OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

"Ziyouz viktorinasi"da berilgan savol-javoblar (2401-2500)

2401. Bu sport turining nomi arab tilidan tarjima qilganda «naqsh tosh» degan ma’noni bildiradi. Miloddan avvalgi 2700 yilda Misrda ma’lum bo‘lgan ushbu sport turi qaysi?
Javob: Shashka

2402. Ushbu so‘z forsiycha band va turkiy et so‘zlaridan, ya’ni, band et - qama birikmasidan olingan. Bu mashhur so‘z qaysi?
Javob: Bandit

2403. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «ber yaq» (berigi yoq, narigi tomon) birikmalaridan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Bereg.

2404. Turkiy tildagi "o‘tlug‘" so‘zidan rus tilida bir so‘z paydo bo‘lgan. Bu...?
Javob: Utyug.

2405. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «bala igez» (egiz bola) birikmalaridan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Bliznets

2406. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «burd» (mo‘ylov, murt) so‘zidan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Boroda

2407. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «belУ™zek» (bilarzik, bilaguzuk) so‘zidan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Braslet.

2408. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «ber atadan» (bir otadan) birikmalaridan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Brat.

2409. Tilmoch so‘zidan qaysi rus so‘zi kelib chiqqan?
Javob: Tolmach

2410. Ushbu rusiy so‘z turkiydagi «berek oek» (oyoqni biriktiruvchi) birikmalaridan olingan.  Bu so‘z qaysi?
Javob: Bryuki

2411. Kayvon uyning qaysi qismi?
Javob: Ayvonga kiraverishdagi ko‘tarilib qurilgan joy.

2412. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi?
Javob: Suvda

2413. Qanday idishning og`zi yo`q, tagi esa teshik bo`ladi?
Javob: To‘ntarilgan (teskari turgan) idish.

2414. Biz deyarli har kuni ishlatadigan uy, ishxona telefonlarida eshitiladigan tovush(gudok) qaysi notada jaranglaydi?
Javob: Lya

2415. Qadimda Iberiya, Avzoniya, Gelvetsiya nomlari bilan atalgan davlatlar qaysi?
Javob: Italiya, Ispaniya, Shvetsariya

2416. Turk qal’asi Hojibey asosiga qurilgan, 1789 yili italyan Ribas tomonidan yangi nom bilan atalgan shahar qaysi?
Javob: Adashmasam, Odessa

2417. Rus yozuvchisi va aerodinamika asoschisi bo‘lgan olimning familiyalari bir xil. Ular kimlar?
Javob: Nikolay Jukovskiy va Jukovskiy Vasiliy Andreevich

2418. Xitoychada «katta shamol» ma’nosini anglatadigan xalqaro so‘z qaysi?
Javob: Tayfun

2419. Xalqaro meteorologlar kuni qaysi sanada nishonlanadi?
Javob: 23 mart

2420. Uch xil vertikal holatdagi ranglardan iborat Fransiya bayrog‘ini xamma taniydi. o‘sha bayroqda chiziqlar (yo‘llar)ning eni teng proporsional emas. Ya’ni o‘lchamlari xar xil. Bunga nima sabab deb o‘ylaysizlar???
Javob: Fransiya milliy bayrog‘i ko‘k, oq, qizil ranglarda teng proportsionaldir. Faqatgina dengiz bayrog‘i 30:33:37 tarzda proporsional emas. Bunga sabab, shamol esganda va harakat paytida bayroq hilpiraganda teng proportsional turishi uchundir.

2421. Bu dengiz hayvoni portugalchadan tarjima qilganda «katta boshli baliq» ma’nosini anglatadi. Bu qaysi hayvon?
Javob: Kashalot.

2422. Bir tanob yer nechi gektar?
Javob: Tanob (arab. ‘” chilvir, arqon) ‘” 1) o‘rta Osiyo, xususan, o‘zbekiston hududida qo‘llanilgan uzunlik o‘lchov birligi. 17-a.da qiymati 39,9 m ga teng bo‘lgan; 2) o‘rta Osiyo xonliklarida tomonlari 60 gaz dan iborat bo‘lgan maydonga teng, ya’ni ekin maydonini o‘lchash uchun qo‘llanilgan yuza birligi. 1 T. 60x60 kv. gaz =3600 kv. gaz =0,08194 ga=900 kv. m (1 ga=12 tanob); (o‘zME)

2423. Qaysi SSSR oliy rahbarlarining otasi ismi (ochestvo) bir xil bo‘lgan?
Javob: Leonid Ilich Brejnev bilan Vladimir Ilich Lenin.

