OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (2301-2400)

2301. Shomda eng oxirgi vafot etgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Umoma al-Bohiliy r.a. Shomda eng oxirgi vafot etgan sahoba edilar. 86-hijriyda vafot etdilar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2302. Usmon ibn Affon r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Usmon ibn Affon r.a.ning kunyalari Abu Abdullohdir. U kishi Rasululloh s.a.v. vafot etayotganlarida rozi bo‘lingan olti sahobaning biridir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2303. Kimning xalifalik davrlarida zobitlik yo’lga qo’yildi?
Javob: Usmon ibn Affon r.a. xalifalik davrlarida
- Afrika, Sijiston, Xuroson, Armaniston, Kavkaz, Karmon, Qibris fath etildi.
- Qur’oni karim asl nusxali kitob holiga keltirildi.
- Zobitlik yo‘lga qo‘yildi.
- Masjidul-harom va Masjidun-nabaviy kengaytirildi.
- Iyd namozlariga xutba o‘qish joriy qilindi.
- Juma namoziga avvalgi azonni aytish joriy qilindi. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2304. Kimning xalifalik davrlarida Masjidul-harom va Masjidun-nabaviy kengaytirildi?
Javob: Usmon ibn Affon r.a. xalifalik davrlarida
- Afrika, Sijiston, Xuroson, Armaniston, Kavkaz, Karmon, Qibris fath etildi.
- Qur’oni karim asl nusxali kitob holiga keltirildi.
- Zobitlik yo‘lga qo‘yildi.
- Masjidul-harom va Masjidun-nabaviy kengaytirildi.
- Iyd namozlariga xutba o‘qish joriy qilindi.
- Juma namoziga avvalgi azonni aytish joriy qilindi. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2305. Kimning xalifalik davrlarida Iyd namozlariga xutba o’qish joriy qilindi?
Javob: Usmon ibn Affon r.a. xalifalik davrlarida
- Afrika, Sijiston, Xuroson, Armaniston, Kavkaz, Karmon, Qibris fath etildi.
- Qur’oni karim asl nusxali kitob holiga keltirildi.
- Zobitlik yo‘lga qo‘yildi.
- Masjidul-harom va Masjidun-nabaviy kengaytirildi.
- Iyd namozlariga xutba o‘qish joriy qilindi.
- Juma namoziga avvalgi azonni aytish joriy qilindi. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2306. Usmon ibn Affon r.a. nechta hadis rivoyat qilganlar?
Javob: Usmon ibn Affon r.a. 146 ta hadis rivoyat qilganlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2307. Abu Bakra kunyasi bilan mashhur sahobaning asl ismlari nima edi?
Javob: Abu Bakra kunyasi bilan mashhur sahobaning asl ismlari Nufa’ ibn Horisdir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2308. Sahl ibn Sa’d r.a.ning avvalgi ismlari nima edi?
Javob: Sahl ibn Sa’d r.a.ning avvalgi ismlari Huzn edi. Rasululloh s.a.v. uni Sahlga almashtirdilar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2309. Kufada eng oxirgi vafot etgan sahoba kim edi?
Javob: Abu Juhayfa r.a. Kufada eng oxirgi vafot etgan sahoba edilar. U zot 63-hijriyda vafot etdilar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2310. Payg’ambar s.a.v. Makka fath qilingan yilgi xutbalarini kimga yozib beringlar deganlar?
Javob: Payg‘ambar s.a.v. Makka fath qilingan yilgi xutbalarini yamanlik Abu Shohga yozib beringlar deganlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2311. Abu Hurayra r.a. aytadilar: "Payg’ambar s.a.v. sahobalari ichida biror kishi mendan ko’ra ko’proq hadisni rivoyat qilgan emas, magar ... mustasno, u yozar edi, men yozmas edim". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
Javob: Abu Hurayra r.a. aytadilar: «Payg‘ambar s.a.v. sahobalari ichida biror kishi mendan ko‘ra ko‘proq hadisni rivoyat qilgan emas, magar Abdulloh ibn Amr mustasno, u yozar edi, men yozmas edim». («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2312. Qaysi sahoba 2 oyda Qur’oni karimni yod olganlar?
Javob: Abu Voil r.a. 2 oyda Qur’oni karimni yod olganlar. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2313. Avf ibn Molik r.a.ning kunyalari nima edi?
Javob: Avf ibn Molik r.a.ning kunyalari Abu Abdurrahmondir. («Hadis va hayot», 3-juz, «Niyat, ixlos, ilm»)

