Luiji Pirandello (1867–1936) – mashhur italyan yozuvchisi, shoir, dramaturg. 1889 yilda birinchi she’riy to‘plami bosilib chiqqan. Gyotening “Rim elegiyalari” asari tarjimasi (1896) unga katta shuhrat keltirgan. “Begona ayol” (1901), “Marhum Mitti Paskal” (1904) romanlari, “Agar shunday bo‘lmasa...” (1915), “Olti personaj muallifni qidiradi” (1921), “Genrix IV” (1922) pesalari va o‘nlab novella to‘plamlari Pirandello ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. Adib 1934 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Uning asarlari ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan.