OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Sharof Boshbekov. Temir xotin (komediya)

TEMIR XOTIN
Jiddiy komyediya

Ishtirok etuvchilar:
QO‘CHQOR — traktorchi 
«ALOMAT» — robot 
OLIMJON — yosh olim 
QUMRI — Qo‘chqorning xotini 
SHAROFAT — qo‘shni juvon 
SALTANAT — qo‘shni ayol 
SUVON — mulla 
TUROBJON — Qo‘chqorning o‘g‘li

BIRINCHI SAHNA

Qishloq. Oddiy, kamtarona hovli. To‘g‘rida bir necha ustunli peshayvon, o‘ngda lastakkina ko‘cha eshigi, oldnnroqda yog‘och karavot. Sahnadagi har bir jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshik-deraza romlarining yarmi bo‘yalgan, yarmnnnng rangi o‘chib ketgan; yog‘och karavotning bitta oyog‘i yo‘q, o‘rniga g‘isht terib qo‘yilgan; ko‘rpa-yostiqqa yamoq tushgan; piyolalarning labi uchgan yokn chegalakgan, choynakiing jo‘mragiga tunuka kiygazilgan va hokazo.
Peshayvon ustuniga QO‘CHQOR arqon bilan chandib tashlangan, ust-boshi, aft-angoriga qarab bo‘lmaydi. Shu ko‘yi uxlab qolgan bo‘lsa kerak, avval sekin qimirlab qo‘yadi, so‘ig ko‘zinn ochmay esnaydi. Oyoq-qo‘linnng o‘ziga bo‘ysunmayotganiga hayron bo‘lib, bir-ikki chiranib ko‘radi.

