OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Qurbon sozchi (1866-1946)

Qurbon sozchi(taxallusi; asl nomi Qurbon Ismoilov) (1866 — Xiva — 1946) — baxshi, O‘zbekiston xalq shoiri (1938). Xudoybergan O‘tagan o‘g‘li va Qo‘shako‘r sozandaning shogirdi. Yoshligidan musiqa va adabiyotga qiziqqan, xalq ijodi namunalarini, she’r yozish qonun-qoidalarini o‘rgangan.

«Qurbon ota hayotidan», «Xorazm tarixi» va boshqa termalarini garmon jo‘rligida ijro etgan. Xiva shahridagi maktab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ko‘cha, Xorazm viloyati kutubxonasi baxshi nomi bilan atalgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.