2321. Muhojirlardan Baqi’ qabristoniga ilk ko‘milgan erkak kim?
Javob: Muhojirlardan Baqi’ qabristoniga ilk ko‘milgan erkak Usmon ibn Maz’un bo‘ldi. («Saodat asri qissalari»)

2322. Janobi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sevimli qizlari Fotima bilan jiyanlari Alining nikoh to‘ylari qaysi oyda qilindi?
Javob: Janobi Payg‘ambarimizning (s.a.v.) sevimli qizlari Fotima bilan jiyanlari Alining nikoh to‘ylari Zulhijja oyida qilindi. («Saodat asri qissalari»)

2323. Qaysi sahobaga Rasululloh (s.a.v.): "Olloh taolo senga Bayyina surasini o‘qishimni buyurdi, ey ...", deb aytganlar?
Javob: Ubayy ibn Ka’bga Rasululloh (s.a.v.): «Olloh taolo senga Bayyina surasini o‘qishimni buyurdi, ey Ubayy», dedilar. («Saodat asri qissalari»)

2324. Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini kimning qizi edi?
Javob: Uylanganiga endi bir necha soat bo‘lgan, Uhud jangida shahid bo‘lgan Hanzalaning xotini mashhur munofiq Abdulloh ibn Ubayy ibn Salulning qizi edi. («Saodat asri qissalari»)

2325. Uhud jangida qaysi sahoba Rasululloh s.a.v.ga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi?
Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi.
Javob: Uhud jangida Talha ibn Ubaydulloh Rasulullohga qilingan bir hamlani qo‘li bilan qaytarib, Janobimizni qutqarib qoldi. Bu zarbadan keyin uning qo‘li bir umrga harakat qilmaydigan bo‘ldi. («Saodat asri qissalari»)

2326. Uhud jangida qaysi sahoba Rasulullohning (s.a.v.) muborak yuzlariga sanchilgan halqalarni tishi bilan sug‘urdi?
 Halqa parchalarini sug‘uraman deb uning ikki tishi sindi.
Javob: Uhud jangida Abu Ubayda ibn Jarroh Rasulullohning (s.a.v.) muborak yuzlariga sanchilgan halkalarni tishi bilan sug‘urmoqchi bo‘ldi. Halqa parchalarini sug‘uraman deb Abu Ubaydaning ikki tishi sindi va bu siniq tishlar uning uchun bir umrlik aziz xotira bo‘lib qoldi. («Saodat asri qissalari»)

2326. Uhud jangida shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid kim edi?
Javob: Uhud jangida shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid Hanzala edi. («Saodat asri qissalari»)

2327. Uhudda qolgan shahidlarning aniq soni nechta edi?
Javob: Uhudda qolgan shahidlarning aniq soni to‘qson yettita edi. («Saodat asri qissalari»)

2328. Qur’onning oxirgi yozilgan oyatlariga guvohlik bergan, Rasululloh janobimiz (s.a.v.) uning guvohligini ikki kishining guvohligi o‘rniga qabul qilgan sahoba kim edi?
Javob: Qur’onning oxirgi yozilgan oyatlariga guvohlik bergan, Rasululloh janobimiz (s.a.v.) uning guvohligini ikki kishining guvohligi o‘rniga qabul qilgan sahoba Huzaymadir. («Saodat asri qissalari»)

