OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (2201-2300)

2201. Ko‘pchilik ulamolar tomonidan 5-roshid xalifa deb tan olingan xalifa kim?
Javob: Ko’pchilik ulamolar tomonidan 5-roshid xalifa deb tan olingan, 1-hijriy asr oxirida xalifalik qilgan Umar ibn Abdulazizdir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2202. Sunnatlaring rasmiy ravishda yozilib, hujjat sifatida to‘planishiga buyruq bergan birinchi xalifa kim?
Javob: Sunnatlaring rasmiy ravishda yozilib, hujjat sifatida to’planishiga buyruq bergan xalifa - Umar ibn Abdulazizdir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2203. Birinchi hadis kitobini kim yozgan?
Javob: Birinchi hadis kitobini tobeinlardan Ibn Shihob az-Zuhriy (124-hijriyda vafot etgan) yozganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2204. Qaysi hijriy asr "hadis ilmining oltin asri" deb ataladi?
Javob: 3-hijriy asr «hadis ilmining oltin asri» deb ataldi. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2205. Birinchi "Musnad" egalari kimlar?
Javob: Birinchi «Musnad» egalari Abdulloh ibn Muso al-Abasiy, Musaddad al-Basriy, Hammod al-Xuzo’iylardir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2206. Eng birinchi sahih hadis to‘plami kimniki?
Javob: Eng birinchi sahih kitob Imom Buxoriyning «Sahih»laridir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2207. "Sihohi sitta" (eng sahih 6 kitob) ga qaysilar kiradi?
Javob: «Sihohi sitta» (eng sahih 6 kitob):
1. «Sahihi Buxoriy»
2. «Sahihi Muslim»
3. «Sunani Abu Dovud»
4. «Sunani Termiziy»
5. «Sunani Nasaiy»
6. Ulamolarning ixtilofiga ko’ra 6-kitob tarzida «Sunani Ibn Moja», «Muvattoi Molik», «Sunani Dorimiy» e’tirof etiladi. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2208. "Musnad" kitoblarining eng mashhuri qaysi?
Javob: «Musnad» kitoblarining eng mashhuri Imom Ahmad ibn Hanbalning kitoblaridir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2209. Mo‘jam (alifbo bo‘yicha kitoblar)ning eng mashhuri qaysi?
Javob: Mo’jam (alifbo bo’yicha kitoblar)ning eng mashhuri Imom Tabaroniyning kitoblaridir. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2210. Al-Muttaqiy al-Hindiyning "Kanzul ummol" kitoblarida nechta hadis mavjud?
Javob: Al-Muttaqiy al-Hindiy «Kanzul ummol» kitoblarida 40000 hadisni to’plagan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2211. Hamma hadislarni to‘plash niyatida "Jam’ul javome’" nomli kitobga tartib berib, 100000 hadis to‘plaganlaridan so‘ng vafot etgan olim kim?
Javob: Imom as-Suyutiy hamma hadislarni to’plash niyatida «Jam’ul javome’» nomli kitobga tartib berib, 100000 hadis to’plaganlaridan so’ng vafot etgan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2212. Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»larida nechta hadis mavjud?
Javob: Imom Ahmad ibn Hanbal «Musnad»laridan keltiragan 40000 hadisi sharifni 750000 hadis matnini va ularning roviylarini o’rganib chiqib tanlaganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2213. Imom Muslim va Imom Termiziy qaysi mazhabida bo‘lganlar?
Javob: Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasaiylar shofe’iy mazhabida bo’lganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2214. "Sahihi Buxoriy"ning mashhur sharhlaridan 3 tasini keltiring.
Javob: «Sahihi Buxoriy»ning mashhur sharhlari: «Umdatul qoriy» (Imom Badriddin Ayniy), «Fathul boriy» (Imom ibn Hajar al-Asqaloniy), «Irshodus soriy» (Imom al-Qastaloniy), «Kavkab ad-Daroriy» (al-Karamiy), «At-Tashvih» (Imom Suyutiy). («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2215. Imom al-Hattobiyning "Ma’olimus sunan"lari qaysi sahih kitobning sharhidir?
Javob: Imom Abu Dovudning «Sunan»lari sharhi ichida Imom al-Hattobiyning «Ma’olimus sunan»lari shuhrat qozongan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2216. Imom Abu Bakr ibn Arabiyning "Orizatul Ahvaziy" sharhlari qaysi kitobning sharhi hisoblanadi?
