat bo'l!
S?var yorim, salomat bo'l!