background
logotype

Dunyoning eng boy hukmdorlari - Forbes 2006

Forbes jurnali dunyoning eng boy hukmdorlari: qirol va qirolichalar, diktatorlar ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingni Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh bin Abdulaziz 21 milliard dollar mablag‘ bilan boshqarib turibdi.

2005 yilning avgust oyida Saudiya qiroli Fahd vafot etib, uning o‘rniga ukasi taxtga chiqqandi. Mamlakatda qirol oilasi neft biznesining 45 foizini boshqaradi.

Ikkinchi o‘rinni esa Bruney sultoni Hoji Hassan al-Bolkiah 20 milliard dollar bilan band etgan. Hoji Hassan al-Bolkiah 1967 yili  taxtga o‘tirgan. Sultonning daromadlari asosan gaz va neft biznesidan keladi. Uning 1788 xonadan iborat saroyi hamda oltin va olmos bilan ziynatlangan go‘zal masjidi tillarda dostondir.

1959 yildan beri Kubani boshqarayotgan lider Fidel Kastro ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan. Jurnal bergan ma’lumotlarga ko‘ra Kastro 900 million dollar mablag‘ga egalik qilayapti (7-o‘rin). Bundan xabar topgan Kuba rahbari Forbesni sudga berishini ma’lum qilgan. Chunki uning bunday reytinglarda qatnashishi uyat emish. Diktatorning aytishicha, uning mablag‘i 0 ga teng ekan. Forbesga ko‘ra, 2003 yili Kastroning mablag‘i 100 million dollarni tashkil etgan edi. 

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zayid al-Nahyon 19 milliard mablag‘i bilan uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum undan 5 milliard kam mablag‘ bilan to‘rtinchi o‘ringa loyiq topildi. Amirlik prezidenti al-Nahyonning asosiy daromadi neft biznesidan keladi (mamlakat neft eksportining 90 foizi prezidentga tegishli). Dubay amiri shayx Muhammadning ham daromad manbai neft biznesi va investitsiyalardandir. U otlarga qiziqadi, o‘zi ham bir necha bor poygalarda g‘olib chiqqan.

Reytingning keyingi pog‘onalaridan Lixtenshteyn knyazi Xans Adam II (4 milliard dollar, 5-o‘rin), Monako qiroli Albert II (1 milliard dollar, 6-o‘rin), Fidel Kastro, Ekvatorial Gvineya Respublikasi prezidenti Teodoro Obiyanga Nguema Mbasogo (600 million dollar, 8-o‘rin), Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II (500 million dollar, 9-o‘rin), Niderlandiya qirolichasi Vilgelmina Armgard (270 million dollar, 10-o‘rin) joy egallagan.

Forbes-2006: Dunyoning eng boy hukmdorlari




Abdulloh bin Abdulaziz
$21 mlrd. Yoshi: 82



Hoji Hassan al-Bolkiah
$20 mlrd. Yoshi: 59



Xalifa bin Zayid al-Nahyon
$19 mlrd. Yoshi: 58



Shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum
$14 mlrd. Yoshi:  56



Xans Adam II
$4 mlrd. Yoshi: 61



Albert II
$1 mlrd. Yoshi: 48

http://ziyouz.com/rasmlar/rating/royals_07_fidel_kastro.jpg

Fidel Kastro
$900 mln. Yoshi: 79



Teodoro Obiyanga Nguema Mbasogo 
$600 mln. Yoshi: 63
 


Yelizaveta II
$500 mln. Yoshi: 80


Beatriks Vilgelmina Armgard
$270 mln. Yoshi: 68

AbdulAziz tayyorladi.

2004-2017 © www.ziyouz.com. Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

.