Javob: Imom Termiziyning «Sunan»lariga qilingan sharhlar ichida Imom Abu Bakr ibn Arabiyning «Orizatul Ahvaziy» shahrlari mashhur. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2217. Shayx ibn Allonning "Daliylul Folihiyn" kitobi qaysi kitobning sharhi hisoblanadi?
Javob: Imom Navaviyning «Riyozus solihiyn» kitoblariga Shayx ibn Allonning «Daliylul Folihiyn» sharhi mavjud. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2218. Imom al-Buxoriy necha yoshlarida Qur’oni karimni to‘liq yod oldilar?
Javob: Imom al-Buxoriy 9 yoshlarida Qur’oni karimni to’liq yod oldilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2219. Imom al-Buxoriy nechta hadis to‘plab, shundan nechta sahih, mechta zaif hadisni yodlaydilar?
Javob: Imom al-Buxoriy 600000 hadis to’plab, shundan 100000 sahih, 200000 zaif hadisni yodlaydilar. Bu hadislarni to’plashda 90000 dan oshiq kishining huzurida bo’lib chiqadilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2220. Imom al-Buxoriy "Al-jome’ as-sahih"ni necha yilda yozib tugatadilar?
Javob: Imom al-Buxoriy «Al-jome’ as-sahih»ni 16 yilda yozib tugatadilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2221. "Sahihi Buxoriy"ga nechta sharh yozilgan?
Javob: «Sahihi Buxoriy»ga 82 ta sharh yozilgan. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2222. Imom Muslim qayerda tug‘ilganlar?
Javob: Imom Muslim 206-hijriyda Nisoburda tug’ilib, 261-hijriyda Nisoburda vafot etganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2223. Imom Abu Dovud qayerda tug‘ilganlar?
Javob: Imom Abu Dovud 202-hijriyda Basrada tug’ilib, 275 yilning 16-shavvolida Basrada vafot etdilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2224. Imom Abu Dovud hammasi bo‘lib qancha hadis rivoyat qilib, bulardan nechta sahih hadisni "Sunan" kitoblariga kiritdilar?
Javob: Imom Abu Dovud hammasi bo’lib 50000 hadis rivoyat qilib, bulardan 4800 ta sahih hadisni «Sunan» kitoblariga kiritdilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2225. Imom Nasaiy qayerda tug‘ilganlar?
Javob: Imom Nasaiy 215-hijriyda Niso shahrida tug’ilib, 303-yili Makkada vafot etdilar va Safo va Marva oralig’iga dafn etildilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2226. Imom Navaviy kim haqida "Yerning ustida, osmonning ostida ...ning kitobidan ko‘ra sahihroq kitob topilmaydi" "« deb aytadilar?
Javob: Imom Navaviy aytadilar: «Yerning ustida, osmonning ostida Muslimning kitobidan ko’ra sahihroq kitob topilmaydi». («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2227. Imom ibn Moja qayerda tug‘ilganlar?
Javob: Imom ibn Moja 209-yili Iroqning Qazvin shahrida tug’ilib, 273-yili vafot etganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2228. Imom ibn Moja nechta kitob yozganlar?
Javob: Imom ibn Moja 32 ta kitob yozganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2229. Qaysi hadis kitobi 32 juz bo‘lib, unda 1500 ta bob, 4341 dan ortiq hadisdan iborat?
Javob: «Sunani ibn Moja» 32 juz bo’lib, unda 1500 ta bob, 4341 dan ortiq hadisdan iborat. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2230. Imom Shofe’iy: "... tobe’inlardan keyin Alloh taoloning xalqiga hujjatdir" "« deb kim aytadilar?
Javob: Imom Shofe’iy aytadilar: «Molik tobe’inlardan keyin Alloh taoloning xalqiga hujjatdir». («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2231. Zarxoniy: "... 220000 dan ortiq yahudiy, nasroniy, majusiy diniga mansub kishilarni Islom diniga kirishiga sababchi bo‘ldilar" "« deb kim aytadilar?
