Fayzulla Salayev 1950 yil 1 aprelda Xorazm viloyati Gurlan tumanida tug‘ilgan. ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. «Xorazm haqiqati», «Paxtakorlar ovozi», Xorazm va Qoraqalpog‘iston televideniesi, Qorqalpog‘iston kitobsevarlar jamiyatida turli lavozimlarda ishlagan.
F.Salayev − filologiya fanlari nomzodi. Hozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
2011 yil Toshkentdagi «Muharrir» nashriyotida F.Salaevning qissa va hikoyalari «Qayting, bulbullar» nomi bilan chop etildi.