2424. Butun dunyoga mashhur Microsoft - Windows Welcome Music musiqasi muallifi kim?
Javob: Brian Eno

2425. Qaysi "Yashil" mamlakatda "Muzlik" mamlakatidagidan xam sovuqroq?
Javob: Grenlandiya Islandiyadan ham sovuqroq. Greenland va Island dan kelib chiqqan.

2426. Eng qimmat metall?
Javob: Rodiy.  225,1$/1 gr

2427. "Klizma" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?
Javob: Huqna

2428. Teplitsa, parnik, issiqxona. Ushbu so‘zlarga eng mos tushuvchi o‘zbekcha so‘z qaysi?
Javob: Parvarishxona

2429. "Prilavka" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?
Javob: Peshtaxta

2430. "Pritsep" so‘zining o‘zbekchasi qanday bo‘ladi?
Javob: Shatak

2431. Germaniya, Koreya, Albaniya, Vengriya. Ushbu davlatlar uchun ularning nomlanishiga aloqador qanday umumiylik bor?
Javob: Germaniya, Koreya, Albaniya va Vengriyalarning xalqaro nomlanishi ularning o‘z milliy konstitutsiyaviy nomlanishidan butunlay farq qiladi: Germaniya - haqiqiy nemis tilida Doych; Koreya - asl koreys tilida Choson; Albaniya - alban tilida Shkiptaryusi; Vengriya - vengerlarning o‘z tilida Majyarzarzag.

2432. Oyoq, qo‘l, bel jo‘rligida, qo‘ng‘iroqlar taqib tushiladigan raqs turi?
Javob: Zang

2433. Ikki qiz, ikki ona-yu yana buvi bilan nevara. Bular necha kishi?
Javob: Uch kishi

2434. Bolaligimizda ko‘pchiligimiz sovun pufakchalari o‘ynaganmiz. Shu sovun pufakchalari orqali 1801 yilda qaysi fizika hodisasi kashf etilgan?
Javob: Sovun pufakchalari orqali interferentsiya hodisasi kashf etilgan.

2435. Polkovnikning otasini o‘g‘li bilan polkovnikning o‘g‘lini dadasi gaplashishyapti. Polkovnik ketib qoldi. 2 kishi haliyam gaplashyapti. Ular kimlar?
Javob: Polkovnikning eri bilan ukasi qolgan. Pochcha bilan qaynog‘a qolgan.

2436. Nomlanishi Qadimgi ovro‘poning "Amon" xudosi nomidan kelib chiqqan, birinchi marta esa 1801 yilda Liviya hududidan keltirilgan kimyoviy modda (birikma)?
Javob: Ammiak.

2437. Davriy jadvaldagi 67-elementni kashf etgan olim Kleeme ning millati qanday bo‘lgan?
Javob: Kleeme Golmiy elementini Stokogolm shahri sharafiga qo‘ygan, ya’ni uning millati shved.

2438. Kalhasan qaysi poliz ekinining nomi?
Javob: Qovun

2439. Butun dunyoga tanishtirilganiga 100 yildan oshgan bo‘lgan bo‘lsa ham bu elementlar sirli va notanishligicha qolmoqda. Agar fanda biror revolyutsion radikal o‘zgarish yuz bermasa, ular doimo shundayligicha qolishi aniq. Ular qaysi elementlar?
Javob: 1898 yilda londonlik olimlar U.Ramzay va Trevers spektral analiz yo‘li bilan Ksenon va Kripton elementlarini ochishgan va fanga ma’lum qilishgan. Bu elementlarning nomlanishi - "Ksenon" grekchada Xenon "notanish" va "Kripton" Cripton - "sirli" deb nomlashgan. Agar qaysidir mukofot orzuidagi olimlar chiqib elementlar nomini o‘zgartirishni tavsiya etib qolmasa, endi bu elementlar doimiy "sirli" va "notanishligicha" qolaveradi...