2329. Dunyoni birinchi marta aylanib chiqqan dengizchi kim?
Javob: Fernando Magellan.
 
2330. Birinchi marta qaerda plastik operatsiya o‘tkazilgan?
Javob: Qadimiy Misrda fir’avn chap oyog‘i barmog‘ini ulash uchun mo‘miyodan foydalanishgani haqida arxeologik ma’lumotlar mavjud. Ushbu plastik operatsiyada suyak va yog‘och bir-biriga ulangan. Fir’avn o‘limidan so‘ng uning sun’iy barmog‘i bilan birgalikda mo‘miyolangan va bu bizning davrimizgacha yaxshi saqlangan. Bu topilma jahon ilm maydonida katta sensatsiya bo‘ldi. Olimlar qadimiy Misrda hatto kosmetik operatsiyalyaar ham o‘tkazilmagan, deb hisoblardilar.

2331. 59 yili o‘z onasini, uch yildan keyin esa xotinini o‘limga hukm qilgan, Rim shahrini yoqib yuborgan, oxir oqibat o‘z joniga qasd qilgan Rim imperatori kim edi?
Javob: Tiberiy Klavdiy Neron.

2332. AQShning 16- va 25-prezidentlari orasida qanday bog‘liqlik bor?
Javob: AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1860 yili prezident bo‘ldi. 25-prezident Jon Kennedi esa 1960 yili prezidentlik vakolatini oldi. Bular orasi 100 yil, ularni o‘ldirgan qotillarning ham tug‘ilishi orasi 100 yildir. Ikala prezident ham juma kuni xotinlari ko‘z o‘ngida o‘ldirilgan. Kennedi va Linkolnning kotiblari ismi ham bir xil edi: Jonson. Qiziqarlisi ikala Jonsonning tug‘ilishi orasi ham 100 yil edi. Ikala kotib ham prezidentga o‘limi oldidan shu tadbirni qoldirishni maslahat bo‘rgan edi.

2333. 13 yoshli Juletta rolini Sara Berner necha yoshida o‘ynagandi?
Javob: 13 yashar Juletta rolini aktrisa Sara Berner 70 yoshida ijro etgandi.

2334. U katta plantator va quldor bo‘lgan edi. Filadelfiya Assambleyasi vaqtida (1787 yil) uning qo‘lida 216 nafar qul mavjud edi. Gap qaysi mashhur shaxs haqida ketayapti?
Javob: AQShning birinchi prezidenti - Jorj Vashington.
 
2335. AQSh prezidentlari ro‘yxatida yagona katolik kim edi?
Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi AQSh prezidentlari ichida yagona katolikdir. AQShning boshqa prezidentlari protestantdir. Yana Jon Kennedi eng yosh AQSh prezidentlaridan biri sifatida ham mashhurdir. U 42 yoshida Qo‘shma Shtatlarni boshqargan.

2336. o‘z ixtirolari uchun eng ko‘p patent olgan olim kim?
Javob: Tomas Edison.

2337. Birdaniga 5 ta davlatni mustaqillikka erishtirgan shaxs kim?
Javob: Simon Bolivar 1810-1911 yillarda Janubiy Amerikadagi ispan koloniyalarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon rahbari edi. U birdaniga 5 ta davlatni ozod qildi: Kolumbiya, Ekvador, Peru, Venesuela, Yuqori Peru (Keyinchalik uning sharafiga Boliviya deb atalgan).

2338. Shekspir va Servantes uchun umumiy bo‘lgan jihat qaysi?
Javob: Ikkalasi ham bir kunda - 1616 yil 23 aprelda vafot etishgan.

2339. Birinchi ulkan samolyotning konstruktori kim bo‘lgan?
Javob: I.I.Sikorskiy.

2340. Italiyaning birlashishi uchun kurashgan va bunga 1879 yili erishgan shaxs kim edi?
Javob: Juzeppe Garibaldi - Italiyaning birlashuvi uchun kurashgan xalq qahramoni. 1879 yili uning harakatlari bilan Italiya birlashadi.

