OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Rodrigo Berdugo (1977)

http://ziyouz.com/images/rodrigo.jpg

Rodrigo Berdugo Pisaro 1977 yil 9 yanvarda Chili poytaxti Santyago shahrida tug‘ilgan. Bir necha yildan buyon ispan tilida nashr etiladigan “Oqim” va “Aqiq lablar” jurnallarining hammuharriri vazifasida ishlab kelmoqda. Ilk she’riy to‘plami “Parda ortidagi yalang‘ochlar” deb nomlanadi. She’rlari italyan, portugal, polyak, arab va frantsuz tillariga o‘girilib, turli antologiyalarda bosilgan. Rodrigo “She’riyat do‘stlari” nomli uyushma tashkil etgan tanlov g‘olibi bo‘lgan. Jahon shoirlari uyushmasi a’zosi sifatida u chet mamlakatlarda o‘tkaziladigan she’riyat bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda. She’rlari o‘zbek tiliga birinchi bor o‘girilmoqda.
 
  
SHUNDAN BUYON SEN-LA UYG’ONGUM
 
Diana Kamacho Brisenyoga
 
Haqlisan, 
Bu kech qonimizga kirar mangulik,
Seni anglamoqqa urinarkan bot
Vujding qoplashga uringum chunon.
 
Esingdami, ko‘krak ifori ila
To‘lib ketganiga parvo qilmasdan
faqat biznikiydi sehrli o‘rmon?
 
Yonib,
shundan beri sen-la uyg‘ongum
Suvlar unut bo‘lmay oqar biz tomon
Ana, oxiri yo‘q sharshara misol
Kunduz va tun ikkov saqlanur hamon
 
 
U KUNDAN SO’NG        
 
Dushmanona sayohat uchun zamin musiqasin chalarkan 
Ular narsalarning o‘rnin o‘zgartdi
Dengiz ko‘tarila boshladi asta, 
dahshatli davralar qolmoqda ortda
 
Yo‘limiz ko‘zlarni izlaydi, izlayur toshlarni bir yo‘sin.
 
Qandoq jo‘r bo‘lishni biladi ular,
Voqif har narsaning teskarisidan
Boshlandi barchasi tomchi-tomchilab, yana nomba-nom
Uydirma bargdayin oyoq ostida.
Ular yaxshi bilar, o‘lgan kimsalarni tasvirlashmaydi
Yetarli dunyoning nargi tomoni 
qo‘zg‘alashi daraxt va suvlarga qarshi
Ashyolaru hayotga hamda 
Yulduz jasorati bo‘lmagan istalgan og‘riqqa qarshi.
 
Ular yaxshi bilar,
Nimanidir to‘lab 
Bolishlar ichida yongan qalamlarni tutarkan, 
xulosalab tasavvurlarni
Shu tariqa kelishgan edi
Shu tariqa joylashishgandi 
tomchiba-tomchi, nomma nom 
 
Narsalar odamlar-la cheklanmasdan avval
Ammo vaqt tosh bilan, nur bilan o‘lchangan mahal
Tosh va qon nurni qonuniylashtirishni o‘ylardi
Go‘zallik daryolarni kavlagan zamon
Va nihoyat 
qo‘llarida tasodiflar novdasin ushlab 
Parvardigor kutardi bizni.

A'zam Obidov tarjimasi

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.