Javob: Zarxoniy aytadilar: «Ahmad ibn Hanbal 220000 dan ortiq yahudiy, nasroniy, majusiy diniga mansub kishilarni Islom diniga kirishiga sababchi bo’ldilar». («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2232. Imom Dorimiy qayerda tug‘ilganlar?
Javob: Imom Dorimiy 182-hijriyda Samarqandda tug’ilib (asli bobolari arab bo’lgan), 255 yili, 8-zulhijjada Marvda vafot etadilar.  («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2233. Imom Shofe’iy necha yoshlarida Qur’oni karimni to‘la yod oladilar?
Javob: Imom Shofe’iy 7 yoshlarida Qur’oni karimni to’la yod oladilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2234. Imom Shofe’iy necha yoshlarida Imom Molikning "Muvatto" kitoblarini yod oladilar?
Javob: Imom Shofe’iy 10 yoshlarida Imom Molikning «Muvatto» kitoblarini yod oladilar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2235. Imom Shofe’iy nechaga to‘lganlarida ustozlari Muslim ibn Xolidning fatvo berishga fotihasini olganlar?
Javob: Imom Shofe’iy 15 ga to’lganlarida ustozlari Muslim ibn Xolidning fatvo berishga fotihasini olganlar. («Hadis va hayot»-1. «Muqaddima»)

2236. Abdulloh ibn Umarning kunyalari nima edi?
Javob: Abdulloh ibn Umarning kunyalari Abu Abdurrahmondir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2237. Xandaq janggida ishtirok etganda Abdulloh ibn Umarning yoshlari nechada edi?
Javob: Xandaq janggida ishtirok etganda Abdulloh ibn Umarning yoshlari 15 dan o‘tmagan edi. 20 ga kirganlarida Makka fathida ishtirok etdilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2238. Tovus rahmatullohi alayh: "...dan ko’ra taqvoli, ...dan ko’ra biluvchiroq kishini ko’rmadim", deydilar. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
Javob: Tovus rahmatullohi alayh: «Ibn Umardan ko‘ra taqvoli, Ibn Abbosdan ko‘ra biluvchiroq kishini ko‘rmadim», deydilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2239. Abdulloh ibn Umar nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Abdulloh ibn Umar hammasi bo‘lib, 2630 ta hadis to‘plab, Abu Hurayra r.a.dan keyingi o‘rinni egallaydilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2240. Abdulloh ibn Umar qayerda vafot etdilar?
Javob: Abdulloh ibn Umar 73-hijriyda 84 yoshlarida Makka shahrida vafot etdilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2241. "Agar Muhammad payg’ambar tirik bo’lganida, bizning hayotiy muammolarimizni bir piyola qahva ichib o’tirib hal qilib berar edi". Ushbu fikr muallifi kim?
Javob: «Agar Muhammad payg‘ambar tirik bo‘lganida, bizning hayotiy muammolarimizni bir piyola qahva ichib o‘tirib hal qilib berar edi». Bernard Shou. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2242. Birinchi bo’lib "amiral mu’minin" laqabini olgan xalifa kim?
Javob: Birinchi bo‘lib «amiral mu’minin» laqabini olgan xalifa - Umar ibn Xattob r.a.dir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2243. Musulmonlarning Baytulmolini kim ta’sis etgan?
Javob: Hazrati Umar musulmonlarning Baytulmolini ta’sis etdilar. Basra va Kufa shaharlarini qurdilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2244. Anas ibn Molikning kunyalari nima?
Javob: Anas ibn Molikning kunyalari Abu Hamzadir. U zot 10 ga kirganlarida Rasululloh s.a.v. xizmatlariga berildilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2245. Anas ibn Molik hammasi bo’lib, nechta hadis rivoyat qilganlar? Bu borada nechanchi o’rinni egallaydilar?
Javob: Anas ibn Molik hammasi bo‘lib, 2286 ta hadis rivoyat qilib, Abu Hurayra va Ibn Umarlardan keyingi o‘rinlarni egallaydilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2246. Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning nechta minbari barpo etildi?
Javob: Hazrati Umar xalifalik davrlarida Islomning 12000 minbari barpo etildi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2247. Umar ibn Xattob Rasululloh s.a.v.dan nechta hadis rivoyat qildilar?