QO‘CHQOR (uy tomonga). Ho‘, tirikmisan?.. (Tipirchilay-di.) Yechib qo‘y darrov, ho‘-o‘!.. Qumri, deyapman, jahlim chiqsa nima bo‘lishini bilasan-a? Yaxshilikcha bo‘shat! (Bir oz kutib.) Ie, bir balo bo‘lganmi bunga?.. Oxirgi marta aytyapman, agar hozir yugurib kelib, qo‘limni bo‘shatmasang...
Ichkaridan Qumri chiqadi. U o‘ttiz-o‘ttiz beshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi.
QUMRI (arazli). Nima qilasiz?
QO‘CHQOR. Qo‘yvoraman!
QUMRI (xo‘rligi kelib). Nima?..
QO‘CHQOR. Pattangni qo‘lingga tutqazaman!
QUMRI (Birpas eriga tana aralash qarab turadi-da, dordagi kiyim-kechaklarimi yig‘ishtira boshlaydi). Hozir eridan patta so‘rab o‘tiradigan zamonmas.
QO‘CHQOR. Ie! Bepatta ketaveraman, de? (Javob ololmagach.) Hech bo‘lmasa, bitta qo‘limni bo‘shatib qo‘y, nomard!
QUMRI. Bitta qo‘lingizni bo‘shatganim bilan foydasi yo‘q.
QO‘CHQOR. Nega bo‘lmas ekan, qashinib olaman. 
QUMRI. Qaeringiz qichishyapti, ayting, o‘zim qashib qo‘yaman.
QO‘CHQOR (bu gapni kutmagan edi, dovdirab qoladi). Sening bo‘ying yetmaydi...
QUMRI. Ixtiyoringiz... (Kiyim-kechaklarni katta ro‘zg‘or sumkasiga joylay boshlaydi.)
QO‘CHQOR. Menga qara, o‘zing bog‘ladingmi yo bitta-yarimtasi qarashib yubordimi?
QUMRI. Sizga bas kelib bo‘larkanmi, bunaqa vaqtda traktor bo‘p ketasiz-ku!
QO‘CHQOR. Kim keldi?
QUMRI. Qishloqning yarmi keldi. Baqiraverib, dunyoni boshingizga ko‘tardingiz. Olti kishi arang epladi-ya.
QO‘CHQOR. Olti kishi? (To‘ng‘illab.) Ko‘pchilik yaxshi-da, ko‘pchilikdan o‘rgilay... Safar ham bormidi? A?
Qumri indamay ishini qilaveradi.
Sendan so‘rayapman, garangmisan?! 
QUMRI. Ha, bor edi. 
QO‘CHQOR. Tag‘in kim chiqdi? 
QUMRI. Nima farqi bor?
QO‘CHQOR. Farqi bor! Ertaga kimdan uzr so‘rashimni bilishim kerakmi? E... bugun, deganim.
QUMRI. Muhiddin akaning o‘g‘li ikkita o‘rtog‘i bilan armiyadan kelgan ekan. Otpuskaga. Avval uch kishi bo‘lib o‘shalar chiqishdi. Hech bo‘y bermadingiz.
QO‘CHQOR. Hm, armiya ham bas kelolmadi, degin?
QUMRI. Keyin Muhiddin aka bilan Safar akalar chiqishdi.
QO‘CHQOR. Yana?
QUMRI. Shu...
QO‘CHQOR. Olti kishi, deding-ku!
QUMRI. Men ham sal-pal qarashvordim...
QO‘CHQOR. «Sal-pal»mish! Yechilmayotganidan ham biluvdim, sening qo‘ling tekkanini! Mol arqonlab o‘rganib qolgansan-da, bog‘lagan tuguningni matroslar ham yecholmaydi! E, qarashvormay ket! Bo‘pti, kechirdim, qo‘lni bo‘shat.
Qumri «yo‘q» deganday bosh chayqaydi.
Bu uyda men kimman o‘zi, a? (Baqirib.) Qo‘chqormanmi yo Qo‘chqormasmanmi?! Qo‘chqorman!!! (Birdan past tushib.) Qo‘chqor ekan, deb bog‘lab tashlayveradimi?.. Sho‘ri bor odam ekanman o‘zi... (Yana baqirib.) Hech bo‘lmasa, suv ber, ichim yonib ketyapti!
Qumri dastasiz krujkada suv olib chiqib, ichirib qo‘yadi. (To‘ng‘illab.) Qo‘ldan berganga qush to‘ymas... O‘tir mundoq. Qumri itoatkorlik bilan o‘tiradi.
Endi bir boshdan gapirib ber: kim nima dedi, nima qildi? Yo‘q, nima qilgani kerak emas, qilgan ishi boshidan qolsin! Kim nima dedi?
QUMRI. «Qo‘chqormas, ho‘kiz ekansan»...
QO‘CHQOR. O‘chir ovozingni! (Tipirchilab.) Hozir, lekin...
QU MR I . Voy, Muhiddin akaning gaplari-da, menga nima deysiz?
QO‘CHQOR. Muhiddin aka, degin?.. (Birdan.) O‘zining ko‘zi ukkinikiga o‘xshaydi, bildingmi?! Keyin-chi?
QUMRI. Safar aka «bunga hech aql kirmadi-kirmadi-da» dedilar. «Na kattaning gapini oladi, na kichikning, tovuqchalik aqli yo‘q...»
QO‘CHQOR. O‘zingdan qo‘shmay gapir!
QUMRI. Voy, o‘zimdan qo‘shib, nima?..
QO‘CHQOR. Ha-a?
QUMRI. «Hukumat ichmanglar, deb qaror chiqarib qo‘yibdi, bu ahmoqqa shuyam ta’sir qilmaydi», dedilar.
QO‘CHQOR. Ho-o, qarorniyam bilarkanlarmi! O‘zi sakkizinchi sinfda qolib ketgan! Chalasavod! Rasmi yo‘q ekan, deb gazit o‘qimaydi!
QUMRI. O‘zingiz ham o‘qimaysiz-ku?
QO‘CHQOR. Men vaqtim yo‘qligidan o‘qimayman, u savodi yo‘qligidan o‘qimaydi! Safar-ku, mayli. Sen-chi, sen? Shuncha gapni eshitib, qanaqa qilib chidab turding? Eringni shularga talatib qo‘yaverdingmi? E, seni xotin qilib yurgan menga ming rahmat-e! Xo‘p, soldatlar nima deyishdi?
QUMRI. «Ras, duva, vzali» deyishdi.
QO‘CHQOR. Nima-li?
QUMRI. «Vzali».
QO‘CHQOR. «Vzyali», o‘qimagan! «Raz-dva»mish! Nima, armiyada faqat ikkigacha sanashni o‘rgatar ekanmi? Bir munday, yuz-yuz ellikkacha sanamaydimi, men o‘zimga kelib olmayman-mi! Sulayib yotgan bokschigayam o‘ngacha sanaydi-ku, shunchalik ham bo‘lmadikmi? Mayli, bo‘lar ish bo‘pti, qo‘lni yech.
QUMRI (achinib, sidqidildan). Yecholmayman, dadasi, mendan xafa bo‘lmang. Tushlikdan keyin qishloq oqsoqollari kelamiz, bir yaxshilab gaplashib qo‘yaylik, bo‘lmasa dumini ushlatmaydi, deb ketishdi...
QO‘CHQOR. Nima, mening dumimni ushlashdan boshqa ishi yo‘q ekanmi ularning? Oqsoqollarmish yana!..
QUMRI (ichkariga). Turobjon, bo‘la qol, bolam!
QO‘CHQOR (xotinining taraddudga tushganini endi payqab). Ha, yo‘l po‘stak?
QUMRI. Kecha nima dedingiz?
QO‘CHQOR. Nima debmiz?
QUMRI (yig‘lamsirab).    Aytadiganingizni    aytdingiz...
QO‘CHQOR. Aytadiganimiz nima ekan?
QUMRI. Hali odamlar kelib, tushuntirib berishadi. Men bolalarimni olib, oyimlarnikiga ketdim. Maktabdan to‘g‘ri o‘sha yoqqa borishadi.
QO‘CHQOR. Ie, jinnimisan, vey? Ozgina sho‘xlik qilsak, qilibmiz endi. Yigitchilikda nimalar bo‘lmaydi...
QUMRI  (yig‘lamoqdan beri bo‘lib). Bu sho‘xliklaringiz o‘n olti yildan beri (ko‘lini bo‘g‘ziga olib borib) mana bu yerimga kelgan...
QO‘CHQOR. Nolima, ho‘, nolima! Bola-chaqang oldingda, yeb-ichishdan kaming yo‘q, yana nima kerak senga?
QUMRI. Birov sizga, och qoldim, deyaptimi?
QO‘CHQOR. Nega bo‘lmasam, «u yerimga kelgan, bu yerimga kelgan» deyverasan? Kelgan bo‘lsa kelgandir...
Shu payt besh-olti yoshlar chamasidagi Turobjon yugurganicha hovlining narigi betiga o‘tib keta boshlaydi. Dadasiga ko‘zi tushib, suyunchi olmoqchiday, hoaliqib axborot beradi.
TUROBJON. Dada, biz buvimlarnikiga ko‘chib ketarkanmiz! (Ko‘chkorning bog‘liq turganiga hayron bo‘lib.) Ie, nima qilib turibsiz dada?
QO‘CHQOR. Kim?.. Menmi?.. Ha endi, buvingnikiga ko‘chib ketadigan bo‘lsak, uyni tashlab ketamizmi, orqalab opketamiz-da, o‘g‘iltoy! Hozir, birpas nafasni rostlab olay, keyin «yo pirim» deb ko‘taramiz-u, ketaveramiz.
Turobjonning ishi shoshilinch shekilli, dadasining gapini oxirigacha eshitmay, yugurib chiqib ketadi.
(Qumriga.) Bolaning oldida sharmanda qilding-ku odamni!
QUMRI. Meni el-yurt oldida sharmanda qilganingiz-chi?
QO‘CHQOR. Ichgan men, sen nega sharmanda bo‘lasan?
TUROBJON (qaytib kelib, tomga qaraganicha). Kuchingiz yetmaydi-yov, dada.
QO‘CHQOR (mayus). Bitta imorat nima bo‘pti, o‘g‘iltoy, bu yelkalar qanaqa yuklarni ko‘tarmagan...
QUMRI. Bo‘la qol, bolam. (Sumkani olib, o‘g‘lini yetaklaganicha.) Yaxshi-yomon gap o‘tgan bo‘lsa xafa bo‘lmang, dadasi...
QO‘CHQOR. Ketsang yechib ket, ho‘! Insofing bormi o‘zi, qanaqa odamsan?! (Qumri chiqib ketgach.) Mastligimda urib, mayib-payib ham qilib qo‘ymagan ekanman — jimgina uyda o‘tirar-di... (Atrofga chorasiz alanglaydi. Alam bilan qandaydir kuyni xirgoyi kiladi, so‘ng ko‘shni hovli tomonga kichkiradi.) Bozortoy! Ho‘-o‘, Bozortoy! Bir turqingizni ko‘rsatvoring, Bozortoy-ho!..
Devor osha Sharofat mo‘ralaydi.
SHAROFAT. Ha? Voy, o‘lay...
QO‘CHQOR. Haligi... Yaxshimisiz, kelin?
SHAROFAT. Rahmat...
QO‘CHQOR. Bolalar yaxshimi?
SHAROFAT. Ha, yurishibdi...
QO‘CHQOR. Shu, desangiz... Bozortoy uydami?
SHAROFAT. Bozorvoy akam ikki qopgina bodring olib, bozorga ketuvdilar.
QO‘CHQOR. Ha-a... Uyda bo‘lsa tok qaychisini berib tursin, devdim. Ishkom ja tarvaqaylab ketibdi...
SHAROFAT. Kelsalar o‘zlaridan so‘rarsiz, bo‘lmasa urishib beradilar. (G‘oyib bo‘ladi.)
QO‘CHQOR. Qurumsoq! Eng yaqin jo‘rammish yana! (Bir-ikki chiranib ko‘rib.) E, xudo! Senga nima yomonlik qiluvdim-a? (Yana tipirchilaydi, xavotirlanib tepaga qarab ko‘yadi.) Bosib qolmasmikan?.. (To‘satdan, ko‘cha tomonga.) E ketsang ketaver! Onasi o‘pmaganiga uylanmasam, men ham yurgan ekanman! (Alam bilan.) Hech bo‘lmasa, ketayotganida qo‘limni yechib ketadiganiga uylanaman...
Tashqaridan mashinaning kelib to‘xtagani eshitiladi. Ko‘p o‘tmay, Olimjon bilan shofyor odam bo‘yi keladigan yog‘och qutini qiynala-qiynala ko‘tarib kirishadi.
OLIMJON (shofyorga). Rahmat, og‘ayni. (Pul berib.) Mana. Yaxshi boring. (Shofyor chikib ketgach, u yoq-bu yokka alanglaydi.) Kim bor? Qo‘chqor aka! Turobjon! (O‘zicha.) Ie, eshik ochiq-ku... (Chaqirib.) Kennoyi!
QO‘CHQOR. Kennoying onasinikida. Ketib qoldi... Xotin — jafo, Olimtoy!..
OLIMJON. E-e, Qo‘chqor aka, assalomu alaykum! Mana, tag‘in keldik-da. (Ko‘rishmoqchi bo‘lib ko‘l cho‘zadi.) Ie?.. Kim bunaqa qildi?
QO‘CHQOR. Kim bo‘lardi, bunaqa bema’ni narsa faqat bizning xotindan chiqadi!
OLIMJON. E-e, chatoq bo‘pti-ku... Ketib qbldilar, deng? Attang... Nega bog‘ladilar?
QO‘CHQOR. E, Olimtoy, surishtirib nima qilasiz, avval qo‘lni yechsangiz-chi! Kechadan beri onamni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rdim!
OLIMJON. Ha-ya... (Yechadi, uning belidan olib, karavotga o‘tqazadi). Kechadan beri turibman, deng?
QO‘CHQOR. Voy, jonim-ey!.. Shu, xotin zotini kim o‘ylab chiqargan ekan-a, Olimtoy?
OLIMJON (kulib). Birovni birov o‘ylab chiqaradimi, qiziqmisiz. Xo‘sh, sog‘liklar yaxshimi, Qo‘chqor aka?
QO‘CHQOR. Zo‘r! Otday! (Ustunga ishora qipib.) Ana, otga o‘xshab tikka turib uxlayapmiz!
OLIMJON. Ha-a, kennoyimning ketib qolganlari yaxshi bo‘lmabdi. Jiyanlarga har xil o‘yinchoq olib keluvdim...
QO‘CHQOR (asabiy). Qo‘yaver, o‘zimiz o‘ynaymiz!
OLIMJON (hovlini ko‘zdan kechirib). Xafa bo‘lmang-u, Qo‘chqor aka, kennoyimgayam qiyin-da. Ahvolni qarang: haliyam o‘choq, haliyam tezak yoqiladi. Progress yo‘q.
QO‘CHQOR. Nima-gres?
OLIMJON. Progress. Taraqqiyot.
QO‘CHQOR. Progress bor. Ilgari tezak yoqilardi, endi tezakni solyarka bilan yoqyapmiz. Yaxshi yonyapti. To‘g‘ri, ovqatdan sal-pal hidi keladi-yu, lekin o‘rganib ketar ekan odam.
OLIMJON. Bir hisobga, sizgayam qiyin, shuncha bola-chaqa... Hechqisi yo‘q. Qo‘chqor aka, yaqinda hammasi yaxshi bo‘p ketadi. Mana, hozir «oilani planlashtirish» degan bir gap chiqib turibdi.
QO‘CHQOR. Nima-lashtirish?
OLIMJON. Planlashtirish. Bu gapning ma’nisi shuki, yaxshi  yashash uchun bolani uch-to‘rttadan oshirmaslik kerak.
QO‘CHQOR. I!.. Xudoning o‘zi berib tursa nima deysan?
OLIMJON. Ha endi, xudo bermaydigan qilinadi-da.
QO‘CHQOR (go‘yo tushunganday). Ha-a... Shunaqa de? U... qanaqa bo‘ladi o‘zi, xotinlarimizni bir balo qilishadimi yo biz erkaklarni axtalashadimi?
OLIMJON (kulib). Obbo, Qo‘chqor aka-ey!..
QO‘CHQOR (xijolatli). Ha endi, tushunmagandan keyin qiyin-da...
OLIMJON. Bu tadbir siz va sizga o‘xshaganlarning manfaati yo‘lida bo‘lyapti. Bola-chaqa deb umri o‘tib ketmasin, bular ham odamga o‘xshab yashasin, degan gap bor buning tagida.
QO‘CHQOR. Yo‘q. tagidagi gap yaxshi ekan-u, lekin boshimizga qo‘ylarning kuni tushmasmikan, deyman-da.
OLIMJON. Qaysi qo‘ylar?
QO‘CHQOR. Bilmayman, esingda bormi-yo‘qmi, bir paytlar SJKmi, PJKmi degan bir balo chiquvdi. Haligi, qo‘ylarni sun’iy urchitib, ko‘proq qo‘zi olish uchun-da. Natija nima bo‘l-di? Qo‘yning zoti aynidi, qorako‘ldan sifat qochdi, har xil kasallikka chalindi. Shu, turib-turib olimlaringgayam tushunmay qolaman-da, Olimtoy. Bir qarasang, qo‘ylarga qarab «ko‘p tug‘» deydi, bir qarasang, o‘zbekka qarab «kam tug‘» deydi...