2440. Saudiya Arabistoni nomlanishi jixatidan dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. Uning noyobligi nimada?
Javob: Saudiya Arabistoni davlatning rasmiy nomi boshqaruvchi sulola nom bilan ataladian dunyodagi yagona davlatdir. Bunaqa davlatlardan yana biri Iordaniya Hoshimiylar qirolligi (payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning to‘g‘ridan to‘g‘ri avlodlari u yerda hukmron), lekin rasmiy nomlanishda bu davlat Hoshimiylar qirolligi emas, balki Iordaniya qirolligi deyiladi.

2441. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan davlat?
Javob: 1991 yil 16 dekabrda rasmiy ravishda birinchi bo‘lib tan olgan davlat - Turkiya.

2442. Per de-Kuberten bu sport turini Olimpiada dasturiga qo‘shishni istamagan. Lekin bir afsona qahramonining mardonavor jasorati haqidagi hikoya uning fikrini o‘zgartirdi va bu sport ham Olimpiya dasutriga kiritildi. Bu qaysi sport turi?
Javob: Marafon

2443. 16-asrdayoq Ispan qiroli Filipp II bu g‘oyaga ijobiy xayrixoh munosabatda edi. Lekin u bir nasoro yepiskopning "Xudoning o‘zi ajratgan narsani  birlashtirish durust emas" degan fikri bilan bu g‘oyadan voz kechadi. Bu qaysi g‘oya edi? Bu g‘oya 20-asrda amalga oshirildi va jahon iqtisodiyotida judayam katta ahamiyatga ega. Uning egizagi ham bor... Gap qaysi g‘oya haqida ketyapti?
Javob: Panama kanali. Egizagi Misrdagi Suvaysh kanali. Ikkalasiyam jahon iqtisodiyotida judayam katta ahamiyatga ega strategik obyektlar hisoblanadi.

2444. Bolalarni beshikdayoq unashtirib qo‘yish odati?
Javob: "Beshikkerti"

2445. Bolalar uchun ishlangan birinchi o‘zbek filmi?
Javob: 1943 yilda Yo‘ldosh A’zamov tomonidan ishlangan "Qilich" filmi.

2446. Zumrad qaysi poliz mahsuloti (sabzavoti)ning nomi?
Javob: Shirin qalampir.

2447. Soqoldan qo‘rqish kasali?
Javob: Barbofobiya

2448. "Dunyo okeani" terminining  boshqacha talqini "Galosfera" deyiladi, bu yer sharining suv qobig‘i qismining uning eng asosiy xususiyati bilan birlashtirlgan so‘zlar kombinatsiyasidan kelib chiqqan. Aynan qaysi xususiyat?
Javob: Galo - tuz; sfera - shar.

2449. Faqat turkiy she’riyatda yuzaga kelgan vazn?
Javob: Barmoq vazni

2450. Stadionlari ustida burgutlar uchib yurishi odatiy xol bo‘lgan davlat?
Javob: Boliviya

2451. Dunyoning eng tez o‘sadigan o‘simligini nomi nima?
Javob: Bambuk. Sutkasiga 75 santimetr o‘sadi.

2452. Qur'ondagi eng katta qissa qaysi va u qissa nechta surada nechta o‘rinda zikr qilingan ?
Javob: Muso alayhissalom qissasi, 24 yoki 25 surada, 73 o‘rinda kelgan.

2453. Payg‘ambarlardan to‘rttasining millati arab bo‘lgan. Bular qaysi payg‘ambarlar?
Javob: Hud , Solih , Shuayb va Muhammad (s.a.v.)lar

2454. Muso alayhissalomdan keyin Bani Isroil qavmiga yuborilgan payg‘ambarning  ismi?
Javob: Yusha alayhisalom.

2455. Makkalik sahobalar umumlashtirib "muhojirlar", madinaliklar esa "ansorlar" deyilgan. Makkalik ham, madinalik ham bo‘lmagan sahobalarning umumlashtiruvchi nomlanishi qanday bo‘lgan?
Javob: Boshqa yurtlarda tug‘ilib o‘sgan sahobai kiromlarning umumiy nomi "Axyorlar" bo‘ladi.