Javob: Umar ibn Xattob Rasululloh s.a.v.dan 539 ta hadis rivoyat qildilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2248. Abu Hurayra r.a.: "...dan boshqa, Rasululloh s.a.v. namozlariga o’xshash namoz o’qiydigan biror bir kishini ko’rmadim", deb kimni aytganlar?
Javob: Abu Hurayra r.a.: «Anas ibn Molikdan boshqa, Rasululloh s.a.v. namozlariga o‘xshash namoz o‘qiydigan biror bir kishini ko‘rmadim», dedilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2249. Anas ibn Molik janozalarini kim o’qidi?
Javob: Anas ibn Molik 93-hijriyda vafot etdilar. U zotni Muhammad ibn Siyrin yuvib, Qatoda ibn Mudrik janozalarini o‘qidilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2250. Ali ibn Abu Tolibning kunyalari nima?
Javob: Ali ibn Abu Tolib 600 yilda Makkai mukarramada tavallud topganlar. Kunyalari Abul Hasandir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2251. Ali ibn Abu Tolib nima uchun "Karramahullohu vajhahu" deb sifatlanadilar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib biror marta ham butlarga sig‘inmagani va johiliyat iflosliklari bilan xulqlanmaganlari sababli «Karramahullohu vajhahu» deb sifatlanadilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2252. Ali ibn Abu Tolib Islomni qabul qilganlarida yoshlari nechada edi?
Javob: Ali ibn Abu Tolib Islomni qabul qilganlarida yoshlari 8 dan o‘tmagan edi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2253. Rasululloh s.a.v.: "Men ilmning shahri bo’lsam, ... eshigidir", deb kimni marhamat qiladilar?
Javob: Rasululloh s.a.v. aytadilar: «Men ilmning shahri bo‘lsam, Ali eshigidir». («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2254. Ali ibn Abu Tolibning jami necha o’g’il va nechta qiz farzandlari bo’lgan?
Javob: Ali ibn Abu Tolibning jami 14 o‘g‘il, 19 qiz farzandlari bo‘lgan. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2255. Ali ibn Abu Tolib r.a. nechta hadis rivoyat etganlar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib r.a. 586 ta hadis rivoyat etganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2256. Ali ibn Abu Tolib kim tomonidan shahid etildilar?
Javob: Ali ibn Abu Tolib xavorijlardan Abdurahmon ibn Muljam tomonidan 40-hijriy, ramazon oyining 23-kuni, juma kunida shahid etildilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2257. Abu Hurayra r.a.ning Islomdan oldingi ismlari nima edi? Rasululloh s.a.v. uni nima deb o’zgartirdilar?
Javob: Abu Hurayra r.a.ning Islomdan oldingi ismlari Abdushshams ibn Saxr edi. Rasululloh s.a.v. uni Abdurrahmon deb o‘zgartirdilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2258. Abu Hurayra r.a. qaysi qabiladan edilar?
Javob: Abu Hurayra r.a. Yamanning Davs qabilasidan edilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2259. Abu Hurayra r.a. Xaybarda Islomni qabul qilganlarida yoshlari nechada edi?
Javob: Abu Hurayra r.a. Xaybarda Islomni qabul qilganlarida yoshlari 30 da edi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2260. Abu Hurayra r.a. nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Abu Hurayra r.a. Islomga kech kirganlariga qaramay, sahobalar orasida eng ko‘p hadis rivoyat qilgan kishi hisoblanadilar. U kishi 5374 ta hadis rivoyat qilganlar va bu hadislar Taqiy ibn Muhammadning musnadlarida keltirilgan. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2261. Abu Hurayra r.a.dan hadis rivoyat qilganlarning soni necha kishidan oshadi?
Javob: Abu Hurayra r.a.dan hadis rivoyat qilganlarning soni 800 kishidan oshadi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2262. Abu Hurayra r.a.ning janozalarini kim o’qidi?
Javob: Abu Hurayra r.a. 57-hijriyda vafot etdilar. Janozalarini Valiyd ibn Uqba ibn Abu Sufyon o‘qidilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2263. Tamiym ibn Avs ibn Xorija Doriyning kunyalari nima edi?
Javob: Tamiym ibn Avs ibn Xorija Doriyning kunyalari Abu Ruqiyadir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2264. Masjidga birinchi bo’lib chiroq olib kirgan sahoba kim?