OLIMJON. Kechirasiz-u, Qo‘chqor aka, odam degan og‘ziga nima kelsa qaytarmay gapiraveradimi! Nima deyatganingizni tushunyapsizmi? O‘zbek qayoqda-yu, qo‘y qayoqda! E, tavba... (Kuyinib.) Bu yerda gap xalqning turmushini yaxshilash haqida boryapti! O‘zingiz mundoq bir atrofingizga qarang, ayniqsa qishloqlarimizda turmush darajasi nihoyatda past! Chidab bo‘lmaydigan darajada past!
QO‘CHQOR (og‘rinib). Past, degin? Senlarniki balandmi? (Asabiy.) O‘qigan, olim odamsan, ko‘tar-da past bo‘lsa! «Pri-gres-mrigres» qilasan bu yerga kelib olib! Xotinlarning qorniga osilguncha paxta teradigan mashinani eplanglar!
OLIMJON. Nima, bizni hukumatning pulini shundoq yeb yotibdi, deb o‘ylayapsizmi? Biz ham qidiryapmiz, izlanyapmiz, o‘ylayapmiz.
QO‘CHQOR. E, bitta paxta teradigan mashinani ellik yil o‘ylaydimi! Goh rulini o‘zgartirasanlar, goh kabinasini, goh o‘tirg‘ichini — bo‘ldi! Biz, yangi mashina kelar ekan, deb do‘ppimizni osmonga otib yuramiz. Qarasak, o‘sha-o‘sha — Xolxo‘janing tayog‘i!
OLIMJON. To‘g‘ri, lekin bu muammoni asosiy maqsaddan kelib chiqib, kompleks hal qilish kerak.
QO‘CHQOR. Nima-pleks?
OLIMJON. Kompleks. Asosiy maqsad nima? Paxtani sifatli terib olishmi? Ana shu maqsaddan kelib chiqish kerak. Paxta teradigan mashinaning shakli qanaqa bo‘ladi — buning ahamiyati yo‘q. Muhimi, yaxshi tersin. Men bu borada boshqa yo‘ldan ketyapman, Qo‘chqor aka. Ko‘proq masalaning estetik tomoniga e’tibor beryapman. Bir tasavvur qiling-a: paxtazordan xotin-qizlarning quvnoq kulgisi eshitilib turibdi! Qiy-chuv, hazil-huzil! Kechqurunlari qishloq ko‘chalarini to‘ldirib, qiz-juvonlar o‘tishyapti! Ko‘rib ko‘z quvonadi, dil yayraydi! «Tar-tar-tar» qilib ko‘chadan traktor o‘tgani qayoqda-yu, qo‘ng‘iroqday ovozi bilan ko‘ngillarni entiktirib, qizlar o‘tgani qayoqda! Farqi bormi? Shuning uchun men paxta teradigan mashina emas, paxta teradigan elektron robot ustida ishlayapman. Tashqi ko‘rinishi odamdan farq qilmaydi. Ko‘radi, eshitadi, gapiradi! Tanasi ham plastik materialdan yasalgan...
QUChQOR. Nima-stik?
OLIMJON. Plastik. Faqat tashqi ko‘rinishi emas, xatti-harakati, imo-ishoralari, gap-so‘zi odamga maksimum darajada yaqinlashtirilgan.
QO‘CHQOR. Nima-simum?
OLIMJON.  Maksimum.  Masalan, boshqaruv  blokiga yumor hissi bilan bog‘liq mikrosxema o‘rnatilsa... 
QO‘CHQOR. Nima-sxema?
OLIMJON. Mikrosxema. O‘rnatilsa, nihoyatda hazilkash, quvnoq, bir oz shaddodroq ayolga aylanadi. Lirik hisli mikrosxema o‘rnatilsa, ayollarga xos nazokat, ibo paydo bo‘la-di.
QO‘CHQOR. Nega ayollarga xos?
OLIMJON. Iya, boyadan beri nima deyapman? Robot ayol shaklida bo‘lishi kerak-da, bo‘lmasa nima qizig‘i bor? Ko‘rdingizmi, bir o‘q bilan ikki quyonni uryapmiz: ham xotin-qizlarimizni og‘ir qo‘l mehnatidan xalos qilamiz, ham paxtazordan qiz-juvonlarning kulgisi jaranglab turadi!
QO‘CHQOR. Kuladiyammi?
OLIMJON. Bo‘lmasam-chi! Kuladi, baqiradi, shivirlay-di! Bu mikrosxemalarning xarakteriga bog‘liq.
QO‘CHQOR. Shunaqa de? Xo‘p o‘sha... ayol-robotlaring ishdan keyin garajga borib yotadimi?
OLIMJON. Shunday desayam bo‘ladi. Lekin, garajlar yotoqxona tipida quriladi. Keyin, Qo‘chqor aka, bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas — batareyalardan oziqlanadi. Ikkinchidan, ularni beto‘xtov ishlatish mumkin. Issiq demaydi, sovuq demaydi, kechasimi, kunduzimi — ishlayvera-di!
QO‘CHQOR. Oylik ham so‘ramaydi?
OLIMJON. Albatta-da! Muhimi, buyruqni so‘zsiz bajaradi, «g‘idi-bidi» qilib o‘tirmaydi. «Hamma paxta terimiga!» deb buyruq berilsa, har qanday ishini tashlab, dalaga chiqib ketaveradi!
QO‘CHQOR. Unda chindan ham odamga o‘xshar ekan. Mana, biz ham «paxta terimiga» degan gapni eshitishimiz bilan hamma ishimizni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiqib ketaveramiz. Bolalarimiz o‘qishini tashlaydi, xotinlarimiz emizikli bolasi-ni.
OLIMJON. Ana shuning uchun ham robotlar kerak-da! Mana siz, bolalarimizning o‘qishi nima bo‘ladi, deysiz, ayol-larimiz yosh bolalarini qaerga qo‘yadi, deysiz. Robotga buning ahamiyati yo‘q. Tushunyapsizmi? U faqat ishlaydi! Ishlayveradi, ishlayveradi, ishlayzeradi! 
QO‘CHQOR. Biz ham ishlayveramiz.
OLIMJON. Lekin, siz odamsiz! U — robot, tushunyapsizmi, robot! Mashina!
QO‘CHQOR. Ha-a... Buni-ku durust o‘ylabsan, Olimtoy. Lekin u mashinang qachon tayyor bo‘ladi, tuyaning dumi yerga tekkandami?
OLIMJON. Siz,Qo‘chqor aka, olimlarni ja unaqa yerga uravermang. Biz ham bir nimalar qilib yurgandirmiz. Mana, men yetti yildan beri o‘shanaqa robot ustida ishlayapman. Yetti yil-a! Nihoyat, Qo‘chqor aka, birinchi, tajriba nusxasi tayyor bo‘ldi! Laboratoriya sinovidan yaxshi o‘tdi, endi tabiiy sharoitda, dalada sinab ko‘ramiz! (Kutining atrofida ham hayajon, ham faxr bilan aylanadi.) Yuragim urib ketyapti, Qo‘chqor aka!..
QO‘CHQOR. Shuning ichidami? Yyo‘g‘-e...
OLIMJON. Diqqat!
OLIMJON qutining qopqog‘ini ochgan edi, u yerda, qo‘g‘irchoqqa o‘xshab ketadigan, nihoyatda go‘zal qiz turardi. Badaniga silliq, yaltiroq mato tortilgan.
QO‘CHQOR (hayratdan og‘zi ochilib). Vo-o!.. 
OLIMJON (faxrlanib). Qalay?
QO‘CHQOR (birdan). E-e, odamning boshini qotirasan-a! Magazinning oynasiga kiyim kiyg‘izib qo‘yadigan-ku bu!
OLIMJON (xafa bo‘lib). Yetti yillik mehnatim bu! «Magazin»mish-a!
QO‘CHQOR Rostdan-a? (Yaqin borib uzoq tikiladi, ushlab ko‘radi.) Alomaat, alomat!..
OLIMJON (sevinib ketib). Yashang, Qo‘chqor aka! E, bormisiz! Qarang, bunga nom topolmay yuruvdim o‘zi. Demak, «Alomat-1»!
QO‘CHQOR Nega «bir»?
OLIMJON. Keyin «ikki» «uch», «to‘rt»lari ham bo‘ladi-da! Butun respublika uchun, bilasizmi, bunaqada hali qancha-qanchasi kerak?
QO‘CHQOR. Ha-a... Xuddi tirikday-a, tavba!.. Gapiradi, dedengmi, Olimtoy?
OLIMJON. Hozir... («diplomat»idan gugurt qutisiday keladigan bir qancha yupqa plastinkalarni olib.) Mana, manavilar — mikrosxemalar. Hammasi har xil maqsadda ishlatiladi. (Robotning yelkasidagi qopqog‘ini ochib.) Mana bu yeriga kerakli mikrosxemani o‘rnatamiz. Keyin munday qilib, qop-qog‘ini yopib qo‘yamiz. Ana, tayyor! E, xudo, sharmanda qilma! (Robotning tugmachasini bosadi.)
Alomat avval ko‘zlarini pirpnratib qo‘yadi, so‘ng bir necha qadam oldinga yurib, to‘xtaydi.
A L O M A T. Allo, allo!.. Voy, o‘rtoqjon, o‘zingmisan? Ovozingni eshitadigan kun ham bor ekan-ku. Biram sog‘indim, biram sog‘indim, o‘lib qolay deyapman!.. Ha, kechachi, o‘sha sen aytgan zormandani Muqaddasning qulog‘ida ko‘rdim. Quloq o‘lgur supraday bo‘lganidan keyin hamma narsayam yarashavermas ekan, o‘rgilay!
OLIMJON (o‘chirib). E, bu sekretar-mashinistkalarni-ki-ku... (boshqa mikrosxema olib.) Bu nima ekan? Ko‘ramiz... (Ko‘yib, tugmachasini bosadi.)
ALOMAT (o‘ta jiddiy). ...shunday xulosa kelib chiqadiki, planlashtirish tashkilotlari va xalq xo‘jaligi organlari davlat planlarini ishlab chiqishda respublikamizdagi suv resurslarini hisobga olishlari zarur...
OLIMJON (o‘chirib). Buyammas... Shu, yozib qo‘yish kerak ekan-da. (Boshqa sxema o‘rnatadi.)
ALOMAT (avval bir oz kitirlab turib, so‘ng baland va yoqimli ovoz bilan kuylaydi). «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan davron suraylik! Yana o‘ynay...»
Olnmjon robotni o‘chiradi. Qo‘chqorning hayratdanmi, qo‘r-quvdanmi, og‘zi ochilib, ko‘zi xonasidan chiqqudek bo‘lib turar-di.
QO‘CHQOR. O-olimtoy!.. Buyam, haligi, magnitofonday gap ekan-da, a? Qanaqa kassyota qo‘ysang, o‘shanaqasidan aytsa... 
OLIMJON. Ha, printsip deyarli bir xil. 
QO‘CHQOR. Nima-tsip? 
OLIMJON. Printsip. 
QO‘CHQOR. Ha-a... Sheralidan yo‘qmi?
OLIMJON. Yo‘q. Radiodan tajriba uchun duch kelgan ashulaning ikki satrini yozib qo‘yuvdik-da. (Yangi sxema o‘rnata-di.)
ALOMAT (kutilmaganda). Ha, og‘izginangdan qoning kel-sin sening! Sochingni bittalab yulib, boshingni koptok qilib qo‘yaymi?! Qirilibgina ket iloyim! «G‘ing» deb ko‘r-chi, nima qilar ekanman!
QO‘CHQOR (esxonasi chiqib). Yo‘-yo‘... «G‘ingyamas, «g‘ingvmas... Menmas... Unaqamas...
ALOMAT. E, qo‘ng‘izga o‘xshamay o‘l! «G‘ing, g‘ingplashniyam biladi shu ahvoliga!
OLIMJON. Gap qaytarmang, Qo‘chqor aka, gap qaytarmang!
ALOMAT (Olimjon tomonga burilib). Voy sho‘rtum-shuq-ey! Sen nega burningni tiqasan?
OLIMJON (shosha-pisha o‘chirib). Bu yigitlarimizning hazili bo‘lsa kerak, doim shunaqa qilib yurishadi. Yaxshiyam komissiya-pomissiyaning oldida qo‘yvormadik, sharmanda bo‘larkanmiz.
QO‘CHQOR (hamon o‘ziga kelolmay). Shunaqa hazildan yana bitta bo‘lsa, Qo‘chqorvoy akang yo‘q-da...
Olimjon boshqa sxema o‘rnatadi.
ALOMAT (odob bilan). Assalomu alaykum.
QO‘CHQOR (ko‘rqa-pisa). Va... Vaalay...
OLIMJON. Sening isming — Alomat. Tushundingmi?
ALOMAT. Tushundim. Mening ismim — Alomat.
OLIMJON. Bu kishi — Qo‘chqor aka.
QO‘CHQOR (arang jilmayib). Shundoq, shundoq...
ALOMAT. Qo‘chqor aka.
QO‘CHQOR. Labbay?..
ALOMAT. Ko‘nglingizga kelmasin-u, nega sizga hayvonning nomini qo‘yishgan, «qo‘chqor» deb?
QO‘CHQOR (Olimjonga). Ie?..
ALOMAT. Qo‘chqor — qo‘yning erkagi-ku.
QO‘CHQOR. Haligi... nima deydi... Ha endi, biz odamning erkagimiz-da, Alomatxon...
ALOMAT. Menga nima xizmat bor, odamning erkagi?
OLIMJON. Alomat, «Qo‘chqor aka» de, «Qo‘chqor a-ka». Tushundingmi?
ALOMAT. Tushundim. Xo‘sh, nima xizmat bor, Qo‘chqor aka?
QO‘CHQOR. Xiz... Xizmat yo‘q... (Karavotga ishora qilib.) Qani, bu yoqqa o‘ting, Alomatxon... Yo‘q, yo‘q, ko‘rpachaga, ko‘rpa-chaga...
ALOMAT (karavotning bir chetiga qimtinibgina o‘tirib). Rahmat, yaxshi o‘tiribman.
Qo‘chqor haliyam o‘ziga kelolmas, lekin og‘zi qulog‘ida — go‘yo yuzida kechagi tabassum qotib qolganday edi. Kashfiyotining unga shu qadar ta’sir etganidan Olimjon ham xursand.
OLIMJON. Bo‘lmasa, Qo‘chqor aka, siz bemalol gaplashib o‘tiravering, men narsalarimni joylashtiray. O‘sha hujra bizniki-da, a?
QO‘CHQOR (beixtiyor «sizilashga o‘tib). Ie, so‘rab o‘tirasizmi, o‘zingizning uyingiz-ku, Olimtoy!..
Olimjon yig‘ma karavot, sumka va boshqa anjomlarini ko‘tarib, ichkariga kirib ketadi.
(Anchadan keyin.) Ha-a... Zap kelibsiz-da... (Dovdirab.) Ichkarida muzday ayron bor, bir kosagina olib chiqaymi? 
ALOMAT. Ayron? Uni nima qilaman?
QO‘CHQOR. Ichasiz... Ha-ya, esim qursin... Xo‘sh... Ishlaringiz yaxshimi?
ALOMAT. Qaysi ishlarim? Hali hech ish qilganim yo‘q-ku. 
QO‘CHQOR. Ha endi, gap-da... (Bir ozdan keyin.) Obbo, Alo-matxon-ey, shunaqa deng?..
Sukut.
Ha-a, ishqilib omon bo‘laylik... Bu, Olimtoy ja ajoyib yigit-da, lekin. Shu, deng, shaharda, qaysidir bir institutda ishlaydi. Olim, Kolxozimizda o‘sha institutning tajriba uchastkasi bor. Qirq gektar. Qudrat quyonchiqning brigadasiga shundoq tutashib ketgan. Olimtoy har kelganida biznikida turadi. Uy ko‘p... O‘zimizning ukaday gap bo‘p qolgan. Yo‘q, yaxshi bola. Ha-a, shunaqa gaplar...
Sukut.
(Xijolatli.) Bugun, deng, kennoyingiz bilan sal g‘ijillashib qoldik... Endi, ro‘zg‘or ekan-da — goh unday, goh munday... Bolalarini olib, onasinikiga ketib qoldi. Keladi-da, qayoq-qa borardi shuncha bola bilan, nima dedingiz? Ha-a... Bu, o‘zingizning bolalaringiz yaxshi yurishib... Ha-ya... Yo‘q, o‘zi durust ayol. Endi, ja sizchalik bo‘lmasayam... xotin-da, ishqilib. Lekin aytdim — oldidan o‘tib qo‘ydim-da — agar, dedim, yaxshilikcha qaytmasang, dedim, shartta boshqasiga uylanvoraman, dedim. To‘g‘ri-da, qattiqroq yo‘talsang ham arazlab ketib qoladigan xotin kimga kerak, nima dedingiz? E-e, ishqilib, zamon tinch bo‘lsin... Choy qo‘yvoraymi? E-ha... Siz ham gapirib o‘tiring, Alomatxon, nuqul men sayrayapman...