2341. Qaysi Nobel mukofoti sohibi futbolchi ham bo‘lgan?
Javob: Nobel mukofoti sohibi Nils Bor yaxshigina futbol o‘qnagan. U akasi bilan mamlakat milliy terma jamoasida ham to‘p surgan.

2342. 1931 yili elektr soqoltaroshni kim kashf qilgan?
Javob: Yakob Shik.

2343. Yevropaliklardan Afrikani birinchi bo‘lib tadqiq etgan olim kim?
Javob: Devid Livingston.

2344. Qaysi AQSh prezidenti yaxshigina pianist bo‘lgan?
Javob: G.Trumen mohir pianist bo‘lgan.
 
2345. Eramizdan 2000 yil avval yozilgan kimning qonunlari bizgacha yetib kelgan?
Javob: Katta tosh ustunga yozilgan Bobil shohi Xamurappi (eramizdan avvalgi 1728-1686 yillar) qonunlari bizning davrimizgacha yetib kelgan.

2346. Qaysi prezident umuman ta’lim olmagan?
Javob: AQShning 17-prezidenti Endryu Jonson hech qanday ta’lim olmagan. Uni o‘qish va yozishga xotini o‘rgatgan.

2347. Uning asl ismi Xaraoke Kimitake. Eng mashhur yapon yozuvchisi bo‘lgan bu shaxs 40 ta roman, 15 pesa, birqancha esselar yozgan. U rejissyor, aktyor bo‘lgan, uch marta Nobel mukofotiga nomzod bo‘lgan. Gap kim haqida ketayapti?
Javob: Yukio Misima.

2348. Eng ko‘p muddat davlatni boshqargan AQSh prezidenti kim?
Javob: AQShning 32-prezidenti Franklin Delano Ruzvelt 1933 yilda 1945 yilgacha prezident bo‘lgan.

2349. Tamakining birinchi targ‘ibotchisi kim bo‘lgan?
Javob: 1588 yili virjiniyalik Tomas Xarriet tamakini organizmni tozalaydigan eng yaxshi vosita sifatida targ‘ibot qila boshladi. Lekin tez orada uning o‘zi rakdan vafot etdi.

2350. Amundsendan keyin qaysi ingliz olimi Janubiy Qutbni tadqiq etgan?
Javob: Robert Falkon Skott.

2351. Birinchi aerofotos’emkani kim olgan?
Javob: Feliks Turnaxon.

2352. Qaysi yurt qizlari eng xunuk?
Javob: Buyuk Britaniyada chop etilayotgan jurnal so‘roviga ko‘ra, dunyodagi eng xunuk ayollar - afg‘onlar, inlizlar va nemislardir. Rus ayollari esa oltinchi o‘rinni band etishgan. Inglizlar eng xunuk nigohli ayollar yashaydigan mamlakatlar sifatida quyidagi to‘xtamga kelishdi: 1. Afg‘oniston. 2. Buyuk Britaniya. 3. Germaniya. 4. AQSh. 5. Xitoy. 6. Rossiya. o‘rta yoshdagi inglizlarning fikriga ko‘ra dunyodagi eng chiroyli nigoh sohibalari - alban, turk, frantsuz va hind ayollaridir.

2353. U 1949 yilgi fuqarolar urushi g‘alabasidan to o‘limiga qadar (1976) xalq Respublikasini boshqargan. Kommunistik partiya rahbari, diktator bo‘lgan. Gap kim haqida ketayapti?
Javob: Xitoy xalq Respublikasi dohiysi Mao Szedun.

2354. Uning asl ismi Tenchin Gyamcho. Tibetni ozod qilish uchun bel bog‘lagan ruhoniy. 1959 yili Xitoydan quvilgan. 1990 yili unga Nobel mukofoti berilgan. Gap kim haqida ketayapti?
Javob: Dalay lama XVI.

2355. Prezident bo‘lmasidan avval mast holda mashina boshqargani uchun uning haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishadi. 2000 yilgi saylovlarda uning sha’niga shu so‘zlar yangraydi: «hatto avtomobilni boshqara olmaydigan shaxs qanday qilib katta davlatni boshqara oladi?» Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: AQSh prezidenti Jorj Bush.