2456. Oy sayyorasida kunduzi necha gradus havo harorati kuzatiladi?
Javob: +125Вє

2457. Leonid Ilich Brejnev SSSR oliy kengashi bosh kotibiligi vaqtida sochi to‘kilayotganidan shikoyat qilib shaxsiy vrachidan shu sohadagi eng yaxshi olim mutaxassislarni to‘plashni so‘raydi. Soch to‘kilishi va uning muammolari bilan ilmiy shug‘ullanuvchi 12 ta olimdan iborat shifokorlar guruhi Brejnev xizmatiga hozir bo‘lishadi. Ammo Brejnev ularni hayron qoldirib, birinchi - tanishuv uchrashuvini o‘zidayoq ularning xizmatidan voz kechdi. o‘ylab ko‘ringchi bunga nima sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
Javob: Olimlarning o‘zlari ham kal ekanligini ko‘rib, Brejnev ularning xizmatidan voz kechgan.

2458. Murakkab reflektor holat: ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz tez nafas olish?
Javob: Yo‘talish.

2459. Eng yirtqich baliq?
Javob: Piranya.

2460. Alloh taolo u inson haqida o‘n oltita oyat nozil qilgan. U inson kim edi?
Javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum (r.a)

2461. Surxondaryo viloyati sharqidagi tog‘ tizmasi?
Javob: Bobotog‘

2462. Qur'oni karimdagi qaysi suralar payg‘ambarlar ismlari bilan atalgan?
Javob: "Yunus", "Hud", "Yusuf", "Ibrohim", "Muhammad", «Nuh».

2463. Vizantiya imperatorlaridan biri otlarni juda ham yaxshi ko‘rar ekan. O'zining otlariga qarash uchun yangi otboqar yollabdi. Oradan bir oy vaqt o‘tgach imperator otlarini tomosha qilish uchun otxonasiga tashrif buyuribdi. Shu payt otxonadagi barcha otlar baravariga kishnab yuboribdi, imperator bundan juda ham xursand bo‘libdi. Otboqar yigit bunga qanday erishgan?
Javob: Tarixdan ma'lumki imperatorlar o‘zlarining ananaviy liboslariga ega bo‘lganlar. Vizantiya imperatori ham hamisha qizil rangdagi libos kiygan. Imperatorning otboqari esa otlarga bir oy davomida faqat qizil rangdagi idishlarda yem bergan va imperator otlarini tomosha qilish uchun keladigan kunda otlarga yem bermagan. Shunday qilib otxonaga imperator qizil rangli kiyimda kirib kelgan vaqtda otlar yem beriladi deb o‘ylab baravariga kishnab yuborgan.

2464. Yaponiyaning Tokiodan avvalgi poytaxti nomi?
Javob: Kioto

2465. Turpning vatani?
Javob: Turpning asl vatani Yaponiya bo‘lib, taqriban 300 yil muqaddam O`rta Osiyoga keltirib ekilgan.

2466. Eng ko‘p it boqadigan davlat?
Javob: Italiya

2467. o‘zi suvda tug‘iladi, ammo suvdan qo‘rqadi?
Javob: Tuz

2468. Qaysi shaharni "Mangu bahor" deb atashadi?
Javob: Addis Abeba

2469. Ko‘p shaharlar nomlari qandaydir sonlar yoki raqamlar bilan bog‘liq: Yettisuv, Uchko‘prik, Pyatigorsk, Semipalatinsk. Savol: Rus shaharlari orasidagi nomi eng katta sonli ifodalanuvchi shahar qaysi?
Javob: Tyumen - turkiy tillardagi Tuman so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, ming ma’nosini anglatadi.

2470. Qayerda sudralib yuruvchilar (ilon, echkiemar va h.z.) umuman bo‘lmaydi?
Javob: Antarktidada

2471. Qaysi jonivor uhlamaydi?
Javob: Delfin

2472. 22 sentyabr qanday kun?
Javob: Kuzgi tengkunlik kuni.