Alomat ko‘zlarini bir nuqtaga qadaganicha jim o‘tirardi.
Olimtoy, lekin, ja savob ish qilyapti-da. Rakatopsin. Mana, xotin-xalaj, bola-chaqa yil bo‘yi daladan beri kelmaydi. Na dam olish bor, na bayram bor, ertadan kechgacha — ish, ish, ish! Qor demaydi, yomg‘ir demaydi, issiq demaydi. Bu yoqda issiq deganingiz qirq bo‘lsa, paxtaning ichida ellik! E, temir bo‘p ket-e, haliyam chidar ekan odamzod! (Uzrli.) «Temir» deganimga xafa bo‘lmang tag‘in, og‘zimdan chiqib ketdi-da... Olimtoy shularni ko‘rib chidolmadi. Odamlarning og‘irini yengil qilaman, deb kechalari uxlamaydi. O‘ziga-o‘zi gapiradimi-ey, bir balolarni chizadi, birovlarni so‘kib-so‘kib o‘chiradi, yana chiza-di! Bir, men nominiyam bilmaydigan idoralarga qatnaydi, kimlar bilandir janjallashib, asabi qaynab keladi. Tinmaydi-da, tinmaydi! Yomo-on yaxshi bola lekin! Rakatopsin!
Olimjon chiqadi.
Olimtoy, seni gapiryapman. Hech tinib-tinchimaydigan bola, deyman.
OLIMJON (Alomatga karab turib). Ie, bu o‘chib qopti-ku... (Robotning yelkasidagi blokni kavlashtira boshlaydi.)
QO‘CHQOR. I!... O‘chib qopti, deganing nimasi?! Men shuncha gapni kimga gapirdim bo‘lmasam? Butun o‘zbekning dardini dasturxon qilib o‘tiribman! (Xafa bo‘lib.) Doim shu — bizga o‘xshagan odam gapirsa, yo hech kim eshitmaydi, yo eshitadigani temir chiqadi...
OLIMJON. Shu blokni almashtirish kerak ekan-da, qaeridadir kontakt bo‘lmayapti.
QO‘CHQOR. Nima-takt?
OLIMJON. Kontakt. O‘qtin-o‘qtin tutib qolyapti. (Boshqa sxema qo‘yadi.)
ALOMAT (nozli). Unaqa qaramang odamga... Biram nigohingiz o‘tkirki...
QO‘CHQOR (dovdirab), Kim?.. Menmi?.. Yo‘-yo‘, qaraganim yo‘q... O‘libmanmi, sizga qarab... Men tomga qarayapman...
ALOMAT. Doim shunaqa deysiz, odamni xijolat qilib qo‘yib... Yomonsiz, Qo‘chqor aka...
QO‘CHQOR (jonholatda). Shunisini qo‘y, Olimtoy, shunisini qo‘y, uka! O‘chirma, o‘chirma!.. (Robotga.) Alomatxon!.. Gapiring, Alomatxon!.. Shunaqa gaplaringizdan gapiring!..
ALOMAT. Voy, anuvi kishimni!.. Nima deyman?..
QO‘CHQOR. E, mayli-da, nima desangiz ham!.. Sizday ayolga gap qahatmi, Alomatxon!.. Ishqilib, ovozingizni eshitsam bo‘ldi!..
ALOMAT. E, boring-e..
QO‘CHQOR. Olimtoy!!! Sen — xudosan! Yaratib qo‘yganingdan aylanay! Endi mundoq o‘tir.
Olimjon o‘tiradi.
Olimtoy! Jigarim! Gap mundoq. Shu... (Alomatga karab qo‘yib.)  Alomatxonning  oldilarida   noqulay   bo‘lyapti-ku... 
OLIMJON. Unda o‘chirib qo‘yamiz. (Robotni o‘chirib.) Xo‘sh?
Qo‘chqor o‘chdimi-yo‘qmi, deb Alomatga tikiladi, keyin uning ko‘zi oldida qo‘lini u yoqdan-bu yoqqa o‘ynatib ko‘radi. Alomat tek qotib turaveradi.
QO‘CHQOR. Gap munday, Olimtoy. Ukammisan? 
OLIMJON. Albatta. 
QO‘CHQOR. Jonajon ukammisan? 
OLIMJON. Bo‘lmasam-chi.
QO‘CHQOR. Agar jonajon aka-uka bo‘lsak... (Alomatga qarab ko‘yib.) Eshitmaydi-a?
OLIMJON. Eshitmaydi.
QO‘CHQOR. Agar jonajon aka-uka bo‘lsak, bitta ukalik qilasan, uka.
OLIMJON. Xo‘sh?
QO‘CHQOR. Bilasan, kennoying ketib qoldi. Shu, desang, xotinsiz uy — uymas-da. Na kiyinishingda tartib bor, na issiq-sovug‘ingda tayin bor, qidirgan narsang topilmaydi, padariga la’nat! Xullas, qiyin. Shu, Alomatxon ro‘zg‘orga sal munday... nima deydi, qarashib tursa-a, devdim-da.
OLIMJON. Bemalol. Nima ish buyursangiz ham qilavera-di. 
QO‘CHQOR. To‘g‘ri-yu, lekin... (Alomatga qarab ko‘yib.) Eshitmaydi-a? Shu, desang, uy ishlarini-ku qilaveradi, gap undamas. Ishdan charchab kelganingdan keyin mundoq yostiqlarga yonboshlab, dunyoning past-balandidan suhbat qursang, a? Haligidaqa ikki og‘iz shirin so‘z bilan choy uzatsa, a? Charchog‘lar yozilib, dildagi g‘uborlar forig‘ bo‘larmidi-i, degan gap-da bizniki. Vey, yaxshi gapning gadosimiz, Olimtoy!
OLIMJON. Mayli. Qo‘chqor aka. Qaytanga ishlab turgani yaxshi, bahonada men ham u-bu kamchiligini ko‘rib olaman. (Turmoqchi bo‘ladi.)
QO‘CHQOR (engidan tortib). O‘tir. Gap, Olimtoy, Alomatxonning menga ko‘rsatadigan xizmatida emas. Gap — ko‘ngilda! Bitta ovqat-u sigir sog‘ish bo‘lsa, qo‘shniyam qilib beraveradi. Lekin ertalab ishga ketayotganingda «yaxshi borib keling, dadasi» desa, a?
OLIMJON. A?..
QO‘CHQOR. Mayli, «dadasi» kerak emas. «Yaxshi borib keling» desa. yoki kechqurun charchab kelganingda «yaxshi keldingizmi» desa, a? Mana buni, Olimtoy, qo‘shning qilib berolmaydi-da! (Ilmoqli.) Anglayapsanmi?
OLIMJON (beparvo). Mayli, dedim-ku, Qo‘chqor aka. Ishdan qochmaydi, gapingizdan chiqmaydi. Bemalol. (Turmoqchi bo‘ladi.)
QUChQOR. E, o‘tir! Endi, Olimtoy... (Alomatga qarab qo‘yib.) Eshitmaydi-a? Endi-i, Olimtoy, o‘zingdan qolar gap yo‘q. Bu yog‘i — qishloqchilik» birov u deydi, birov bu deydi — el og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi, xo‘pmi. (Olimjonning hayron bo‘lib turganini ko‘rib.) Yo‘q, yo‘ligada, yolg‘ondakamiga... Shu, bir-ikkita mo‘ysafidni chaqirib, bir oshamgina osh bilan fotihaga o‘xshagan gap qivorsak, a? O‘zbekchilik-da...
OLIMJON . Ie, o‘ylab gapiryapsizmi, Qo‘chqor aka? Nima, el-yurtga kulgi bo‘lmoqchimisiz? Hamma ishingizni qilsa — sigir sog‘ishmi, kir yuvishmi, ovqat-povqatmi — fotihaga balo bormi? Qiziq gapni gapirasiz-a! E, tavba!.. Xo‘p, erta yo indin terim boshlanadi, Alomat sinovga chiqishi kerak. Unda nima bo‘ladi?
QO‘ Ch QO R (Olimjonni taslim bo‘lyapti, deb o‘ylab). Yo‘q, paxtaga gap yo‘q, gap yo‘q. Ayol zotining-chi, vey, joni temirdan bo‘ladi — uyniyam eplaydi, dalaniyam! Ko‘rib yuribmiz-ku.
OLIMJON. Birov eshitsa nima deydi, Qo‘chqor aka, o‘ylayapsizmi?
QO‘CHQOR. Menam shuni aytaman-da, Olimtoy. «Uyingiz-da bir zaifa paydo bo‘p qopti, Qo‘chqorvoy, kim bo‘ldi u?» deb so‘rashsa, nima deyman? Ammamning qizi, deymanmi? Odamlarning qaysi biriga tushuntiraman, bu shunaqa, odam emas, Olimtoy yaratgan robot, deb? Bitta mulla chaqirib, yo‘liga nikohga o‘xshagan narsa qivorsak — bo‘ldi. Yuraveramiz, gap yo‘q, so‘z yo‘q. Shu bilan bir nima bo‘p qoladimi?
OLIMJON . Axir bu odam emas-ku, Qo‘chqor aka, temir-ku, nega tushunmaysiz?! Ichi to‘la sim, plastmassa, yarim o‘tkazgichlar! Bu — mashina! E, gapiraveradimi har narsani! Ertaga sinovdan o‘tolmasa-yu, buzib tashlasam nima bo‘ladi? Bir uyum temir qoladi!
QO‘CHQOR. Ha endi, buzmang-da, Olimtoy. Shunday narsani buzsangiz, uvoli tutib, qo‘lginangiz akashak bo‘p qolmaydimi! E-e, yetganlar bor, yetmaganlar bor... Xo‘p de, Olimtoy, dil ketdi-da endi. Senga nima, bu bo‘lmasa boshqasini yasab olaverasan, bizga o‘xshagan so‘qqaboshga qiyin... (Bechorasifat.) yolg‘izlik yomon, Olimtoy, buni boshiga tushgan biladi...
OLIMJON (toqati toq bo‘lib). E, bilganingizni qilmaysizmi!.. (Turib.) Men idoraga borib kelaman. Bilay-chi terim qachon ekan. (Chiqib ketadi.)
Qo‘chqor Olimjondan rozilik oldim, deb o‘ylab o‘zida yo‘q shod. Sekin Alomatning orqasiga o‘tib, ehtiyotlik bilan tugmachasnnn bosadi. Alomat jonlanadi.
QO‘CHQOR. Zerikmaygina o‘tiribsizmi, Alomatxon?
ALOMAT (hech gap bo‘lmaganday). Rahmat.
QO‘CHQOR. Endi-i, Alomatxon, mana shu ro‘zg‘orning og‘ir-engili ikkovimizning bo‘ynimizda, xo‘pmi. Yaxshisini oshirib, yomonini yashirib, deganday, tebrataveramiz. Birpas turib mulla Suvonni chaqirib chiqaman, nikoh o‘qib qo‘yadi. Maylimi?
ALOMAT. Nima o‘qitsangiz o‘qitavering, ixtiyoringiz.
QO‘CHQOR (erib ketib). Qarang, vey, odamlar gap qaytarmaydigan xotin yo‘q bu dunyoda, deyishadi! Mana! Bu katta xolangmi? Voy, omilar-ey! Voy, dunyo bexabarlar-ey!.. Rakatoping, Alomatxon, rakatoping! (Yayrab.) Shu, turib-turib Olimtoygayam qoyil bo‘lmay ketaman-da, lekin. Sizni, deyman, ilgariroq yasamaydimi... e, haligi, olib kelmaydimi! Ha, esi yo‘g‘-a, esi yo‘q... Lekin, Alomatxon, sizning omadingiz bor ekan. Nimaga, deng. 
ALOMAT . Nimaga?
QO‘CHQOR. Nasibangiz menday odam bilan qo‘shilgan ekanmi, omadning kelgani shu-da! Qo‘chqor aka, desangiz, qishloqning yetti yoshdan yetmish yoshigacha «ho‘, ana uyi» deydi! Kolxozda obro‘ yomonmas. Necha yildan beri suratimiz «Hurmat taxtasiidan tushmaydi. Anovi kuni qarasam, sarg‘ayib ham ketibdi. Kelayotib ko‘rgandirsiz, shundoq idoraning oldida-da... Ha-ya... Xullas, idoraning oldida. Esimni tanibmanki, traktor haydayman. Yomon bo‘lganimiz yo‘q, birovdan oldin, birovdan keyin, deganday..a (Xijolatli) Bir marta, deng, rayondagi bayram namoyishida minbarda turganman, kattalar bilan. G‘alati bo‘lar ekan... Xo‘sh, deganingizdan bilsak, ikki marta Toshkentgayam borganman! Shaharmisan shahar-da lekin! E, ko‘raman deganga dunyo keng ekan, Alomatxon. Ana, bitta kolxozchiga bundan ortiq yana nima kerak? Xullas, men bilan kam bo‘lmaysiz. Ha, aytganday, mulla kelsa, nima deyishni bilasizmi?
ALOMAT. Gapiga qarab javob qilaveraman.
QO‘CHQOR. Yo‘q, hamma gapigayam javob qilmang-da. «Falonchi pismadonchi qizi, siz falonchi pismadonchi o‘g‘liga erga tegishga...» Erga tegishgami, turmushga chiqishgami, ishqilib, shunga o‘xshash gap bo‘ladi-da. «Erga tegishga rozimisiz?», deb birinchi marta aytganida indamang. Ikkinchi marta so‘raydi, yana indamaysiz. Uchinchisida sekingina «rozimaan» deb qo‘ya-siz. Xo‘pmi?
Alomat jim turaveradi.
(Ko‘rqib ketib.) Alomatxon... Alomatxon!
ALOMAT . Labbay, Qo‘chqor aka?
QO‘CHQOR. E, xayriyat-e... Men tag‘in o‘chib qoldingizmi, debman.
ALOMAT (biqinini ushlab). Ichimda bir dardim bor-da, Qo‘chqor aka.
QO‘CHQOR (kapalagi uchib). Yo‘g‘-e?.. Unda nima qildik?.. Do‘xtir chaqiraymi? E-ha, bizning qishloqda do‘xtir nima qiladi... Hozir, hozir, bir yo‘lini topamiz... Og‘aynimning mashinasi bor, iltimos qilsam oborib tashlaydi. Kasalxona yaqin, o‘n kilometr ham kelmaydi, shundoq idoraning oldida... (Qo‘shni hovli tomonga.) Bozortoy! Ho‘, Bozortoy! (Alomatga.) Aytganday, sizga do‘xtir kerakmi yo mexanikmi? Ie, bu yog‘ini o‘ylamabmiz-ku... Yaxshisi, Olimtoyni kutamiz, idoraga ket-gan, hozir kelib qoladi...
SHAROFAT (devor osha mo‘ralab). Labbay?
QO‘CHQOR.  A? Ha... Bozortoy keldimi?
SHAROFAT . Bozorvoy akam keluvdilar, ikki qopgina savzi olib, yana bozorga ketdilar. Nima edi?
QO‘CHQOR. Yo‘q, so‘ramoqchi edim-da, haligi... sizlar o‘tgan yilgi nalogni to‘ladinglarmi?
SHAROFAT . Mening xabarim yo‘q, Bozorvoy akam biladilar. (G‘oyib bo‘ladi.)
QO‘CHQOR (Alomatga, achinib).  Ja  qattiq og‘riyaptimi?
ALOMAT. Og‘riyotgani yo‘q, nimamdir o‘qtin-o‘qtin ishlamay qoladi.
QO‘CHQOR. Ha, og‘rimasa yaxshi...
ALOMAT. Sizning ham ba’zan biror joyingiz ishlamay qoladimi?
QO‘CHQOR. Masalan, qaerim?
ALOMAT (elka qisib). Endi-da...
QO‘CHQOR. Issiq jon — kasal-pasal bo‘p turamiz, lekin hamma joyim ishlaydi.
ALOMAT. Qo‘chqor aka, men ham odamga o‘xshab kiyinsam, devdim.
QO‘CHQOR (sevinib). Yaxshi debsiz, Alomatxon! Tarbiya bergan ota-onangizga rahmat! Rakatoping! Yo‘q, shu kiyimingiz ham yaxshi-yu, endi, o‘zingizdan qolar gap yo‘q, bu yog‘i qishloqchilik... Yuring, uyga kirib ko‘raylik-chi, xotinning ko‘ylak-po‘ylagi bormikan. E, anovi ketib qolgan xotinning-da! Qani... (Uyga taklif qiladi. Uning ketidan qarab.) Bay-bay-bay, jannat, jannat! Shu, jannatdagi huru g‘ilmonlar aslida o‘zimizning zovudlarda tayyorlanib, keyin o‘sha yoqqa jo‘natiladimi, deyman-da... (Ichkariga kirib ketadi.)