2356. Telegraf apparatini kim kashf qilgan?
Javob: Samyuel Morze.

2357. AQSh prezidentlari tarixida Bushdan avval yana ikki prezident bir-biriga qarindosh edi. Ular kim?
Javob: AQShning 9- va 23-prezidentlari Vilyam va Ben Garrisonlar bobo-nevaradirlar.

2358. 8-10 asrlardagi rus afsonalarida xalqni yovuz ilon (ajdaho)dan qutqargan uch bahodir kim edi?
Javob: Ilya Muromets, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich.

2359. Sovet Respublikasining birinchi prezidenti kim?
Javob: Mixail Gorbachev - SSSR kompartiyasining bosh kotibib Sovet davlatining birinchi prezidenti. Gorbachev davrida Sharqiy va g‘arbiy Germaniyaning birlashuvi va Berlin devorining yiqitilishi amalga oshirilgan.

2360. Betxovenni nima uchun hibsga olishgan?
Javob: Betxovenni daydi (sayoq) bo‘lgani uchun hibsga olishgan.

2361. AQSh prezidentlaridan qaysi biri urushda jarohat olgan?
Javob: AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi urush paytida jarohat olgan va butun umri davomida umurtqa suyagida og‘riq sezib yurgan. Lekin buni atrofdagilardan sir saqlagan.

2362. Bu ko‘rsatuv ilk bora O'zbekiston telekanalida 1961 yil 16 fevralda namoyish etilgan. Yaqin yillargacha ham berib borilgan, hozir ham onda sonda berib boriladi. Bu ko‘rsatuvning ilk boshlovchisi  Javob: Karim Qonkeldiyev bo‘lgan. Gap qaysi ko‘rsatuv haqida ketyapti?
"Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi".

2363. Dollar banknotlarida qaysi prezidentlar rasmlari mavjud?
Javob: 500$ - Villiam MakKinli; 1000$  - Grover Klivlend; 5000$ - Jeyms Medison; 100000$ - Vudrov Vilson.

2364. AQSh prezidentlari ichida eng kam va ko‘p oylik olgan davlat rahbari kim?
Javob: AQShning 42-prezidenti Bill Klinton eng kam oylik olgan prezidentdir. Uning yillik okladi 219 ming dollar bo‘lgan. Eng ko‘p haq to‘langan prezident esa Vilm Taftdir. Uning yillik oyligi 75 ming dollar (1,5 mln. dollar)ni tashkil etgan.

2365. Uning asl ismi Vilyam Sidney Porter. U 34627 raqam bilan qamoqxonalaridan birida mahbus edi. Ozodlikda uning kichik qizi qolib, uni Rojdestvo bilan tabriklab, sovg‘a jo‘natishga mahbusning puli yo‘q edi. U bir hikoya yozib, mahalliy jurnallardan biriga jo‘natadi. Baxtiga jurnalning Rojdestvo sonida uning hikoyasi chop etiladi. Gonorarga mahbus o‘z qizchasiga sovg‘a jo‘natadi. Keyinchalik u katta yozuvchi sifatida shuhrat qozonadi. Gap kim haqida ketayapti?
Javob: 1862 yil Grinsboroda tug‘ilgan, 280 ga yaqin hikoyalar muallifi - O’Genri

2366. Birinchi nafaqa sug‘urtasi haqidagi qonunni kim taqdim etgan?
Javob: Birinchi marta Bismark 60 yoshdan keyin nafaqa joriy etish haqidagi qonunni taqdim etganda uning ustidan kulishgan edi.

2367. Avstraliya tuprog‘iga qadam qo‘ygan birinchi yevropalik kim?
Javob: Gollandiyalik Billem Yanszon.

2368. Eramizdan avvalgi 218 yili 100 minglik qo‘shin bilan Ispaniya va Italiyani kezib o‘tgan Karfagen sarkardasi kim?
Javob: Gannibal.

