OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Safar Kokilov. Reportaj (hajviya)

Musiqa yangraydi.
Tog‘lar. Dala. Eshak mingan bola. Qishloq. O‘rtada qora to‘n, telpak kiygan basavlat, ikki beti qip-qizil kishi tilla tishlarshsh ko‘rsatib turibdi. Jikkakgina, qorachadan kelgan, sochi qirqilgan, shim kiyib olgan qiz uning tumshug‘i tagiga mikrofon tutib turibdi.
— Rais bova. Marhamat qilib mahallangizda amalga oshirilayotgan ishlaringiz haqida teletomoshabinlarga gapirib bersangaz,
— Ixm. Xo‘p. Avvalo, assalomu alaykum. Mahallamizga kelib bizni xursand qilganingiz uchun sizga katta rahmat, singlim. Qolaversa, mahallamiz tumanda eng ilg‘or, ibratli mahalla xisoblanadi. Odamlarimiz bir-biriga og‘aini, inoq yashashadi. Har xil tadbirlar, to‘ylar o‘tkazib turamiz. Qariyalardan xabarlashib turamiz. Xo‘-o‘sh, yana nima desam ekan. Shuda-e...
— Rais bova, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish qay ahvolda.
Shular to‘g‘risida... Faqat qisqaroq...
— Xo‘p, xo‘p. Mahallada ikkita do‘kon bor. Supermarket. Unda chet elda chiqadigan hamma narsa bor. Jinsi deysizmi, shortik deysizmi. Banan, apelsinlar tiqilib yotibdi. Ichimlik tur-turi
bilan bor. Har xil saqich, shokoladlar. Yaqinda un va shakar opkelamiz deb turibmiz.
— Sartaroshxona bormi? Choyxonachi? Barisini aytavering.
— Bor, bor. Choyxona ham bor. Bilyardxona bor. Pivnoy bar, video bar. Hammasi bor.
— Yaxshi, yaxshi. Sizning mahallangizda homiylar, saxovatli kishilar ham bormi?
— Bor, bor. Shu aytganlarimizning barisiga fermer Donaev Eshmurodboy homiylik qiladi. Uning mol fermasi bor. Qassobxonasi bor. Yaqinda kolbasa tsex qurmoqchi. Xo‘-o‘sh, yana nima desam ekan. Endi singlim, maqganganday bo‘lmaylik., Yaxshisi xalqdan so‘rang, xalqdan.
— Aziz teletomoshabinlar. Ko‘rib turibsizki, mahalla raisi juda kamtarin inson. Bo‘pti. Yuring, Yuz eshitgandan bir ko‘r deganlar. Mahallani aylanib ko‘ramiz. Biron ibratli xonadonlarga
ham kirsak. Turmushlari bilan tanishsak.
— Marhamat. Yuring. Manovi ikki qavatli uyga kira qolaylik.
— Juda yaxshi. Yuring, kiramiz. O‘x-xo‘, Neksiyasi bor ekan. Yaxshi. Mana bu faravonlik belgisi. Ana aziz tinglovchilar, ishlagan minadi-da. Bu kimning uyi?
—  Bu tadbirkor fermer Donaev Eshmurodboyniki.
— Rais bova, endi mahalla ahli bilan ham suhbat qilsak. Fikrlarini bir bilsak degan edim.
— Marhamat. Mana tanishing. Mahallamizning eng keksa otaxonlaridan.
— Otaxon, o‘zingizni tanishtirsangiz.
— Bolam, men Donaev Xolmatman. Yoshim 86 ga kirdi. Shu raisning soyasida yashab turibmiz. Umridan baraka topsin. Biz undan rozimiz.
— Xola, siz ham o‘zingizni tanishtiring.
— Bolamjon, meni Donaeva Misqolmomo deyishadi. Shu cholning gaplariga yuz parasan qo‘shilaman. Rais yaxshi yigit. Issiq-sovug‘imizdan xabarlashib turadi. Yaqinda Tashkandan jimpir, kalish opkeldi.
— Rais bova, mahalladan moddiy yordam olayotganlardan bir-ikkitasini aytsangiz.
— Xo‘p, xo‘p. Masalan, Donaev Marqa, Donaeva Misqol, Donaev Olim, Donaeva...
— Bo‘ladi, bo‘ladi. Sizlarda kam ta’minlangan oilalar ham bormi. Shular haqida ham„.
— Kam ta’minlangan oilalardan Donaev Murot, Donaeva Misqol, Donaev Olim va boshqalar yordam olib turibdi. Berib turibmiz borini...
— Katga rahmat sizga, rais bova. Mana mahallangiz bilan ham tanshpib chikdik. Aytgangizcha bor ekan. Maxallangiz haqiqatdan ibratli ekan. Hamma sizdan rozi ekan. Mahalla ahli kelgusi yil ham sizni raislikka saylashsa xato qilmaydi deb o‘ylayman. Sizga omad. Mana, aziz teletomoshabin o‘rtoqlar, sizlarga Donoobod mahallasi va uning fuqarolar yig‘ini raisi Donaev Eshmurodning ish faoliyati haqida olib borgan lavhamiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiborlaringiz uchun rahmat. Yana oynai jahon orqali uchratshuncha xayr. Viloyat televideniyasi uchun maxsus. Jurnalist Donaeva. Tasvirchi Donaev.
Musiqa yangraydi. Yana tog‘lar. Yana dala. Yana eshak mingan bola. Yana qishloq. O‘rtada yana o‘sha...

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.