P A R D A

IKKINCHI SAHNA

O‘sha joy. Oradan bir necha soat o‘tgan. yog‘och karavotda Qo‘chqor bilan mulla Suvon o‘tirishibdi. O‘rtada kamtarona dasturxon.
SUVON . Qo‘chqorbek, bu, xotinni yangilash niyatida ekansiz? 
QO‘CHQOR. Labbay? U nima deganingiz, taqsir? Nima, xotin moshinani pokrishkasimi, yangilaydigan!
SUVON . Ha endi, gapi-da, mulla Qo‘chqor, gapi...
Shu payt oshxonaning eshigida choynak ko‘rinadi, nozik qo‘llar uning qopqog‘ini urib, ovoz beradi.
QO‘CHQOR. Hozir, taqsir... (Choyni olib kelib.) Qani lesturxonga qarab o‘tiring... (Kerilibroq.) Buyuraymi, «jiz-5iz» qivorsin?
SUVON. Endi-i, mulla Qo‘chqor, taom yeb yurgan joyi-shiz. Xudo xohlasa, hali ko‘-o‘p kelamiz...
QO‘CHQOR. Ie! Bu endi, hali ko‘-o‘p uylanasiz, deganingiz-mi, taqsir?
SUVON. Gapi-da, mulla Qo‘chqor, gapi... Xo‘sh. Vaqt ziqroq, bo‘lg‘usi kelinni chaqiring.
QO‘CHQOR   (chaqirib). Alomatxon, bir ko‘rinish bering!
Alomat o‘ziga nihoyatda yarashib turgan milliy libosda, usti sochiq bilan yopilgan allanimani ushlaganicha chiqib ke-ladi.
ALOMAT (odob bilan). Assalomu alaykum.
SUVON. Vaalaykum assalomu vorahmatullo. Tuzuk, tuzuk... Qani, mundoq o‘tiring. (Qo‘chqorga.) Siz bir kosada suv keltiring.
QO‘CHQOR (o‘rnidan turib). Xo‘p, taqsir. 
ALOMAT  (qo‘lidagi usti sochiq bilan yopilgan kosani echib, uzatadi.) Mana, mulla aka.
Qo‘chqorning hayratdan og‘zi ochilib, sekin joyiga o‘tiradi.
SUVON. Borakallo-o... (Kosani olib, bir nimalarni pichirlaydi.) Kelin bo‘lmishning ism-shariflari, otalarining nomlari?
QO‘CHQOR. Ismlari — Alomatxon. Eshitdingiz-ku. Xo‘sh, deganingizdan bilsak, taqsir, otalari-i... qazo qilib ketganlar, taqsir. Sariq bo‘lganlar-da. Bilasiz-ku, hozir nima ko‘p—sariq ko‘p. Do‘xtirga oborishsa, «jigarni qozon sochiq qivoribsiz-ku» deyishibdi. O‘tib ketgan ekan-da, taqsir. Keyin, qizilo‘ngachlariyam ko‘ndalangiga...
SUVON. Qazo qilgan bo‘lsalar ham ismlari bordir, axir?
QO‘CHQOR (Alomatga umidvor boqib). Bordir... Xo‘sh... Cheyin, desangiz, Alomatxon yetimxonada o‘sganlar, taqsir.
SUVON (asabiy). Qo‘chqorbek, men otalarining ismini so‘rayapman, qaerda o‘sganlar, deb emas!
QO‘CHQOR. Tiqilinchda esimdan chiqib qoldi-da, taqsir, edamni hadeb shoshiltiraverasizmi! Aytyapman-ku, otalasining ismi... Olimtoy, deb! Yo‘g‘-e, Olimjon, deb. Ha, Olimjon taqsir.
SUVON. Xo‘sh, Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘li...
QO‘CHQOR (o‘rnidan turib). Labbay, taqsir?
SUVON. E, o‘tiring! Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘li, siz Alomat Olimjon qizini o‘z inon-ixtiyoringiz ila hasmingizga qabul etasizmi?
QO‘CHQOR. Hali tushuntirdim-ku, taqsir...
SUVON. «Ha» deng!
QO‘CHQOR. Ha! (Tomoq qirib qo‘yib.) Uch marta so‘ramaysizmi, taqsir?
SUVON. Nimangizdan uch marta so‘rayman, o‘lib turibsiz-ku? Mana, kelin bo‘lmishdan uch bor so‘rasak arziydi. (Alomatga.) Siz, Alomat Olimjon qizi, Qo‘chqorbek Abdusattor o‘g‘liga o‘zingizni tan mahramlikka bag‘ishladingizmi?
Alomat nigohini bir nuqtaga qadaganicha o‘tiraveradi.
Taqdiringizni bu kishiga o‘z inon-ixtiyoringiz bilan qo‘shmoqqa rozimisiz?
Alomat Olimjon qizi, o‘zingizni mana shu odamga tan mahramlikka bag‘ishladingizmi?
Alomat yana indamaydi.
QO‘CHQOR. Uch marta bo‘ldi, Alomatxon... 
SUVON. Ie, Qo‘chqorbek, bu yog‘i pishmaganmidi hali? 
QO‘CHQOR. Hozir, taqsir... Alomatxon,  haligi  gap-da, esingizdami?
Alomat hamon o‘sha ko‘yi qimirlamay o‘tirardi. Qo‘chqor nima qilishni bilmay, uning atrofida aylanadi, sekingina boshqaruv blokini urib ko‘radi. Suvon hayron. Qo‘chqor qopqog‘ini ochmoqchi edi, lekin Alomatning ko‘ylagi xalaqit beradi, qay tomondan qo‘lini olib borishga aqli yetmay, ancha vaqt garangsib turadi. So‘ng tavakkal qilib yoqasiga qo‘l soladi.
SUVON. Hay, hay, hay, Qo‘chqorbek, nima qilyapsiz?.. Astog‘firullo!. Kuppa-kunduz-a?.. Sabr qiling, hech qursa nikoh o‘qib qo‘yay!..
QO‘CHQOR. Shu yerida tomiri tortishib qoladigan odati bor, taqsir... Uqalab qo‘ymasangiz, shunaqa haykal bo‘lib turaveradi!.. (Boshqaruv blokini titkilab ko‘radi, hech ish chiqmagach, Olimjonning hujrasidan o‘n-o‘n beshtacha mikrosxema olib chiqib, duch kelganini o‘rnatadi.)
ALOMAT. O‘rtoqlar! Hali dalalarimizda hosil ko‘p! Yana bir harakat qilsak, marra bizniki! Kechani kecha, kunduzni kunduz demay «zangori kema» shturvallarini boshqarayotgan azamatlarimizning jasorati osmon qadar hurmat va olqishga loyiqdir! Bugun paxta dalalariga qarar ekanmiz, yoshu qari etak tutib ulkan xirmonga o‘z ulushlarini qo‘shish ishtiyo-qi bilan javlon urayotganiga qoyil qolmay ilojing yo‘q...
SUVON (ko‘zi xonasidan chiqqudek bo‘lib). Melisa chaqiraymi,    Qo‘chqorbek?..   (Karavotdan    tusha   boshlaydi.)
QO‘CHQOR. Hozir, taqsir, hozir... (Bir amallab o‘chiradi.) Siz o‘tirib turing, taqsir, hozir to‘g‘rilaymiz deyapman-ku! (Bir uyum mikrosxemaga tikilib.) O‘ziniki qayoqda qoldi-a?..
SUVON (yoqasiga tuflab qo‘yib, qo‘rqa-pisa karavotga chiqadi). Qo‘chqorbek, uylanaman desangiz sog‘rog‘i qurib qolganmidi?.. Buni boshingizga urasizmi?
QO‘CHQOR (mikrosxema tanlay turib). Ko‘ngil ekan-da, taqsir. Qo‘yavering, do‘xtir-po‘xtirga qaratib odam qilib olarman... (boshqa mikrosxema o‘rnatadi.)
ALOMAT (ko‘shiq aytadi). «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik...»
SUVON. Yo qudratingdan!.. «Davron suraylik» deydimi, Qo‘chqorbek?!
QO‘CHQOR   (o‘chirishga  urinib).  Deydi,  taqsir,  deydi...
U Suvonning oldida nihoyatda xijolat chekar, asabiylashar va ishni battar chalkashtirib yuborardi. Shosha-pisha boshqa mikrosxema qo‘yadi. Shu payt quloqni qomatga keltirib ajab-tovur qo‘shiq yangraydi. Alomat Suvon bilan Qo‘chqorni dahshatga solib «breyyuja raqs tusha ketadi. Chatoq jihati shunda ediki, keskin harakatlar bilan raqs tushayotgan Alomatga endi mutlaqo yaqinlashib bo‘lmas, zero, o‘chirishning ham iloji yo‘q edi. Qo‘chqor uning atrofida behuda girdikapzlak bo‘lar, robotning kutilmaganda kelib tushgan zarbalaridai uchib ketardi. Suvon o‘zini karavotdan tappa tashlab, darvoza tomon qocha boshlaydi va shoshib kelayotgan Olimjonga uvipib ketadi. Olimjon yugurib kelib, Alomatning harakatlariga chap bera-bera, arang o‘chiradi. Alomat tek qoladi.
OLIMJON (jahldan bo‘zarib). Es-hushingiz joyida-mi, Qo‘chqor aka?! Ming marta aytaman, mening narsalarimga so‘roqsiz tegmang, deb! Xudo ko‘rsatmasin, Alomat bir falokat qilib qo‘ysa, men qamalib ketaman, Qo‘chqor aka! Axir bu odam o‘ldirib qo‘yishi ham mumkin! QO‘CHQOR. Bu o‘ldirsa nega seni qamaydi?
OLIMJON. Ie!.. Traktoringiz bilan odam bosib ketsangiz, sizni qamaydimi, traktoringiznimi? Alomat ham mashina-da. Kerakli mikrosxemani qo‘yib berdim, nima qilasiz boshqasini olib chiqib?! Yo‘q, bunaqada meni bir falokat-ga giriftor qilasiz... Ba’zan sizga umuman tushunmay qolaman, yoshingiz qirq-qirq beshga borgan bo‘lsa, yetti-sakkizta bolaning otasi bo‘lsangiz!.. E, tovba!.. (Bir oz o‘zini bosib olib.) Baribir domlani chaqiribsiz-da?
QO‘CHQOR (ko‘zlarini begunohlarcha pirpiratib). O‘zing «bilganingizni qilavering» deding-ku...
OLIMJON. «Bilganingiz» shu bo‘ldimi?
QO‘CHQOR. Ha endi, hamma aqli yetgan ishni qiladi-da, Olimtoy. Bizniki shunga yetdi...
OLIMJON (miyig‘ida kulib). Xo‘sh, nikoh o‘qitib bo‘ldingizmi?
QO‘CHQOR. Jinday chalasi bor-u, lekin... o‘qib bo‘ldi hisob.
OLIMJON (Alomatga ishora qilib). Keyin bu xursand bo‘lganidan o‘yinga tushib ketdimi?
QO‘CHQOR. Bo‘ldi-da endi, voy-bo‘! Bitta gapni achchiq ichakday cho‘zaveradimi! Mana, o‘chdi-ku! Qani o‘zining haligi... kassetasi?
OLIMJON (qidirib topib beradi). Mana. Qilar ishni qilib qo‘yib, yana jahl qilasiz-a!
Qo‘chqor Alomatga ilgarigi mikrosxemani o‘rnatadi.
ALOMAT (engil ta’zim bilan). Bag‘ishladim.
OLIMJON. Nimani?
ALOMAT. O‘zimni.
OLIMJON. Nimaga bag‘ishlading?
ALOMAT. Tan mahramlikka.
QO‘CHQOR. E, ana! Bu dunyoda hali haqiqat bor! Rakatoping, Alomatxon! (Asabiylik bilan fotiha qilib.) Men qabul qildim, oblohu akbar! Tamom!
OLIMJON. E, tavba! Yosh-qari demas ekan-da, a? (O‘chirmoqchi bo‘lib Alomatga yaqinlashadi.)
QO‘CHQOR. Ho‘, ho‘, ho‘, bola! Qoch-e! Indamasa ja!.. Bu yoqqa o‘t! Menga nasihat qiladigan otam o‘lib ketgan, bildingmi?! Mushtdaygina bo‘lib aql o‘rgatasan! (Alomatga.) Xotin, bor, ich-kariga kir!
ALOMAT. Xo‘p bo‘ladi. (Ketadi.)
OLIMJON. Siz yo ja nozik hazil qilyapsiz-u, men tushunmayapman, yo jinni-pinni bo‘p qolgansiz. Ichaverib, ichaverib! Men sizni durust odam, deb o‘ylovdim!
QO‘CHQOR. E, nima deb o‘ylasang o‘ylayver-e! Alomat mening nikohdagi qonuniy xotinim! (O‘dag‘aylab.) Nima deysan, yana gaping bormi?
OLIMJON . Ie, siz ja jiddiy kirishyapsiz-ku, a?
QO‘CHQOR. Jiddiy kirishyapman! Ertaga ZAGSdan ham o‘tamiz! Kerak bo‘lsa, kelasi shanbada to‘y ham qivoraman! Artislardan tanishing yo‘qmi?
OLIMJON . Kennoyim-chi? Ular ham nikohdagi xotiningiz-ku?
QO‘CHQOR. Qaysi kennoying? Kennoying ana, uyida o‘tirib-di! Eriga xotin bo‘lib, uyiga ega bo‘lib! Likillab onasiniki-ga ketib qolgani yo‘q! U bilan ertagayoq orani ochiq qilaman — tamom!
OLIMJON. Xo‘p, unda men yaratgan robot, ya’ni mening mashinam qani?
QO‘CHQOR. Men qayoqdan bilaman sening mashinangni! E, birovning uyiga bostirib kirib, mashinam qani, deysan! Biz er-xotin tinchgina o‘tiribmiz, chirog‘imizni yoqib!
OLIMJON. Demak, men yetti yil ko‘zimning nurini to‘kib, mingta byurokrat bilan olishib...
QO‘CHQOR. Nima-krat?
OLIMJON . Byurokrat. Kechalari uxlamay, o‘lib-tirilib sizga xotin tayyorlab bergan ekanman-da, a?
QO‘CHQOR. Rahmat. Biz ham yaxshi kunlaringda qaytararmiz. Bizdan qaytmasa, bola-chaqamizdan qaytadi.
OLIMJON. Bola-chaqangizdan? Hali «kichkina-kichkina robotvachchalar yasab ber» ham dersiz?
QO‘CHQOR. U yog‘i bilan ishing bo‘lmasin, bildingmi?! Kerak bo‘lsa, o‘zimiz yasab olaveramiz! (Bir oz sukutdan so‘ng.) Vey, bu dunyoda odamdan faqat yaxshilik qoladi. Otam rahmat-li «birov senga yomonlik qilsa ham yaxshiligingni ayama o‘sha padariga la’natdan» deganlar. Yaxshilik yaxshi-da,  Olimtoy.
OLIMJON. Hozir idoradan kelyapman, ertaga terim boshlanar ekan. Xo‘sh bizning eksperiment nima bo‘ladi?
QO‘CHQOR. Nima-periment?
OLIMJON. Eksperiment. Alomatni dalada sinab ko‘rish kerak, komissiya keladi.
QO‘CHQOR. Yo‘q, men bir nima deyapmanmi, Olimtoy? Xotin bo‘lganidan keyin el qatori dalaga chiqadi-da. Ko‘pga kelgan to‘y.
OLIMJON. Shunisigayam shukr. (Mikrosxemalarni yig‘ishtira turib, birdan qizil rangli mikrosxemani ko‘rib qoladi.) Qo‘chqor aka!.. Manavini qo‘ydingizmi? Sizdan so‘rayap-man, qo‘ydingizmi, yo‘qmi?!
QO‘CHQOR. Nega baqirasan? (Mikrosxemani olib, qaray-di.) Bunimi? Qo‘ymadim, shekilli.
OLIMJON (holsiz o‘tirib qoladi). Xayriyat... Yuragim to‘xtab qolay dedi-ya...
QO‘CHQOR. Nima o‘zi bu, Olimtoy?
OLIMJON. UES.
QO‘CHQOR. Nima-es?
OLIMJON. UES. Universal elektron sxema.
QO‘CHQOR. Nima karomat ko‘rsatadi bu?
OLIMJON. Alomatga o‘shani qo‘ysangiz — bo‘ldi, boshqa mikrosxemaga hojat qolmaydi, hammasining o‘rnini bosaveradi.
QO‘CHQOR. Ie, yaxshi ekan-ku. Shu kassetani qo‘yaylik, Olimtoy. Ha deb almashtiraveramizmi — etagini ko‘tarib, yoqasiga qo‘l tiqib, a?
OLIMJON. E-e, nima deyapsiz, Qo‘chqor aka? Bu faqat laboratoriya sharoitida sinaladi. Shundayam qat’iy ehtiyot choralari ko‘rilganidan keyin.
QO‘CHQOR (sirli). Nima, xavflimi?
OLIMJON. Nima desa bo‘ladi... Mana, hozir Alomat gaplaringizga shunchaki,  mexanik ravishda javob qilyapti. 
QO‘CHQOR. Nima-nik?
OLIMJON, Mexanik. Gapida piching yo‘q, kinoya yo‘q, to‘g‘risini gapiraveradi. Nima deyayotganingizni tahlil qilib o‘tirmaydi, aytdingizmi — bajaradi. Buni qo‘ysak-chi? Unda o‘ylaydi, fikr qiladi, hamma narsaning mohiyatiga tushunib yetadi!
QO‘CHQOR. O‘ylasa yaxshi-ku, Olimtoy.
OLIMJON. Yaxshimish! Robot o‘ylasa, fikr qilsa, bilasizmi nima bo‘ladi?
QO‘CHQOR. Nima bo‘ladi?
OLIMJON. Qiyomat-qoyim bo‘ladi! Aytdim-ku, hali Alomatga o‘xshagan robotlar ming-minglab yaratiladi. Millionlab yaratiladi! Endi bir tasavvur qiling: millionlab robot kallasini ishlatsa, o‘ylasa! Xudoning o‘zi asrasin-u, un-da oxir zamon bo‘ldi, deyavering! Ular borib-borib o‘zining hozirgi ahvolidan norozi bo‘la boshlaydi! Tushunib qoladi-da! Nega, deydi, odamlar maza qilib yurishibdi, men ertadan kechgacha eshakday ishlashim kerak, deydi! Nega endi ularning inon-ixtiyori o‘zida-yu, men manavinaqa programmalashtirilgan mikrosxemalarga bo‘ysinishim kerak, deydi! Tushunyapsiz-mi, gap qaerda? Qarang, ularning o‘zi kim-u, insonlikka da’vo qilishadi! Hamma gap shundaki, fikr qilsa aqlini taniydi. Aqlini tanisa ko‘zi ochiladi! Ko‘zi ochilsa ularni boshqarish mumkin bo‘lmay qoladi! Ana shuning uchun,Qo‘chqor aka, robot robotligini qilishi kerak. Buyruq berildimi — bajarsin! U yog‘i bilan ishi bo‘lmasin!
QO‘CHQOR. Ha-a, bundan chiqdi, sa-al ahmog‘roq bo‘lishi kerak ekan-da, a, Olimtoy?
OLIMJON. Shunday desayam bo‘ladi. ularning tanasi, qo‘li, oyog‘i, mayli, ishlasin. Lekin kallasi ishlashiga yo‘l qo‘y-maslik kerak! Bo‘pti, men borib, bir oz ishlay endi.
Olimjon mikrosxemalarni yig‘ishtirib, ichkariga kirib ketadi. Qizil rangli mikrosxema Qo‘chqorning qo‘lida qolaveradi.
QO‘CHQOR (o‘ychan, qo‘lidagi sxemaga qaraganicha). Unday bo‘lsa, bu sho‘ring qurg‘urlarni yaratishning nima keragi bor ekan?.. (Olimjon ketgan tomonga qarab olib, mikrosxemani sekingina ayvon shipiga qistirib qo‘yadi.)
Tashqaridan Saltanatning shang‘illagan ovozi eshitiladi.
SALTANATNING OVOZI. Kisht! Kisht-e, qirilibgina ketgur!.. Iloyim qiron kelsin hammasiga! Na kunduzi tinchlik bor, na kechasi! Bo‘ldi, jonimdan to‘yib ketdim, yo u yoqlik qilaman, yo bu yoqlik! Xudo ko‘tarsin bunaqa qo‘shnini!
QO‘CHQOR. Obbo, tag‘in boshlandi!..
ALOMAT (chiqib). Nima boshlandi?
QO‘CHQOR , E, siz bilmaysiz, Alomatxon, Saltanat degan qo‘shnimiz bor, Janjal bo‘yicha qishloq chempioni. Og‘ir vazn-da, kelsa ko‘rasiz. Butun qishloq «dod» deydi. Janjalni pulga sotib olib yuradi. Agar shoxiga ko‘ylagi ilinib qolsa, daraxt bilan ham yotib olib janjallashadi! Alomatxon, mabodo meni so‘rasa, «ishga ketganlar» deb qo‘ying, xo‘pmi? (Ichkariga qochib kirib ketadi.)
SALTANAT kirib keladi. U semiz, barvasta ayol — chin-dan ham «og‘ir vaznda» edi. Ovozi ham gavdaga yarasha.
SALTANAT (uy tomonga). Ho‘, yigit! Chiqavering, ko‘rganlar «xotindan qochdi» demasin! Belida belbog‘i bor ham anqoning urug‘i bo‘p ketyaptimi, nima balo! Qani, bo‘ling, bo‘ling, vaqt yo‘q!
QO‘CHQOR (noiloj chiqib). E-e, keling, kennoyi, keling...
SALTANAT. Menga qarang, nima, endi ertalabdan kechgacha «kisht-pisht» bilan umrim o‘tadimi?! Tovuqni eplagan boqadi, qo‘lingizdan kelmaydimi, yig‘ishtiring do‘konni! Ye ekin-tikin qilmay, tovuqlaringizga qorovul bo‘lib o‘tiraymi, a? Na piyoz qoladi, na gul qoladi, na kashnichu na ukrop!
QO‘CHQOR. Nima-rop?
SALTANAT. Ukrop! Quloqniyam xudo olib qo‘yganmi, deyman!
Alomat ularga jimgina qarab turibdi. Shovqinni eshitib, ichkaridan Olimjon ham chiqadi.