2369. Janubiy Qutbni kim kashf qilgan?
Javob: 1911  yilning 14 dekabrida norvegiyalik Rual Amundsen.

2370. Birinchi vertolyotning konstruktori kim bo‘lgan?
Javob: Igor Sikorskiy.

2371. Roden «Mutafakkir»i kimning portreti?
Javob: Dante

2372. U AQShdagi fuqarolar urushida eng yosh general bo‘lgan. Lotin va grek tillarida bir vaqtning o‘zida ikki qo‘lida turli matnlar yoza olgan. Gap kim haqida ketmoqda?
Javob: AQShning 20-prezidenti Jeyms Garfild.

2373. Birlashgan Arab Respublikasining birinchi prezidenti kim?
Javob: Zayd ibn Sulton al-Nahayon.

2374. Qaysi AQSh prezidenti uylanmagan?
Javob: James Buxanan

2375. Poliomielitga qarshi vaksinaning ixtirochisi kim?
Javob: Djonas Solk

2376. Dunyodagi eng qimmat pochta markasi qaysi davlatga tegishli va u nech pul turadi?
Javob: Dunyodagi eng kamyob va eng qimmat pochta markasi Shvetsiyaga tegishli «Sariq treskilling»dir. Uning taxminiy narhi - $ 2.300.000.

2377. AQSh tangalarida qaysi prezidentlarning tasvirlari mavjud?
Javob: 1 sent - Linkoln; 5 sent - T.Jefferson; 25 sent -  J.Vashington; 50 sent - J.Kennedi; 1 dollarlik tanga - Farzandini yelkalab olgan hindu ayoli.

2378. Yevropaga tamakini kim keltirgan?
Javob: 1492 yil 15 oktyabrda Xristofor Kolumbga amerikalik hindular tomonidan birinchi marta tamaki hadya qilingan. Uni Yevropaga birinchi marta Kolumb keltirgan.

2379. Nima uchun Uolt Disney jonivorlarni suratga olgan?
Javob: U yoshdigida boyo‘g‘li qushini qiynab o‘ldirib qo‘ygan. o‘sha ishdan keyin hayvonlarni multfilm orqali jonlantirish(animatsiya) bilan shug‘ullangan.

2380. AQSh tangalarida "In God we trust" (Biz Xudoga ishonamiz!) degan yozuv qachon paydo bo‘lgan?
Javob: 1864 yilda.

2381. AQSh qog‘oz pullarida "In God we trust" (Biz Xudoga ishonamiz!) degan yozuv qachon paydo bo‘lgan?
Javob: 1954 yilda.

2382. Teodor Ruzvelt nima uchun Nobel mukofotini olgan?
Javob: 1906 yil Portsmut shartnomasi imzolanishiga qilgan fidokorona harakatlari uchun.

2383. Amerikaning mashhur brendlaridan biri "Mcdonald's"ning asoschisi kim?
Javob: Aka ukalar  Dik va Mak Donaldslar. 1940 yili ochilgan ilk restoranlari Kaliforniyada joylashgan edi.

2384. Nima uchun telefon kashfiyotchisi Aleksandir Grexem Bell biron marta ham onasi va xotiniga qo‘ng‘iroq qilmagan?
Javob: Ular kar bo‘lishgan.

2385. Napoleon qaysi jonivordan judayam qo‘rqqan edi?
Javob: Mushukdan

2386. Qaysi AQSh prezidentlari qotil qo‘lidan vafot etgan?
Javob: Avraam Linkoln, Jeyms Garfild, Uilyam Mak-Kinli, Jon Fitsjerald Kennedi

2387. Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu u kishining ilmlarini qanchalik qadrlashlarini Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu o‘zlarining quyidagi gaplari bilan bayon qiladilar: « ..... dan ko‘ra fahmi daqiq, aqli o‘tkir, ilmi ko‘p va hilmi keng odamni ko‘rmaganman. Umar uni qiyin masalalarni yechishga chaqirganini o‘zim ko‘rganman. Holbuki, uning atrofida muhojir va ansor, Badr ahllari ko‘p edi. Agar ..... gapirsa, Umar uning gapidan nariga o‘tmas edi». Gap kim haqda ketmoqda?
Javob: Abdulloh ibn Abbos.