2473. Qovun necha soatda hazm bo‘ladi?
Javob: Qovun 18 soatda hazm bo`ladi

2474. Insonning eng katta ichki a’zosi?
Javob: Jigar

2475. Birinchi temir yo‘l qayerda paydo bo‘lgan?
Javob: Birinchi temir yo‘l Angliyada paydo bo‘lgan.

2476. Butun bir qit’ani egallagan yagona davlat?
Javob: Avstraliya

2477. «Kamol qozi» madrasasi qayerda joylashgan?
Javob: Qo‘qonda

2478. Eng ko‘p shakarqamish yetishtiradigan davlat?
Javob: Braziliya

2479. Kulgu haqidagi fan?
Javob: Gelotologiya

2480. Shimoldan janubgacha eng uzun cho‘zilgan davlat qaysi?
Javob: Chili

2481. Mashhur aktyor Abbos Bakirov qayerda tug‘ilgan?
Javob: Andijonda

2482. Marokash davlatida birichni orden 1910 yilda ta’sis etilgan. "Xalif" ordeni deb nomlanuvchi bu nishonlar olti qirrali yulduz shaklida namoyon bo‘ladi va uning har bir qirrasiga dunyoda eng ko‘p takrorlanadigan, mashhur so‘zlar bitilgan. Savol: Orden qirralariga qaysi so‘zlar bitilgan?
Javob: Kalimai tavhid.

2483. Eng ko‘p yomg‘ir yog‘adigan davlat?
Javob: Paragvay

2484. o‘zbekistondagi eng birinchi FM diapazonidagi radiolardan biri «Vodiy Sadosi» qachon ochilgan?
Javob: 1998 yil, oktyabrda

2485. Kalibri qushining vazni qancha?
Javob: 2 gr.

2486. Qaysi maymun turi o‘zini oynada taniydi?
Javob: Shimpanze, makaka.

2487. Yumronqoziq bir kechada necha metr chuqur kavlaydi?
Javob: Yumronqoziq bir kunda 76 metr chuqur(er) kavlashi mumkin.

2488. Chuvalchangda nechta tish bo‘ladi?
Javob: Chuvalchangning tishi 25 mingta.

2489. Italiyaning Rim shahri tumanlarining birida yurtimizda yashab o‘tgan bobokalonimiz nomi qo‘yilgan bir katta ko‘cha bor. Sharafiga ko‘cha nomiga qo‘yilgan bobokalonimiz kim?
Javob: Ibn Sino (Avitsenna)

2490. Ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘z ishini uyida bajaradigan hizmatchilar toifasi?
Javob: Kasanachi

2491. Turk sultonligi va Rus imperiyasi o‘rtasidagi o‘zaro chetki (neytral) hududlar bo‘lgan yerlarda tashkil topgan davlat nomini ayting?
Javob: Ukraina. "Okraina" so‘zining rus tilidagi qadimgi varianti, "Chetki" degan ma’noni anglatadi, Usmoniy turklar imperiyasi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi rus-turk urushi davrigacha o‘zaro chetki chegara hududi.

2492. Eshakning erkagi qanday nomlanadi?
Javob: Xangi

2493. Tovuq kamalakning nechta rangini ko‘ra oladi?
Javob: Tovuq kamalakning barcha ranglarini ko‘ra olarkan.

2494. Tuyaqushning tuxumini qaynatib pishirganda necha soatda pishadi?
Javob: Tuyaqushning tuxumini qaynatganda 4 soatda pishar ekan.

2495. "Yorug‘lik kuchining majburiy nurlanish yordamida  ortishi" so‘zini bitta so‘z bilan ifodalang.
Javob: Lazer

2496. Sichqon 1 daqiqada necha marta nafas oladi?
Javob: Sichqon bir daqiqada 200 marta nafas oladi.

2497. Hazrati Umar r.a. ning vafotlaridan keyin xalifalikka bay’at berilayotgan vaqtda hakam (saylov komissiyasi raisi)likni o‘z zimmasiga olib, o‘z nomzodini xalifalikdan qaytib olgan sahobai kirom kim?
Javob: Abdurahmon ibni Avf r.a.

2498. Unga onasi: "Erkaklarday kurasha olmading, mana endi ayollarday yig‘la, -degandan keyin sulton yig‘laydi, u yig‘lagan tepalik esa hozirgi kunda juda mashur. So‘z kim haqida ketyapti...
Javob: G'arnota (Grenada - Andalus)ning so‘ngi hukmdori - sulton Abdulloh.

2499. Atmosfera bosimi o‘zgarishlarini trend ko‘rinishida qayd etib boradigan asbob qanday ataladi?
Javob: Barograf.

2500. "Oyog‘ida chang‘isi bilan tug‘ilgan" millat?
Javob: Norvegiyaliklarni shunday atashadi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.