Xoldor Vulqon 1959 yil 3 may kuni Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1980 yildan 1990 yilgacha bezovchi rassom sifatida turli tashkilotlarda ishlagan. 1990-1996 yillarda Toshkent Davlat Universitetining Filologiya fakultetida tahsil olgan.
1975 yildan beri she'rlar va nasriy asarlar yozadi. "Tumanli dalalar qo‘shig‘i", "Laylatul-qadr", "Tungi laylakqor" nomli she'riy kitoblari Toshkentda chop etilgan.
1999 yil avgust oyidan O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi.
Shu kungacha 4 ta she'riy kitob, 5 ta qissa, 2 ta roman yozgan.