2388. Molning bolasini buzoqcha, qo‘yning bolasi qo‘zichoq, tuyaning bolasi bo‘taloq, eshakning bolasi xo‘tikcha‘¦ Mushukning bolasi nima deyiladi?
Javob: Xumpar.

2389. Ohuning bolasi nima deyiladi?
Javob: Quralay.

2390. Chaturanga o‘yini qaysi sport turining kelib chiqishiga muhim omil bo‘lgan?
Javob: Shaxmat sport turining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

2391. Shaxsey-vaxsey qanday marosim? Nima uchun shunday ataladi?
Javob: Ashuro kuni bilan bog‘liq so‘z. Shoh Husayn, voh Husayn so‘zi bilan bog‘liq. Shialar ashuro kuni o‘zlarini badanlarini urib shaxsey-vaxsey marosimi qilishadi. 

2392. Qadimgi turkiy tilda arava g‘ildiragining tagligi ma’nosida ishlatilgan turmaz so‘zi ayni paytda biz ham ishlatayotgan qaysi rusiy so‘zning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan?
Javob: Tormoz

2393. Qadimgi turkiy tilda aralashtirmoq, qorishtirmoq ma’nolarini ifodalovchi «jo‘g‘urmaq» so‘zidan olinib, suyuq qatiq ma’nosini anglatadigan qaysi ingliz so‘zini biz hozir ham ishlatamiz?
Javob: Yogurt

2394. Qadimgi turkiylarda suv yoki suyuqlik to‘ldirilib, ot va boshqa ulovlar egariga qo‘shib bog‘lanadigan charm idish «baqlaq» deyilgan. Hozirda biz uning o‘rniga asli turkiydan o‘zlashib, so‘ng rus tili orqali qaytib kelgan qaysi so‘zni ko‘p bora ishlatamiz?
Javob:  Baqlaq» so‘zi rus tiliga «baklak» tarzida o‘tgan, so‘ng kichraytirish qo‘shimchalari qo‘shilib, «baklajka» yuzaga kelgan. «Baqaloq» so‘zining o‘zagi ham «baqlaq» bilan bog‘liq ekan. Odatda o‘sha paytdagi mesh-idishlar xuppa semiz bo‘lgan ekan, shunga semiz odamlarni baqloqqa o‘xshatib, «baqaloq» deyishgan ekan. 

2395. Qadimgi turkiylarning katta harbiy bo‘linmasi «bo‘luk» deyilgan. Bu so‘z turkiy tildan rus tiliga, rus tilidan yana o‘zimizga qaytib qanday ko‘rinish oldi?
Javob: Polk

2396. Qadimgi turkiylarning «tamg‘achi» (muhrdor) kasbi nomidan qaysi rus so‘zi olingan?
Javob: Tamojnya

2397. Qadimgi turkiydan rus tiliga o‘tgan bu so‘z «bag‘» (bog‘) so‘zi bilan bog‘liq, «bag‘ash» («bog‘langan») so‘zidan yasalgan rusiy so‘z qaysi?
Javob: Bagaj.

2398. Qadimgi turkiydan rus tiliga o‘tgan bu so‘z «qora tosh» birikmasidan olingan. Bu so‘z qaysi?
Javob: Karandash

2399. Ushbu so‘zni ba’zi olimlar arab tilidagi «dor as-sino» (ustaxona) so‘zidan olingan desa, ba’zi olimlar turkiy tildagi qurol-yarog‘ ustaxonasi ma’nosini anglatuvchi «tarsana» so‘zidan olingan deydilar. Bu so‘z qaysi?
Javob: Arsenal

2400. Rus tilidagi bu so‘z turkiy tildagi «bilbes» (bilmas) so‘zidan olingan. Bu so‘z qaysi?
Javob: Balbes.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.