OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Ollobergan Po‘latov (1935)

http://ziyouz.com/rasmlar/poets/ollobergan_pulatov.jpgOllobergan Po‘latov 1935-yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘rta maktab ta’limidan so‘ng Urganch shahar O‘qituvchilar institutining til va adabiyot fakultetini tamomlagan.
O. Po‘latov 1960-1971-yillarda tuman gazetasida bosh muharrir o‘rinbosari bolib ishlagan. 1963-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetida sirtdan o‘qib, oliy ma’lumot olgan. So‘ng qariyb chorak asr „Shonli mehnat“ gazetasi muharriri bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jumalist O. Po‘latov „Xorazm“, „Umri boqiy g‘azalxon“, „Kamaymas boylik“, „Yer farzandi“ nomli dostonlarning muallifidir.


BUVIM KELSA...

Buvim kelsa uyimiz
Qolar to‘yga aylanib.
Shodlik qilmoqqa go‘yo
Turganday biz shaylanib.
Lek ular uylariga
Jo‘nab qolsalar bexos,
Bir nima yo‘qotganday
Xomush bo‘lamiz ro‘y-rost.


GULASAL

Tong uyg‘onib Gulasal
Gullarga suv quyadi.
Uy-xonani tozalab
Qo‘l-yuzini yuvadi.
So‘ngra nonushta qilib
Bog‘chasiga yo‘l olar.
Buvisi mamnun bo‘lib,
Doim kuzatib qolar.


BOQIY YASHANG

To‘lgan kuningiz yuzga
Dildan qutlab, olqishlab,
Buvijonim, men Sizga
Ha, she’r yozdim bag‘ishlab.
Zamona ardog‘ida
Boqiy yashang, sog‘ bo‘ling.
Hur Vatan gulbog‘ida
Doim vaqti chog‘ bo‘ling.


KICHIK RASSOM

Jajji singlim Muyassar
Chizib qizning rasmini,
Nilufar deb pastiga
Yozib qo‘ydi ismini.
Qo‘lda qalam, qog‘ozi,
Beto‘xtov qilar ijod.
Ulg‘aysa rassom bo‘lar,
Bor unda zo‘r iste’dod.


DUGONALAR

Tong-la Shahnoza, Oyxon,
Biramki xursand, shodon,
Ikkalasi yonma-yon,
Yoi olishdi maktabga.
Opa-yu singil misol,
Dildan so‘zlashib xushhol,
Qoida papka — bemalol,
Yoi olishdi maktabga.
Qarang, mehribon, inoq,
Qoi ushlashib xushchaqchaq.
Gulday ochilib quvnoq,
Yoi olishdi maktabga.


ORZU

Uyga kelgan mehmonlar
Nodirani maqtashdi.
Dildan qutlab, boiajak
Shoira deb atashdi.
Nodirabegim misol
Nevaram she’rlar bitib,
Qaniydi shuhrat topsa
Ona yurtin shod etib.


YORDAMCHI

Sarvaijon bobosini
Biram yaxshi ko‘radi.
Daraxt eksa yonida
Yordamlashib yuradi.
Jo‘nab ketdi bugun ham
Bobosi bilan birga.
Bog‘da mehnat qilar u,
Go‘yo to‘lib mehrga.


MITTI JOMALAR

Mitti, mitti jo‘jalar,
Chiroylisiz munchalar.
Chip-chip, chip-chip etasiz
Ham kunduz, ham kechalar.
Uyg‘onganoq ertalab,
Sepgan donim erkalab,
Terib yeysiz erinmay,
Bitta, bitta, bittalab.
Tariq ko‘zingiz chiroq,
Eh, sho‘xsiz, o‘yinqaroq.
Chopishasiz yonimga
Meni ko‘rib qolgan choq.
Mitti, mitti jo‘jalar,
Chiroylisiz munchalar,
Chip-chip, chip-chip etasiz
Ham kunduz, ham kechalar.


CHEVAR BO‘LAMAN

Qo‘g‘irchog‘imga
Tikdim ko‘ylak, shim.
Biram chiroyli,
Ixcham, bejirim.
Oyimlar mendan
Xursand edilar.
Bag‘riga bosib
Shunday dedilar:
— Jajji qo‘llaring
Tolmasin, qizim.
Oyim, oppog‘im,
Zuhro yulduzim.


ODOBLI QIZ

Oyi, har kun yalasam
Muzqaymoq,
Siz aytganday bo‘lardim
Qiz oppoq.
Xarxashamni ham tashlab
Men asta,
Odobli qiz bo‘lardim
Birpasda.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.