OLIMJON. Assalomu alaykum, kennoyi.
SALTANAT. Ha, tag‘in keldingizmi, ko‘ch-ko‘roningizni ko‘tarib? Lo‘lida tinim bor, sizda tinim yo‘q? (Qo‘chqorga.) Ie, nega serrayib turibsiz, bir chiqib qarang ularingizning qilgan ishini!
QO‘CHQOR. Bilaman, kennoyi, qaramasam ham bilaman... (Gap topolmay.) Shoshmay tursin ular hali!.. Agar yana bir marta shunaqa bo‘lsa...
SALTANAT. «...tabaka qivorasiz!» Bilamiz, birinchi marta eshitayotganimiz yo‘q! Anavi kuni makkaning ichidan buzog‘ingizni arang haydab chiqdim! Biram ochofatki, kaltakka-yam parvo qilmaydi! «Mol egasiga o‘xshamasa harom o‘ladi» deb ja to‘g‘ri aytishgan ekan!
QO‘CHQOR (Alomatni ko‘rsatib). Kennoyi, mehmon bor...
SALTANAT.   Mehmoningiz — kapeyka,   bildingizmi?!
QO‘CHQOR. Nima-eyka?
SALTANAT. Kapeyka! O‘zbekchasi «bir tiyin» bo‘ladi! Menga ko‘zini shunaqa lo‘q qilib turaversa, mehmoningizning obro‘si ham bir tiyin bo‘ladi! Bu — Saltana-at, deb qo‘ying, bilib olsin, ha!
QO‘CHQOR (Alomatga). Bu — Saltanaat.
SALTANAT. Ha, aytib qo‘yay, traktor savilingizni garajga oborib qo‘ying! «Tar-tar-tar» qilasiz — yarim kechasi kelasiz, «tar-tar-tar» qilasiz — kallai saharlab hammani uyg‘otvorasiz! E, xudo ko‘tarsin! Bir indamaysan, ikki inda-maysan, buning oxiri bormi o‘zi, yo‘qmi?!
Olimjon bitta mikrosxemani olib chiqib, Qo‘chqorga sekin-gina uzatadi. U sxemani Alomatga o‘rnatadi.
OLIMJON . Qo‘ying, kennoyi, mehmon bor, deyaptilar-ku...
SALTANAT. Voy, yana mehmondan keladi-ya! Ho‘, olimcha, shu tomorqa bilan bola-chaqa boqaman! Mehmoningizning husnu jamoliga qarab bolalarimning qorni to‘yib qolmaydi, tuzik-mi?! (Alomatga jirkanganday qarab.) Sumakday bo‘lmay o‘lsin, namuncha qiltiriq bu?
ALOMAT (kutilmaganda, Saltanatga). Sen, qo‘tir echki, nima deb ma’rayapsan o‘zi?! A?!
SALTANAT. Voy-voy-voy!.. Bu hali Saltanatning sovuniga kir yuvmagan, shekilli! Men bilan pachakilashma, mehmon o‘lgur, etagingni boshingga yopinchiq qilib, sazoyi qivoraman-a! He, turqing qursin, kaltakesakka o‘xshamay!
ALOMAT (bostirib borib). Nima deding? Boshimga nimani nima qilasan? Ha, og‘izginangdan qoning kelsin, sen echkemarning! Ko‘zingni o‘yib olaymi hozir?! Kimni sazoyi qilmoqchisan, qari kalamush?! Kimni, deyapman!
SALTANAT (chekina turib). Seni, seni!..
ALOMAT. Ho‘, bit ko‘z! Qani, chiq bu yerdan! Chiq, turqingni ko‘rmay! Bo‘lmasa og‘zingni qiyshaytib qo‘yaman, otingniyam aytolmay qolasan! (Bir-ikkita karatecha harakatlar qilib qo‘ya-di.) Iy-ya!..
SALTANAT (devorga qapishib). Voy, o‘lib qo‘ya qolay!.. Voy, sho‘rim!.. Qo‘chqorvoy, mehmonimning tutqanog‘i bor, deb aytib qo‘ymaysizmi?.. Voy, tortsangiz-chi buningizni! Voy, sharmanda!..
ALOMAT (mushtini Saltanatning naq burniga tekkizgudek qilib). «G‘ing» degan ovozingni eshitsam, o‘zingdan ko‘r, megajin! Umuman, ovozing chiqmasin, tushundingmi? Bundan buyon doim shivirlab gapirasan!
SALTANAT. Xo‘p, dedik-ku, opovsi, bitta gapdan qolsak o‘libmizmi...
ALOMAT. Bittamas, hamma gapingni shivirlab gapirasan! Agar yana bir marta shu hovliga chiqib akillasang, anavi eshikka oyog‘ingdan osib qo‘yaman — shamolda tebranib turaverasan! Uqdingmi, tovuqmiya?!
SALTANAT   (shivirlab). Uqdim-da,  opovsi,  uqdim...
ALOMAT . Agar shu eshikka munchoq bo‘lmay desang, ikkin-chi marta ovozingni ham eshitmay, turqi-tarovatingniyam ko‘rmay! Pishillama cho‘chqaga o‘xshab! Nafas olma!
SALTANAT. Nafas olmasam, o‘lib qolmaymanmi, aylanay mehmon?..
ALOMAT. O‘lmaysan! Endi sekin oyog‘ingning uchida yurib, chiqib ket.
SALTANAT (past ovozda). Bir og‘iz gapingiz, o‘rgilay, bir og‘iz gapingiz... (Oyoq uchida, bedana yurish qilib chiqib ketadi.)
Q U Ch Q O R. E, rakatoping, Alomatxon! Nalogchidan qutilganday bo‘ldig-e!
ALOMAT (shartta Qo‘chqorga o‘girilib). Hozir ikki ko‘zingning o‘rtasiga bitta uraman, miyangning qatig‘i chiqib keta-di!
Qo‘chqorning kapalagi uchib, Olimjonning orqasiga bekina-di.
OLIMJON. Gap qaytarmang, dedim-ku, Qo‘chqor aka! (Yugurib kelib, Alomatni o‘chiradi.)
QO‘CHQOR. Olimtoy, buyam o‘zimizdanmi deyman — do‘st-dushmanning farqiga bormaydi?..
UChINChI SAHNA
O‘sha manzara. Kechqurun. Olimjonning hujrasida chiroq yoniq, u ishlab o‘tiribdi. Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani eshitiladi. Ko‘p o‘tmay bir qop narsani orqalab Qo‘chqor kirib keladi.
QO‘CHQOR. Olimtoy!..
OLIMJON (derazadan). Assalomu alaykum, Qo‘chqor aka.
QO‘CHQOR. E, har soatda salom beraveradimi! Ushlasang-chi, tashlavoraman hozir!..
OLIMJON, I-i, ketdim, ketdim!.. (Yugurib kelib qarashadi.) Voy-bo‘, nima ko‘tarib yuribsiz, Qo‘chqor aka?
QO‘CHQOR. Kunjara-da, nima bo‘lardi... (Terini artib.) Voy, jonim-ey!.. Olimtoy, shu, yem yemaydigan mol ixtiro qilsang-chi, a?
OLIMJON. Unaqasi bor-ku.
QO‘CHQOR (chippa-chin ishonib). Qaerda?
OLIMJON . Tabiat muzeyida. Ichiga somon tiqib qotirib qo‘yishibdi. Yem ham yemaydi, sut ham bermaydi. (Ichkariga kirib ketadi.)
QO‘CHQOR (hafsalasi pir bo‘lib). A-a, senlar yem yemaydigan mol emas, mol yemaydigan yem o‘ylab topishga ustasanlar!..
ALOMAT (chiqib). Assalomu alaykum, Qo‘chqor aka. Yaxshi keldingizmi?
QO‘CHQOR (ko‘ngli ko‘tarilib). Shukur, shukur... O‘zingiz tinchgina o‘tiribsizmi, Alomatxon?
ALOMAT . Rahmat. Yuvinib oling, ovqat suzaman. 
QO‘CHQOR. Xo‘p, xo‘p... (Yuvingani chiqib ketadi.)
Bu orada Alomat dasturxon yozib, iqki kosada ovqat olib kelib qo‘yadi.
ALOMAT . Olimjon aka, chiqing, ovqatingiz sovib qola-di.
Olnmjon qandaydir qog‘ozga tikilganicha kelib karavotga o‘tiradi. Alomat ichkaridan toza ko‘ylak olib chiqib, artinib kelayotgan Qo‘chqorga uzatadi.
Mana, tozasini kiyib oling.
QO‘CHQOR (yayrab). Shunaqa qilamizmi?.. Hay, mayli, may-li...  (Kiyib.)  Rakatoping, Alomatxon.  (Karavotga chiqadi.)
Alomat uy yumushlari bilan band. Olimjon hamon qog‘ozdan ko‘z uzmagan ko‘yi paypaslanib goh qoshiqni qidiradi, goh non-ni.
E, Olimtoy, ovqat vaqtida olimlikni qo‘yingda endi. Esim-da yo‘q, Ibn Sinomikan, qaysi biridir aytgan ekan: uyqu, ov-qat, fizkultura ja kerakli narsa-a, deb. Mana, biz shu gapga amal qilib kelamiz-da, Olimtoy. Uyqu yaxshi, ovqatdan ham o‘zimizni xafa qildirib qo‘ymaymiz. Endi, fizkulturasiga kelsak, nima deymiz... televizorga qarab oyoq ko‘tarish yo‘g‘-u, lekin qimirlab turamiz. Azondan to yarim kechagacha traktor minganingdan keyin o‘zi oyog‘ing ko‘tarilib qolar ekan.
Bir necha soniya jimgina ovqatlanishadi.
Bay-bay-bay, qo‘lginang dard ko‘rmasin-da! (Kosani nari su-rib qo‘yib) Olimtoy-da, gap-da... Shu, Alomatxonni aytaman, dalaga chiqarib nima qilasan shunday... narsani? Bitta ayolga uyning tashvishi ham yetib ortadi.
OLIMJON . Masalaga bunaqa tor qaramaslik kerak, Qo‘chqor aka. Bu yerda gap faqat sizning xotiningizning usti-da emas, butun o‘zbek xotin-qizlarining ustida ketyapti.
QO‘CHQOR. Endi, mayli-da, kimning ustida ketsayam. Axir, bunaqasidan hali ming-minglab yaratiladi, deding-ku. Shular-dan bittasi yursa yuribdi-da.
OLIMJON. E-e, hali «ming-ming»gacha gap ko‘p. Hozir-cha Alomat bitta. Yagona, tajriba nusxasi.
QO‘CHQOR. Endi, shu nusxaga tegmasang bo‘lardi-da...
OLIMJON . Qo‘yavering, vaqti kelib, ajabmas, magazinlarga ham chiqarilsa. Ana o‘shanda sizga o‘xshagan so‘qqaboshlar magazindan xotin olaveradi.
QO‘CHQOR. Ey, tinchgina ovqat yeymizmi, yo‘qmi?! Nuqul piching qilasan! Hali «tabiat muzeyi» deding — indamadim! Endi «magazindan xotin olasiz» deysan! Nima senga u, to‘qqizin-chi kalishmidi magazindan oladigan?!
OLIMJON. Nega jahlingiz chiqadi, Qo‘chqor aka? Vaqti kelib, robotlar magazindayam sotiladi-da. Mana, shaxsiy tomorqa uchun kichkina traktorchalar sotilyapti-ku. O‘n-o‘n besh yil oldin «magazinda traktor sotilarkan» desangiz, hech kim ishonmasdi. Buyam shunga o‘xshagan gap.
ALOMAT (qopni ko‘rsatib). Qo‘chqor aka, manavini uyga olib kiraymi, molxonagami?
QO‘CHQOR. E, qo‘yavering, keyin o‘zim tinchitaman.
ALOMAT . Voy, men turganda siz qop ko‘tarib yursangiz uyat bo‘lmaydimi? (Qopni bir qo‘lda yengil ko‘tarib ketadi.)
QO‘CHQOR (o‘rnidan sapchib turib). Ie, ie... Alo... Alomat-xon!.. Qo‘ying, qo‘ysangiz-chi!.. E, xudo, bu nima ko‘rgulik!.. Olimtoy, sinib-pinib qolmasmikan?
OLIMJON. Hech nima qilmaydi, korpusi puxta ishlangan.
QUChQOR . Nima-pusi? 
O L I MJ O N . Korpusi.
QO‘CHQOR (hayratda). Xotinmas — ekskovator! (O‘tiradi.)
OLIMJON (zerikib). Qo‘chqor aka, televizor-pelevizor ham olib qo‘ymagansiz-a?
QO‘CHQOR. Televizorning nima keragi bor? Shunisi yaxshi, ertaroq yotiladi. (Dasturxonga fotiha qilib.) Alomatxon, joy solinganmi?
ALOMAT (ish bilan bo‘lib). Ha, solib qo‘yganman.
Sukut.
QO‘CHQOR. Bu, ranging chatoq, Olimtoy, charchabsan-ku. Yo‘l azobi — go‘r azobi, shaharday joydan shuncha yuk bilan kelishning o‘zi bo‘ladimi! Mayli, borib damingni ol...
OLIMJON (turib). Qorin to‘ydi — g‘am ketdi, rahmat.
Endi bir oz ishlasak ham bo‘ladi. (Ketadi.).
QO‘CHQOR (uning ketidan). Odam degan mundoq dam ham olishi kerak-da, Olimtoy. Kunduzni ishlagani chiqargan, oq-shomni uxlagani...
Alomat dasturxonni yig‘ishtira boshlaydi.
Alomatxon, qo‘yavering, qolganini ertaga qilarsiz, kech bo‘p qoldi...
ALOMAT . Hozir, hozir.
Qo‘chqor ichkariga kirib ketadi. Alomat ancha vaqt u-bu yumush bilan kuymalanib yurib, u ham Qo‘chqor kirgan uyga yo‘l oladi. Hovli birpas bo‘sh qoladi. Derazadan Olimjonning stolga engashib olib ishlayotgani ko‘rinib turibdi. Qo‘chqorning xonasida chiroq o‘chadi. Chigirtkalarning ovozi eshitiladi. Bir oz-dan so‘ng oq ko‘ylak, oq ishtonda Qo‘chqor chiqadi, u yoq-bu yoqqa alanglab, Olimjonning hujrasi tomon yuradi, deraza oldi-da ogohlantirish ma’nosida yo‘talib qo‘yadi.
OLIMJON (derazadan boshini chiqarib). Kim?
QO‘CHQOR. Olimtoy, shu, Qora dengizning suvi chindan ham qora bo‘ladimi?
OLIMJON. Shuni so‘ragani chiqdingizmi?
QO‘CHQOR. Yo‘q, o‘yladim-da... Mana, bizning ariqni «Oq ariq» deyishadi, lekin suvi qop-qora. Nomiga qaramas ekan-da, a?
OLIMJON (ishga unnab). Yo‘q, qaramaydi.
QO‘CHQOR (bir oz taraddudlanib). Olimtoy, bu, Alomatxonni aytaman... shunaqa tikka turaveradimi?
OLIMJON (xavotirlanib). Nima, biron nojo‘ya ish qilib qo‘ydimi?
QO‘CHQOR. Yo‘q, nojo‘ya-ku ish qilgani yo‘g‘-a, shu, ertalabga-cha tikka tursa... oyog‘i og‘rib qolmasmikan, demoqchiman-da.
OLIMJON . Qo‘chqor aka, o‘n yil tikka tursayam hech nima qilmaydi! Ishlagani qo‘yasizmi, yo‘qmi?
QO‘CHQOR. Mayli, mayli, ishla... Ishlagan yaxshi-da... (Ik-kilanibroq uyga kirib ketadi.)
Qo‘chqorning xonasida chiroq yonadi, u yoqdan-bu yoqqa o‘tgan soyalar ko‘rinadi. Chiroq o‘chadi. Jimlik. Ko‘p o‘tmay Qo‘chqor yana chiqadi. (Asabiyroq, lekin o‘zini qo‘lga olishga urinib.) Olim-toy!..
OLIMJON . Ha?
QO‘CHQOR. Shu, desang, sira uxlab bo‘lmayapti-da, uka!.. 
OLIMJON. Nega?
QO‘CHQOR. O‘zing o‘ylagin, chiroqni o‘chirib yotsang-u, tepang-da bittasi ko‘zini baqraytirib tursa! Bunaqada uyqu keladi-mi?
OLIMJON. Alomatni aytayapsizmi? O‘chirib qo‘yib uxlayversangiz-chi, yosh bolamisiz?
QO‘CHQOR. O‘chirib qo‘ysam ham turibdi-da axir, kelisopga o‘xshab! Kechasi uyg‘onib ketib, qo‘rqqanimdan bir nima bo‘p qolsam nima bo‘ladi?
OLIMJON. Unda mening xonamga olib chiqib qo‘ying.
QO‘CHQOR. Ie, esi bormi o‘zi bu bolaning?! Nimaga sening xonangga olib chiqib qo‘yar ekanman?!
OLIMJON. Bo‘lmasa, nima qil, deysiz?
QO‘CHQOR. Birov senga, bir nima qil, deyaptimi? Shundoq, yaqin olib, aytdim-qo‘ydim-da... (Bir ozdan so‘ng.) Lekin, Olim-toy, shu, mashinangning bitta kamchiligi bor-da.
OLIMJON. Masalan?
QO‘CHQOR. Masalan... Masalan, o‘ta ketgan... tartibli! 
OLIMJON. Nima bo‘pti?
QO‘CHQOR. Ie, nima bo‘pti, deydi-ya manavi bola! Bunaqasiga uylanib ko‘rmagansan-da, bilmaysan. Masalan, kechasi haligiga tursam... nimaga... qo‘l yuvgani tursam, qaytib kelgu-nimcha o‘rnimni yig‘ishtirib qo‘yadi! (Olimjonning beparvoligidan jahli chiqib.) Shu, odam bir ishni qilganidan keyin puxta qilsa-da! Mana, biz bir marta kultivatsiya qildikmi — tamom, qaytib traktor kirmaydi! Bir marta jo‘yak oldikmi — to‘ppa-to‘g‘ri, miltiqning o‘qiday chiqadi, ko‘rgan odam «e, raka-top» deydi! Chala ish — chala-da!
OLIMJON (asabiylashib). Bunaqa narsa yaratish oson emas, Qo‘chqor aka! Olamshumul kashfiyotlar yuz yilda bitta bo‘ladi! Ikki yuz yilda bitta bo‘ladi!
QUChQOR. E, ming yilda bitta bo‘lsayam qoyil qilib qo‘yish kerak-da, mulla!
OLIMJON. Tushunsangiz-chi, men paxta teradigan mashina yaratdim, ma-shi-na!
QO‘CHQOR (qizishib). Mashina bo‘lsa, mashinaga o‘xshasin-da! Solyarka yesin, garajda tursin! Nima qilasan, odamlarning boshini qotirib?!
OLIMJON. Aytayapman-ku, Qo‘chqor aka, masalaning estetik tomonini o‘ylab odamga o‘xshatdim, deb!
QO‘CHQOR (tutaqib). E, o‘xshatsang hamma yog‘ini o‘xshatmay-sanmi, qon qivording-ku odamni!!! E, estetikangdan o‘rgilay!
OLIMJON. Qo‘chqor aka, sizni qanchalik hurmat qilishimni bilasiz. Lekin hamma narsaning ham chegarasi bo‘ladi. Agar shunaqa qilaversangiz, hozir kirib Alomatingizni buzib tashlayman!
QO‘CHQOR (g‘azabdan ko‘karib). Kimni buzasan?.. Nimani buzasan?!
OLIMJON. Xotiningizni... e, tfu! Alomatni! Buzib, zapchast qilib tashlayman! QO‘CHQOR. Nima-chast?
OLIMJON.  Zapchast.  Tamom,  menga  bunaqa  mashina kerak emas!
QO‘CHQOR. Ho‘, bola! Birinchidan, senga kerak bo‘lmasa, mana, bizga kerak! Ikkinchidan, hozir o‘zingni zapchast qilib tashlayman, savob bo‘ladi! (Olimjonning yoqasidan tutib, derazadan sug‘irib oladi.)
OLIMJON. Yoqani qo‘yvoring!.. Qo‘yvoring, deyapman!.. (Siltanib.) Oling qo‘lingizni-e! Uyalmaysizmi, kap-katta odam?!
QO‘CHQOR. O‘zing uyalmaysanmi, ayol kishini haqorat qilgani?! Kim aytadi seni o‘qigan, tushungan odam, deb?!
OLIMJON. Shu janjalimizni birov ko‘rsa nima deydi, a? Bitta robotni, temirni talashib yotishibdi, deydi! Men-ku, uni yaratganman, yetti yil umrimni bag‘ishlaganman, sizga nima?
QO‘CHQOR. Sen yetti yil bag‘ishlagan bo‘lsang, men qolgan umrimning hammasini bag‘ishlayman!
OLIMJON (xafa bo‘lib). Bunaqaligini bilganimda odam emas, bir eshak shaklida yaratardim. Nomiyam «Eshak-1», «Eshak-2» bo‘lardi...
QO‘CHQOR (hamon bo‘sh kelmay). Nima qipti, eshak ham... xo‘jalikka kerak narsa.
OLIMJON. Ie, undan ham quruq qolarding, demoqchi-misiz? Maymun shaklida yaratsam-chi? Baribir uylanaverarmidingiz?
QO‘CHQOR. Yo‘q, ZAGSdan o‘tkazmaydi... Lekin, bitta qafas-ga solib qo‘yib, bola-chaqa bilan tomosha qilib yotaverardik. Televizorning o‘rniga-da.
OLIMJON (butunlay ruhi tushib). Yo‘q, o‘sha mashinani mashina shaklida yaratayotganlar to‘g‘ri qilayotgan ekan. Betashzish, beg‘alva... Hech kim yoqasigayam yopishmaydi...
QO‘CHQOR (past tushib, arazli). O‘zing ham unaqa erkak kishining hamiyatiga tegma-da bo‘lmasam.. (Qovog‘ini solganicha chchkariga kirib ketadi.)
OLIMJON. Ha-a, odam-robot yaratishning bunaqa tomonlari ham bor ekan. Shuning uchun ham xudo lak-lak odam yaratib qo‘yib, hech kimning ko‘ziga ko‘rinmay ketgan ekan-da. Ko‘rinsa bormi, bu besh yarim milliard odam uning o‘zini zapchast qilib yuborarkan!..