Javob: Tamiym Doriy r.a. masjidga birinchi bo‘lib chiroq olib kirganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2265. Abbos ibn Abdulmuttolib r.a.ning kunyalari nima?
Javob: Abbos ibn Abdulmuttolib r.a.ning Abu Fazldir.  («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2266. Abbos ibn Abdulmuttolibning janozalarini kim o’qidi?
Javob: Abbos ibn Abdulmuttolib r.a. 32-hijriyda, rajab oyining 16-kuni 88 yoshlarida Madinada vafot etdilar. Janozalarini Usmon ibn Affon r.a. o‘qidilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2267. Abu Sa’id Xudriyning asl ismlari nima edi?
Javob: Abu Sa’id Xudriyning asl ismlari Sa’d ibn Molik ibn Sinondir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2268. Abu Sa’id Xudriy nechta hadis to’plaganlar? U kishi ko’p rivoyat qiluvchi sahobalar o’rtasida nechanchi o’rinni egallaydilar?
Javob: Abu Sa’id Xudriy 1170 ta hadis to‘plab, ko‘p rivoyat qiluvchi sahobalar o‘rtasida yettinchi o‘rinni egalladilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2269. Abdulloh ibn Mas’udning kunyalari nima?
Javob: Abdulloh ibn Mas’udning kunyalari Abu Abdurrahmondir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2270. Badr jangida Abu Jahlni qatl etgan sahoba kim?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a. Badr jangida Abu Jahlni qatl etganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2271. Abdulloh ibn Mas’ud r.a.ning janozalarini kim o‘qigan?
Javob: Abdulloh ibn Mas’ud r.a. 32-hijriyda Madinada vafot etdilar. Janozalarini Usmon ibn Affon o‘qib, «Baqi’»ga dafn etildilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2272. Uboda ibn Somit r.a.ning kunyalari nima?
Javob: Uboda ibn Somit r.a.ning kunyalari - Abulvaliddir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2273. Abu Zarr g‘iforiy r.a.ning asl ismlari nima?
Javob: Abu Zarr g‘iforiy r.a.ning asl ismlari - Jundub ibn Junodadir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2274. Abu Zarr g‘iforiy r.a. Islomga kirgan sahobalarning nechanchisi?
Javob: Abu Zarr g‘iforiy r.a. Islomga kirgan sahobalarning beshinchisidir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2275. Muoz ibn Jabal r.a.ning kunyalari nima?
Javob: Muoz ibn Jabal r.a.ning kunyalari - Abu Abdurrahmondir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2276. Rasululloh s.a.v.: "Ummatimning ichida halol-haromni ajratuvchi ...dir", deb kimni marhamat qilganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v. aytadilar: «Ummatimning ichida halol-haromni ajratuvchi Muozdir». («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2277. Rasululloh s.a.v.: "Qiyomat kunida ... ulamolarning imomidir", deb kimni marhamat qilganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v. aytadilar: «Qiyomat kunida Muoz ibn Jabal ulamolarning imomidir». («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2278. Qaysi yahudiy olimi Hazrati Umarga: "... Sizga Islomni din deb rozi bo’ldim" oyati bizga nozil bo’lganida edi, o’sha kunni bayram qilib olar edik", degan?
Javob: Yahudiy olimi Ka’bul Axbor Hazrati Umarga: «‘¦ Sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim» oyati bizga nozil bo‘lganida edi, o‘sha kunni bayram qilib olar edik», degan. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2279. "... Sizga Islomni din deb rozi bo’ldim" oyati nozil bo’lganidan necha kun o’tib, Rasululloh s.a.v. vafot etdilar?
Javob: «‘¦ Sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim» oyati nozil bo‘lganidan 81 kun o‘tib, Rasululloh s.a.v. vafot etdilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2280. Jobir ibn Abdulloh r.a. nechta hadis rivoyat qilganlar? Sahobalar ichida eng ko’p hadis rivoyat qilganlarning nechanchisilar?
Javob: Jobir ibn Abdulloh r.a. sahobalar ichida eng ko‘p hadis rivoyat qilganlarning oltinchisi bo‘lib, 1540 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2281. Jobir ibn Abdulloh r.a.ning janozalarini kim o’qidi?
