OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.
Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish.
Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat qilibdi. Shalpang quloqlarini qimirlatib:
— Tabiat-ku hamma narsani bilib yaratgan-a, lekin ko‘p narsalar borki, ularni boshqacharoq qilib yaratish kerak edi-da, — debdi.
Daraxt shoxida o‘tirgan chumchuq eshakdan:
— Qani, ayt-chi, senga bularning nimasi yoqmadi? — deb so‘rabdi.
— Ko‘rmaysanmi, — debdi eshak, olma va qovoqlarga imo qilib, — shunday katta daraxtlarning solgan mevasini qara — bolaning mushtumidan ham kichkina. Endi anovi qovoqlarni ko‘r: kallamday keladi, nozik palaklarda ilinib turibdi...
— Bunda hikmat nima qiladi, — debdi eshak. — Hamma hikmat shunda-da, — debdi chumchuq. — Olmalar qovoqdek, qovoqlar olmadek bo‘lsa, tuzuk bo‘lardi.
Shunday deb, eshak olma daraxtiga surkangan ekan, bitta olma uzilib "taq" etib boshiga tushibdi.
— Voy boshim! — debdi eshak, — yorilayozdi... Chumchuq kulib:
— Yaxshiyamki olma qovoqday emas, bo‘lmasa miyangning qatig‘ini chiqarib yuborardi, — debdi.
— Rost aytding, og‘ayni! — debdi eshak va olma daraxti tagidan nari ketibdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.