P A R D A

TO‘RTINCHI SAHNA

O‘sha hovli. Oradan ikki kun o‘tgan. Alomat karavotda o‘tiribdi. Qo‘chqor tog‘orada bug‘i chiqib turgan qaynoq suv olib selib, uning qarshisiga qo‘yadi. Alomatning qo‘llarini kaft-mri orasiga olib birpas tikilib turadi, yuziga bosadi. «Senin sekingina qaynoq suvga botiradi. Kutadi. O‘rnidan turib, ayvon shipidagi qizil mikrosxemani oladi. Birpas o‘ylanib turib, ehtiyotkorlmk va hadik bilan robotga o‘rnatadi. Alomat xuddi uyqudan uyg‘ongandek ajablanib atrofni suzatadi, Qo‘chqorga bosh-oyoq razm soladi.

ALOMAT (bir Qo‘chqorga, bir tog‘oradagi suvga qarab) Qo‘chqor aka?
QO‘CHQOR (uzrli). Shu, desangiz, qo‘lingiz ja muzday-da... yuzimni silaganingizda temirga o‘xshab ketadi... (Uning qo‘lini yuziga bosib ko‘radi.) Hali bor... (Yana tog‘oraga tiqib qo‘ya-di.) Xafa bo‘lmang-u, Alomatxon, shu, Qumrining qo‘llari qadoq bosib, yorilib ketgan bo‘lsayam bir nimasi bor edi-da... O‘sha nima ekan-a? Bo‘lmasam, barmoqlarini ko‘sak tilib, g‘adir-budir qilib tashlagan. Qo‘lidan, desangiz, kir sovun aralash tappi hidi keladi. (Xo‘rsinib.) Lekin nimasidir bor edi... Keyin, ko‘zingiz ham g‘alati. Yo‘q, uzoqdan qarasam durust, yaqiningizga kelsam, shishaga o‘xshaydimi-ey...
ALOMAT. Kvarts.
QO‘CHQOR. Nima-arts?
ALOMAT. Kvarts. Kvartsdan yasalgan.
QO‘CHQOR. Ha-a... Shishaning bir turi-da, a? Ja sovuq narsa bo‘larkan lekin. Bilasizmi, ko‘nglingizga olmang-u, Qumri bilan-chi, jim o‘tirib ham gaplashaverardik. Ichimiz-da-da... Nima deyatganini ko‘zidan bilardim. Uyam shundoq qarardi-yu, ichimdagini topardi, qurg‘ur...
ALOMAT. Men maqsadingizni, xohish-istagingizni ko‘zingizga qarab bilolmayman. Tashqi olam bilan faqat manusonik metodda aloqa qilaman.
QO‘CHQOR. Nima-so‘nik?
ALOMAT. Manusonik. Tabiatdagi barcha tirik mavjudot, shuningdek, odam ham o‘zidan elektromagnit to‘lqinlari tarqatadi.
QO‘CHQOR. Men hammi?
ALOMAT. Siz ham.
QO‘CHQOR. Qumri bo‘lsa, «sizdan faqat solyarka hidi taraladi», derdi... Qarang, gapi yolg‘on ekan-da, a?
ALOMAT. Sizdan tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarini qabul qilaman va shunga ko‘ra nima zarur bo‘lsa, o‘sha ishni bajaraman.
QO‘CHQOR (tushunishga harakat qilib). Demak, biz o‘zimiz-dan elktromagnit to‘lqini chiqaramiz, siz uni qabul qilasiz. Ie, bundan chiqdi, siz kelguningizgacha bekordan-bekorga elektromagnit to‘lqini chiqarib yotgan ekanmiz-da, a? Uni hech kim qabul qilmasa...
ALOMAT. Mana, masalan, ikki kundan beri ishingizga ovqat olib boraman-a? Hech mahal, qaysi brigadada yoki qaysi qartada ishlayotganingizni so‘raganmanmi?
QO‘CHQOR. Yo‘q...
ALOMAT. Ovqatni olaman-u, to‘ppa-to‘g‘ri topib bora-veraman. Elektromagnit to‘lqinlari menga yo‘l ko‘rsatadi.
QO‘CHQOR (xo‘rsinib). Qumri ham adashmay topib borar-di... Unga nima yo‘l ko‘rsatar ekan-a? yoki, deylik, har kuni ko‘chamizdan qancha-qancha traktor o‘tadi. Bolalarim bo‘lsa mening traktorimni ovozidan tanib, yugurib chiqishadi... Bo‘lmasam, uncha-muncha usta mexanik ham traktorlarni ovozidan ajratolmaydi... (O‘kinch bilan.) E xudo men tushunmaydigan jumboqlaring muncha ko‘pa...
ALOMAT. Tushunmagan narsalaringizni so‘rang, bajoni-dil javob beraman.
QO‘CHQOR. Mana, deylik, men nimadandir xursand bo‘ldim-a? Siz ham menga qo‘shilib sevinasizmi?
ALOMAT. Yo‘q, men unda xotirjam bo‘laman. Negaki, sog‘-salomatsiz, qorningiz to‘q, hech nima bezovta qilmayapti — demak, hammasi joyida.
QO‘CHQOR (ruhi tushib). Ha... (Umidvor.) Xo‘p, xafa bo‘lsam-chi? Undayam baribirmi?
ALOMAT. Baribir emas. Siz xafa bo‘lgan narsaning sababini topib, bartaraf qilaman.
QO‘CHQOR. E-e, unda siz ham o‘zimizning rahbarlarga o‘xshagan gap ekansiz-da. Bir ish bilan borsang, na dardingga sherik bo‘ladi, na xursandchiligingga. Nomi «mahalliy hokimiyat» bo‘lgani bilan, bilmayman, narigi mahallaga qaray-dimi... (Birdan.) Alomatxon, siz yig‘lay olasizmi?
ALOMAT. Yo‘q.
QO‘CHQOR. Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani yaxshi. Yengil tortadi. Erkakning yo‘rig‘i boshqa — uyat bo‘ladi. Mana, men sira yig‘lamaganman. (Uychan.) Lekin, uyat bo‘lmaganida yig‘lardim...
ALOMAT. Uyat bo‘lmaydi, yig‘layvering.
QO‘CHQOR (xijolatli). E, qo‘ysangiz-chi, qiziqmisiz...
ALOMAT. Rost, uyat bo‘lmaydi, chunki men uyatni tushunmayman. Elektromagnit to‘lqinlari bo‘lsa boshqa gap. Mana, hozir siz yig‘iga ehtiyoj sezyapsiz — buni tushunaman. Bemalol yig‘layvering, Qo‘chqor aka. Men robotman-ku, temirdan ham uyaladimi odam? 
QO‘CHQOR (hayron). Ie... Nima deb yig‘layman?
ALOMAT. Xohlasangiz nima deb yig‘lashingizni yozib beraman.
QO‘CHQOR. Yo‘g‘-e, endi yig‘lashniyam qog‘ozga qarab yig‘lasak uyat bo‘lar?..
ALOMAT. Men odamlar haqida boshqacha tasavvurda edim. Ularning erki qo‘lida, nimani xohlasa shuni qiloladi, deb o‘ylardim. Nahotki xo‘losalarim noto‘g‘ri bo‘lsa?
QO‘CHQOR. Haliyam erkimiz qo‘limizda.
ALOMAT. Nega bo‘lmasa yig‘lolmayapsiz?
QO‘CHQOR. Endi, Alomatxon, dabdurustdan qiyin-da. Bir sabab bo‘lmasa...
ALOMAT. Sabab topamiz.
QO‘CHQOR. Qanday qilib?
ALOMAT. Gipnoz qilib.
QO‘CHQOR. Nima-pnoz?
ALOMAT. Gipnoz. Qoida bo‘yicha, gipnoz faqat yolg‘ondan iborat bo‘ladi. Masalan, tishi og‘rib turgan odamga, «tishingiz og‘rimayapti» deb yolg‘on gapiriladi.
QO‘CHQOR. Yo‘q, men yolg‘on gapga yig‘lamayman.
ALOMAT. Axir, yolg‘on xuddi rostday qilib gapiriladi-da! Hamma ishonadi, hatto gapirayotgan odamning o‘zi ham! Qani, mundoq o‘tiring-chi. Boshladik. Ko‘zimga qarang... Bo‘sha-shing... G‘o‘daymang, bo‘shashing, deyapman. Yaxshi...
QO‘CHQOR. Qo‘ying, nima keragi bor, baribir yig‘lamay-man...
ALOMAT. Yig‘laysiz... (Qo‘llarini uning boshi uzra harakatlantirib.) Yig‘laysiz... Chunki, juda ezilgansiz... Yuragin-gizga qil ham sig‘maydi... Ich-ichingizdan bir nima toshib kelyapti... Hech kimning rahmi kelmaydi, birov dardingizga sherik ham bo‘lmaydi... O‘z yog‘ingizga o‘zingiz qovurilib yashayapsiz... Aft-angoringizga bir qarang, qirqqa kirgan qir-chillama yigitsiz-u, ko‘rgan odam sizni ellikdan oshgan, deb o‘ylaydi. Qurib-qaqshab boryapsiz... Esingizni tanibsizki, tinmay mehnat qilasiz, lekin hech biringiz ikki bo‘lmaydi. Ro‘zg‘or, bola-chaqa tashvishi, deysiz, afsuski, bu tashvishlar-ning cheki yo‘q. Ertalabdan-kechgacha chumoliday g‘imir-g‘imir qilasiz-u, rohatini ko‘rmaysiz. «Paxtakorman» deb ko‘kragin-gizga mushtlaysiz-u, ko‘rpangizga paxta topolmaysiz! Kiyib olgan kiyimingizni qarang, yengil sanoat yetishtirayotgan hamma brak mahsulot siz va sizga o‘xshaganlarga nasib qiladi. Manavi nima? Shu issiqda kim neylon ko‘ylak kiyadi?
QO‘CHQOR. Magazinga kelgan ekan, arzongina deb...
ALOMAT. O‘zingizga bir tashqaridan qarang, qaysi zamonda yashayapsiz? Kimga o‘xshaysiz? Oyog‘ingizga ilib olgan kalishingiz qaerdan chiqqan? Yangiyo‘ldanmi, Toshkentdanmi?
QO‘CHQOR (oyog‘ini tortib). Kalishmas, patinka...
ALOMAT. Bu dunyoga kelib nima ko‘rdingiz, Qo‘chqor aka? «Ikki marta Toshkentga borganman» deb maqtanasiz, odamlar «Oq dengizu Qora dengiz» qilib yurishibdi! «Ha endi, ular boshqacha odamlarda» deysiz. Qanaqa, boshqacha? Nimasi boshqacha? Nahotki, oddiygina insoniy g‘urur bo‘lmasa?! Shu darajaga yetgansizki, bora-bora undaylarga havas ham qilmay qo‘ygansiz! Havas qilaverib, orzu qilaverib charchagansiz, holdan toygansiz!
QO‘CHQOR. Nima qipti, el qatori yashayapmiz...
ALOMAT. Shunday deb o‘zingizni ovutasiz. Qadr-qimmat-chi? Men odam emasman, lekin shularni o‘ylayverib-o‘ylayverib, ichimdagi murvatlarim qizib ketyapti! Menchalik ham emasmisiz, Qo‘chqor aka?! Biron tirik jon siz bilan hisoblashadimi? Birovga gapingiz o‘tadimi? «Shudgorni boshla» desa boshlayverasiz, «hali yer qurimagan, loy-ku» deyolmaysiz! To‘y-ma’rakalarda poygakda o‘tirasiz! «Ulug‘larga» tayyorlangan dasturxonga yaqinlasholmaysiz! Joyingizni bilib o‘tirishga majbursiz, chunki «mehnatkash» degan mansab bilan to‘rga chiqolmasligingizni yaxshi bilasiz! Shlyapa kiyib, galstuk taqqan ketmondasta ham sizni haqoratlashi, tahqirlashi mumkin! Alam qilmaydimi?
QO‘CHQOR. Ha endi, rahbar bo‘lganidan keyin koyiydi-da...
ALOMAT. Bayram kunlari rayondagi namoyishdan bayroqcha ko‘tarib o‘tganingizga xursand bo‘lib yuraverasiz! Majlislarda qo‘l ko‘tarishu chapak chalishni bilasiz, boshqa hech baloni hal qilmaysiz! Ko‘pincha o‘sha majlisda nima hal bo‘layotganini ham tushunmaysiz!
QO‘CHQOR (ta’sirlanib). Gapingiz noto‘g‘ri, Alomatxon... «Hurmat taxtasi»da suratimiz turibdi...
ALOMAT. Endi bor umidingiz bolalaringizdan, ularni o‘qitib «katta odam» qilmoqchisiz. Lekin ularingizdan «katta odam» chiqmaydi. Qishin-yozin daladan beri kelmaydigan chalasavod bolalardan hech balo chiqmasligini bilasiz. Farzandlaringizning o‘zingizga o‘xshamasligini istaysiz, demak, o‘zingizning kimligingizni ham bilasiz! Aqlingiz yetadi! Lekin yana «ko‘pga kelgan to‘y» deb yuraverasiz! Axir, umr o‘tib ketyapti-ku, Qo‘chqor aka!
QO‘CHQOR (Ko‘ngli to‘lib). Baribir yig‘lamayman!.. Yaxshi yashayapmiz, bildingizmi!..
ALOMAT. Yig‘laysiz... Ana, ko‘nglingiz to‘lib turibdi... Labingizni tishlamang, Qo‘chqor aka, foydasi yo‘q. Axir, yosh ko‘zdan chiqadi, og‘izdanmas...
QO‘CHQOR (yig‘lagudek bo‘lib). Birov sizga hayotidan noliyaptimi?!
ALOMAT. Hamma gap shunda-da — nolimaysiz. Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan — og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka? «Hayot deganlari shunaqa bo‘lar ekan» deb umringizni o‘tkazyapsiz. Qalbingizning unut bo‘lib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan allaqaysi burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqa-siz, uyalasiz, uni sezmaslikka olasiz! To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganida o‘sha miltillayotgan cho‘g‘ alanga olganday bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab taskin topasiz, bir qadar yupanasiz ham. Lekin ertasi kuni kayfingiz tarqab, dunyo yana asl holiga qaytadi! Shunda o‘zingizni qo‘yarga joy topolmaysiz, hadsiz-hududsiz olamda mushtdekkina jussangizni qo‘ygani joy yo‘q! So‘ng yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi va o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz...
QO‘CHQOR (Ko‘zlarida yosh o‘ynab). Yol-g‘o-on!.. Men hech qachon yig‘lamaganman!..
ALOMAT. Yig‘lagansiz. Faqat ko‘zingizning narigi tomoni bilan yig‘lagansiz. Ko‘z yoshlaringiz tashqariga emas, ichingizga oqqan. Mana, mening ichim to‘la temir-tersak, sizning vujudingiz esa faqat va faqat ko‘z yoshidan iborat. Lim-lim yosh...
QO‘CHQOR (barapla yig‘lab yuboradi, sapchib turib oyog‘i ostidagi qutini zarb bilan tepadi). E, padariga la’nat hammasining!!!
ALOMAT. Nega unaqa qilyapsiz, Qo‘chqor aka Axir, bu shunchaki gipnoz-ku.
QO‘CHQOR. E, gipnozingizning ham padariga ming la’nat! (Yosh boladay g‘ingshib yig‘laydi. Alomatning yelkasidagi qizil mikrosxemani oladi-da, boshi uzra bir-ikki aylantirib, ko‘cha tomonga otib yuboradi.) Bozortoy!.. Ho‘, Bozortoy! Bir qarab yubor, jo‘ra, ikki og‘izgina gapim bor!.. Bozortoy, jon do‘stim, bir qaragin!.. Senga aytmasam kimga aytaman, Bozortoy!..
SHAROFAT (devor osha mo‘ralab). Bozorvoy akam ikki qopgina baqlajon olib, bozorga ketuvdilar. Nima edi?
QO‘CHQOR (yig‘laganicha). Zerikib ketdim!.. Qartasini olib chiqsa, bir-ikki qo‘l «durrak» o‘ynamoqchi edim...
SHAROFAT . Ha-a... Mayli, kelsalar aytib qo‘yaman. (G‘oyib bo‘ladi.)
Qo‘chqor yig‘lay-yig‘lay Alomatga boshqa mikrosxema o‘rnatadi.
ALOMAT (kuylab). «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik. Iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik...» (To‘xtovsiz ayta-veradi.)
Qo‘chqor ancha vaqt hovli bo‘ylab bemaqsad sang‘ib yuradi. Asta-sekin o‘zi ham bilmagan holda uiing yig‘isi «Davron suraylik» ashulasi bilan uyg‘unlashib ketadi.

