Ne’mat Arslonov 1941-yil 7-iyun kuni Shahrisabz tumani Miraki qo‘rg‘onchasi yaqinidagi Takiya qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan (1965). 1971-80 yillardan boshlab "Adabiyot va san’at" gazetasi, "Yoshlik", "Sharq yulduzi" jurnallarida hikoya, qissa va romanlari bosila boshladi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Mustaqillik yillarida "Ayol suvratiga chizgilar", "Oldinda yana tun bor" hikoyalar to‘plamlarim chop etildi. "Adam vodiysi", "Mavhumot" romanlari dunyo yuzini ko‘rdi.