Javob: Jobir ibn Abdulloh r.a. 74-hijriyda Madinada vafot etdilar. Janozalarini Abon ibn Usmon o‘qidilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2282. Rasululloh s.a.v.: "Ey Robbim, ...ga hikmatni o’rgatgin", deb kimni duo qilganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v.: «Ey Robbim, Abdulloh ibn Abbosga hikmatni o‘rgatgin», deb duo qilganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2283. Rasululloh s.a.v.: "... shu ummatning ilm dengizidir" deb kiimni marhamat qilganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v.: «Ibn Abbos shu ummatning ilm dengizidir» deganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2284. Abdulloh ibn Abbos r.a. nechta hadis rivoyat qilib, ko’p hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning nechanchisi bo’lganlar?
Javob: Abdulloh ibn Abbos r.a. 1660 ta hadis rivoyat qilib, ko‘p hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning beshinchisi bo‘lganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2285. Misrni fath qilgan sahoba kim?
Javob: Amr ibn Oss r.a. Misrni fath qildilar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2286. Abu Najd kunyasi bilan mashhur sahoba kim?
Javob: Imron ibn Husoyn r.a.ning kunyalari - Abu Najddir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2287. Jarir ibn Abdulloh r.a.ning kunyalari nima?
Javob: Jarir ibn Abdulloh r.a.ning kunyalari Abu Amrdir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2288. Rasululloh s.a.v. kimni "Xulosa" nomli butni buzish uchun yuborganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v. Jarir ibn Abdulloh r.a.ni «Xulosa» nomli butni buzish uchun yuborganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2289. Oyisha onamiz necha kishidan so’ng Islomni qabul qilganlar?
Javob: Oyisha onamiz 18 kishidan so‘ng Islomni qabul qilganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2290. Abu Muso Ash’ariy r.a.ning asl ismlari nima?
Javob: Abu Muso Ash’ariy r.a.ning asl ismlari - Abdulloh ibn Qaysdir. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2291. Qaysi sahoba uch hijrat sohibi deb ataladi va nima uchun?
Javob: Abu Muso Ash’ariy r.a. birinchi marta Makkaga, ikkinchi marta Makkadan Habashistonga, uchinchi marta Madinadan Habashistonga hijrat qilganliklari uchun uch hijrat sohibi deb ataladi. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2292. Rasululloh s.a.v. kimni chavandoz pahlavonlarning sayyidi, deb ataganlar?
Javob: Rasululloh s.a.v. Abu Muso Ash’ariy r.a.ni chavandoz pahlavonlarning sayyidi, deb ataganlar. («Hadis va hayot», 2-juz, «Islom va iymon»)

2293. "Albatta, amallar niyatga bog’liqdir" hadisi haqida Imom Shofe’iy: "Ilmning ... shu hadisda" degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal: "Ilmning ... shu hadisda" degan ekanlar. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
Javob: «Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir» hadisi haqida Imom Shofe’iy: «Ilmning yarmi shu hadisda» degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal: «Ilmning uchdan biri shu hadisda» degan ekanlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2294. Sahl ibn Hunayf r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Sahl ibn Hunayf r.a.ning kunyalari - Abu Saiddir. U kishi Ali ibn Abu Tolib bilan islomiy birodar bo‘lganlar. 38-hijriyda Kufada vafot etganlar. Janozalarini Ali r.a. o‘qiganlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2295. Abu Kabsha al-Ansoriy r.a.ning asl ismlari nima edi?
Javob: Abu Kabsha al-Ansoriy r.a.ning asl ismlari Said ibn Amr edi. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2296. Samura ibn Jundub r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Samura ibn Jundub r.a.ning kunyalari Abu Sulaymondir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2297. Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.ning kunyalari Abu Abdurrahmondir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2298. Umar ibn Hattob r.a. kimni "arablar Kisrosi" deb ataganlar?
Javob: Umar ibn Hattob r.a. Muoviya ibn Abu Sufyon r.a.ni «arablar Kisrosi» deb ataganlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2299. Abu Voqid al-Laysiy kunyasi bilan mashhur sahobaning asl ismlari nima edi?
Javob: Abu Voqid al-Laysiy kunyasi bilan mashhur sahobaning asl ismlari - Avf ibn al-Horisdir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2300. Asl ismlari Uvaymir ibn Molik bo‘lgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Dardo r.a.ning asl ismlari Uvaymir ibn Molikdir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.