P A R D A

BESHINCHI SAHNA

Uchinchi kun. Qo‘chqor yana ustunga bog‘lab tashlangan. Hovlida boshqa hech kim yo‘q. U o‘ziga kelib, atrofga razm soladi.

QO‘CHQOR (qiynalib). Voy, jonim-ey... Kecha yana bo‘pti-da, padariga la’nat!.. Alomat! Alomat, deyapman!.. (Xo‘rligi kelib.) Buyam bog‘lab tashlabdi!.. Bu xotin zotining hammasi bir go‘r ekan. Men ahmoq, bu robot-ku, odam emas-ku, esi bordir, deb o‘ylabman!.. Ho‘, tirik jon bormi?! E-ha, kecha terim boshlangan-ku, dalaga ketgan... Voy-ey, ichim yonib ketyapti... Qumri ham tuzik ekan, hech bo‘lmasa suv-puv berib turardi... (Bir-ikki chiranib ko‘radi.) Bozortoy! Ho‘, Bozortoy!
SHAROFAT (devor osha mo‘ralab). Ha?
QO‘CHQOR. Bozortoy uydami?
SHAROFAT. Bozorvoy akam o‘rt qopgina turp olib, bozorga ketuvdilar. Nima edi?
QO‘CHQOR. So‘ramoqchi edim... Haligi, kecha yana kosmonavtlar uchibdimi?
SHAROFAT . Xabarim yo‘g‘-a.
QO‘CHQOR. Kecha radio «uchdi» dedimi, «uchib qoldi» dedimi, ishqilib, bir nima dedi-da...
SHAROFAT . E-e, ish ko‘p, kim radio eshitadi, deysiz... (G‘oyib bo‘ladi.)
Eshikdan og‘ir sumkani sudraganicha Turobjon kirib keladi.
TUROBJON (sumkani o‘sha yerga tashlab, yugurib kela-di), Dada, biz yana qaytib ko‘chib kelyapmiz!
QO‘CHQOR. O‘g‘iltoy!.. Keldingmi-a, jigarim!.. (Talpinib.) Sog‘intirib qo‘yding-ku, o‘g‘iltoy!..
TUROBJON. Siz nega bormadingiz, dada? Kutaverdik, kutaverdik.
QO‘CHQOR. Menmi?.. (Tepaga qarab qo‘yib, iztirobli.) Yelkamni bosib turgan yuk og‘irlik qildi-da, o‘g‘iltoy...
Tugun ko‘tarib olgan Qumri hovliga kirib, eriga ko‘zi tushishi hamon qo‘rqib ketadi va tugunni uloqtirganicha yugurib keladi.
QUMRI. Voy, sho‘rim!.. Voy, o‘lib qo‘ya qolay!.. Haliyam bog‘liq turibsizmi, dadasi?!
QO‘CHQOR. Turibmiz — biz bir so‘zli odammiz.
QUMRI (shosha-pisha arqonni yecha boshlaydi). Odamlar-dayam insof qolmabdi, o‘lib qoladiyam deyishmaydi-ya!.. Bunaqaligini bilganimda o‘zim yechib ketardim... Voy, sho‘rginam qursin-a!.. Belingiz ham qotib qolgandir, dadasi?
QO‘CHQOR. Qotmay-chi! Uch kundan beri Iso payg‘ambar bo‘p turibman!
QUMRI. Qishloqning oqsoqollari, kap-katta odamlar-ku, deb men esini yegan o‘shalarga ishonibman-a! Insofsizlar!.. Keling, yelkamdan ushlab oling... (Suyab, karavotga o‘tqazadi.) Qo‘rqitib qo‘yay, deb bir-ikki kunga ketuvdim-da, dadasi, buna-qa bo‘lishini kim bilibdi, deysiz...
QO‘CHQOR. Bolalaring qani?
QUMRI. Maktabda. Chiqib, to‘g‘ri shu yoqqa kelishadi. Turobjoningiz ko‘chaga chiqib olib, faqat sizni kutadi. Qolganlariyam «dadam-chi, dadam» deyverishib, odamni qon qivorishdi. Bolalarimga qarab turib, jahl qilmay men o‘lay, dedimu, yugurib kelaverdim. Uch kun—ming kun bo‘p ketdi... (Yig‘laydi.)
QO‘CHQOR (xotiniga g‘alati sinchkovlik bilan tikilib). Ayol kishining har zamonda yig‘lab turgani yaxshi... Menga qara-chi.
QUMRI. Ha?..
QO‘CHQOR. Ko‘zlaring nimadan yasalgan, Qumri?.. 
QUMRI. Voy, u nima deganingiz?
QO‘CHQOR. Dalaga ovqat oborganingda meni qanaqa qilib toparding?
QUMRI. Bilmasam... (Erining qarshisiga cho‘kib.) Biron narsa bo‘ldimi, dadasi?
QO‘CHQOR (chuqur tin olib). Bo‘ldi-da, Qumri, bo‘ldi... (Xotinining qo‘llarini olib birpas tikilib turadi, so‘ng yuziga bosib, ko‘zlarini yumadi.)
QUMRI. Voy, nima qilganingiz bu, Qo‘chqor aka, boladan uyalsangiz-chi... Uch kun o‘tib ham kayfingiz tarqamadimi? Turobjon, bor, bolam, ko‘chaga chiqib qara-chi, akalaring kelyaptimikan.
TUROBJON. Xo‘p. (Yugurib chiqib ketadi.) 
QUMRI. Nima bo‘ldi o‘zi, dadasi?
QO‘CHQOR. Shu, Qumri, o‘qigan yaxshi ekan-da. Mana, masalan, men keyingi paytda ja ko‘p o‘qiyapman.
QUMRI (kulimsirab). Rostdan-a? Qiziq bo‘pti-ku...
QO‘CHQOR. Bilasanmi, dunyodagi bor tirik jon o‘zidan elektromagnit to‘lqinlari tarqatadi. Odam ham tarqatadi. Sen bilan men ham tarqatamiz. Bola-chaqamiz ham.
QUMRI (jilmayib). Xo‘sh keyin-chi?
QO‘CHQOR. Nima, keyin? Tarqatadi — tamom.
QUMRI. Ha, ko‘p o‘qibsiz. Yaxshi ekan, qisqagina.
QO‘CHQOR. Elektromagnit to‘lqinlarini-ku tarqatyapmiz, lekin uni qabul qiladigan boshqa bir apparat ham bo‘lishi kerak ekan-da, Qumri. Bo‘lmasa nima foydasi bor, tarqatsak tarqatib yotaveramiz-da. O‘sha apparat... Oti nima edi?.. Hali-gi, kattakon patnisday Olimtoy bir balo devdi-ya... Lokat... Lokator! Lokator bo‘lishi kerak! Mana, masalan, idoraning tepasida nima bor?
QUMRI. Kolxozning idorasini aytayapsizmi? Yovvoyi kaptarlar bor, gala-gala bo‘lib uchib yuradi.
QO‘CHQOR. Bayroq bor, o‘qimagan! Ana o‘sha bayroqning yoniga bitta lokator ham o‘rnatish kerak, deyapman. Bo‘lmasa, o‘zing o‘ylagin, Qumri, men elektromagnit to‘lqinlari tarqat-yapman... qirq yildan beri. Sen elektromagnit to‘lqinlari tarqatyapsan... tug‘ilganingdan beri. Toshmat tarqatyapti, Eshmat tarqatyapti, Abdurayim, Mamarayim tarqatyapti — qabul qiladigan apparat yo‘q! Shuning uchun, Qumri, har bir idoraning tepasida bittadan lokator bo‘lishi kerak! Bitta bayroq, bitta lokator! Bitta bayroq, bitta lokator! Hozir-chi? Faqat bayroqning o‘zi turibdi. E-e, dunyo ko‘rgan odammiz-da, Qumri, bilamiz. Ikki marta o‘sha Toshkentinggayam borganman, kerak bo‘lsa!..
QUMRI. Xo‘p, siz aytganday bo‘ldiyam, deylik, keyin-chi?
QO‘CHQOR. Keyin... Keyin hech adashmay ishlayotgan joyingga ovqat oborib berishadi. Undan-bundan yo‘l so‘rab o‘tirmaydi, Eshmatvoy qaysi qartada ishlayapti, deb. O‘qimaysan-da, Qumri, o‘qimaysan. O‘qishda gap ko‘p.
QUMRI. Voy, o‘lay!.. (Turib.) Siz bilan gap sotib o‘ti-rishimni qarang. Shuncha kundan beri tuz totganingiz yo‘q... Hozir biron narsa qivoraman. (Oshxona tomonga ketadi.)
Hovliqqanicha Olimjon yugurib kiradi, rangi o‘chgan, hovlini gir aylanib, talmovsirab kimnidir qidiradi.
OLIMJON (Qo‘chqorni ko‘rib). Qo‘chqor aka!.. Ta-mom!.. Tamom, hammasi tugadi!..
QO‘CHQOR. Nima tugadi, Olimtoy?
OLIMJON. Sho‘rim qurib qoldi, Qo‘chqor aka, sho‘rim qurib qoldi!..
QO‘CHQOR. Mundoq tushuntiribroq gapir, Olimtoy. Unaqa ko‘kragingga mushtlaganing bilan biz tushunavermaymiz, bir omi odam bo‘lsak...
OLIMJON (uning yelkasiga boshini qo‘yib, yig‘lagani-cha). Qo‘chqor aka, Alomatdan ajrab qoldik!..
QO‘CHQOR (dahshatda). Yopiray!.. Nega?.. Qachon?..
OLIMJON . Hozir... Borsam, qartaning boshida tutab yotibdi... Kuyib ketibdi!..
QO‘CHQOR. Voy, bechora-ey!.. (Yuziga fotiha tortib.) May-li, bardam bo‘l, Olimtoy. Bu endi, hammaning boshida bor savdo, uka. Birov erta, birov kech, deganday...
OLIMJON (yig‘lab). Yetti yillik mehnatim, yetti yillik umrim barbod bo‘ldi, havoga uchdi!..
QO‘CHQOR. Qo‘y endi, foydasi yo‘q, bo‘lar ish bo‘pti... Ishqilib, imonini bersin... Endi nima qilasan, Olimtoy?
OLIMJON. Nima qilardim, sog‘ qolgan qismlarini olib, zapchast qilaman.
QO‘CHQOR (sidqidildan). Ha, omon qolgan joylarini olib qo‘y, yodgor-da... Bo‘lmasa, men odamlarga xabar qilaveray, a? (Keta boshlaydi.)
OLIMJON (asabiy). Nimasini xabar qilasiz?
QO‘CHQOR. Ha endi, janaza degani ko‘pchilik bilan-da, Olimtoy.
OLIMJON (portlab). Vey, siz sal jinniroqmisiz-a, jinniroqmisiz? Hali nikoh o‘qitasiz, hali janaza deysiz!
QO‘CHQOR. Endi, tirik odamday bo‘p qoluvdi-da...
OLIMJON (hujumga o‘tib). Alomatning nimadan o‘lganini bilasizmi?
QO‘CHQOR. Yo‘q...
OLIMJON.  Zo‘riqib o‘ldi!  Uni...  siz o‘ldirdingiz!
QO‘CHQOR. Yopiray!..
OLIMJON. Ha, siz o‘ldirdingiz! Kennoyim ketib, juda to‘g‘ri qilganlar, sizning qo‘lingizga tushgan har qanday ayol ham albatta nobud bo‘ladi! Siz uchiga chiqqan feodalsiz!
QO‘CHQOR. Nima-dal?..
OLIMJON. Feodal! Alomat bechoraning boshiga ne kunlarni solmadingiz! Nima azoblarni ko‘rmadi bu yerda! Sho‘rlikni beayov ekspluatatsiya qildingiz!
QO‘CHQOR. Nima-platatsiya?
OLIMJON. Ekspluatatsiya! Ertalabdan kechgacha tinmadi-ya! Bir minut dam olgani yo‘q, bechora, bir minut! Yuv, tozala, tik, yama, supur! Bir chaqirim naridan suv olib kelib, kir yuvadi! Manavi tezak yoqiladigan la’nati o‘chog‘ingizda ovqat qiladi! Yeb to‘ymaydigan ochofat mollaringiz bor: ertalabdan kech-gacha o‘t ber, yem ber, suv ber! Xamir qoradi, sigir sog‘adi, kuvi pishadi! E, bu uyingizning ishi tugaydimi o‘zi, yo‘qmi?! Bundan tashqari, dalaga chiqadi! Ming chanoqqa ming egilib paxta teradi! Qirq-ellik kilo narsani ko‘tarib, xirmonga olib boradi! Axir, bu do‘zax azoblariga qanday dosh bersin, qandoq chidasin?! (Mehr bilan.) Axir, u temir-ku, Qo‘chqor aka, temir!.. Uni avaylash kerak, ehtiyot qilish kerak!.. U o‘zini o‘ylamaydi, qiynalib ketdim, deydigan tili yo‘q. Indamas ekan, deb eshakday ishlataverish kerakmi, axir?! «Paq» etib joni chiqib ketguncha ezaverish kerakmi?! Yo‘-o‘q, siz yuragi tosh odamsiz, Qo‘chqor aka!
QO‘CHQOR. Hech kim mehnatdan o‘lmaydi, Olimtoy...
OLIMJON. Ana, o‘ldi-ku!!! Yana nima kerak sizga?! Shundayam ko‘zingiz ochilmadimi, qanaqa xudo qarg‘agan odamsiz o‘zi?! Siz — inkvizitorsiz!
QO‘CHQOR. Nima-zitor?..
OLIMJON . Inkvizitor!
QO‘CHQOR. Yo‘g‘-e, Olimtoy, inkvizator emas, mexanizator, de...
OLIMJON. Hamma zamonlarda ham inson aqlu zakovatining mahsuli — buyuk kashfiyotlar sizga o‘xshagan johillar tufayli barbod bo‘lgan! Siz taraqqiyotning dushmanisiz! yugurib chiqib ketadi.)
QO‘CHQOR. Tavba... Alomatga biron-bir ortiqcha yumush yurgan bo‘lsam, til tortmay o‘lay... Nima ish qilib qo‘yibdi .?.. Hali qatorlashtirib yetti-sakkizta bolani tug‘ib qo‘ygani yo‘q, kechalari uxlamay beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bolasi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘ayganiyam yo‘q... Axir u bitta o‘zbek ayoli qiladigan ishning yarmini qildi, xolos-ku!.. Qanaqasiga men o‘ldirgan bo‘lay?..
Kattakon tog‘ara ko‘tarib Qumri chiqadi.
QUMRI. G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir qilib kim bilan gaplashayapsiz, dadasi?
Q O‘ChQOR (o‘ta jiddiy). Xudo bilan.
QUMRI (hazil bilib). Rostdan-a? Xo‘sh, xudo sizga nima dedi?
QO‘CHQOR. Ey, esi yo‘q bandam, shukronalar keltirkim, xotiningni odam qilib yaratganman, dedi, bo‘lmasa allaqachon zapchast bo‘p ketardi, dedi!..
Kumri bu gapga shunchaki kulib qo‘yadi-da, yana odatiy, kundalik yumushlariga sho‘ng‘ib ketadi. Qo‘chqor o‘sha ko‘yi, xayolga botganicha turib qoladi. Qaerdandir — qo‘shni hovlida bo‘lsa ajab emas — bizga tanish qo‘shiq eshitiladi: «Yana o‘ynaylik, yana kuylaylik, iqbolimiz porloq ekan davron suraylik. Iqbolimiz porloq ekan, davron suraylik...»

TAMOM

Saytimiz rivojiga hissa

Humo: 9860 1701 1440 0188

© 2004-2024 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.