OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Nafs kimda yo‘q?

Bir kuni Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror Valining ziyoratiga otlandi. Yo‘lda enlikkina ariqqa duch keldi. Sakrab o‘tayotib, cho‘ntagini ushladi. Uning cho‘ntagida sakkiz tillosi bor edi.
Xoja Ahror Valining mol-dunyosi behisob edi. Yaylovlarda uning minglab moli o‘tlab yurar, bular muridlar tarafidan hazrat eshonga nazr qilingan jonzotlar edi. Xoja Ahror “Xalqdan kelgani – xalqqa!” degan e’tiqodda bu mollarning bir qismini yetim-esir, g‘aribu g‘uraboga ehson qilib turar edi. Buni Jomiy ham bilardi, lekin, baribir, suhbat chog‘i tili qichib, Valiyga ta’na qildi:
– Taqsir, dunyoga o‘ta berilib ketayotir ekansiz, deb eshitamiz, Sizdek piri komilning molu manotga bu qadar hirs qo‘yg‘oni ajab hol erur...
Xoja Ahror Valiy kuldi.
– Mavlono, bizning mol-dunyoga o‘chligimiz siznikidan ortiq emas. Huzurimizga kelayotib, ariqdan sakradingiz. Kissangizda sakkiz tillo tushib qolmasin, deb joningizni hovuchlab o‘tganingizni ham ko‘rib turdik. Nafs o‘zlarida ham bor ekan, mavlono... 
Jomiy kulib yubordi.

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.